“25 yanvar inqilobi”ning ikki yilligini Misr ommaviy qarshilik aktsiyalari va xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashuvlar ila kutib oldi.
Misr bugun ham ikki yil avvalgidek holatda: talablar o’sha-o’sha, xalq yana ham hukumatdan norozi va uning istefosini talab qilmoqda, faqat hukumat niqobi o’zgargan – ikki yil avval harbiylarga qarshi chiqqan misrliklar bu safar o’z g’azablarini “hukumatni uzurpatsiya qilgan va inqilob yutuqlarini o’g’irlagan” Mursiga yog’dirmoqdalar.
Butun mamlakat bo’ylab minglagan kishilik mitinglar o’tmoqda. Qoxirada va Misrning bir nechta katta shaxarlarida namoishchilarga qarshi ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llagan politsiya bilan shiddatli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. To’qnashuvlarda hatto o’q otuv quroli ham qo’llanilgan. Tahrir maydoni yana ikki yil avvalgiday namoyishchilarga to’la. Maydonga yig’ilgan muxolif kuchlar hukumatning istefosini va rejimning almashishini talab qilgan muxlatsiz ish tashlash aktsiyasi boshlanganini e’lon qilgan.
Yakshanba kuni prezident mamlakatdagi, oqibatida 50 dan ortiq kishi xalok bo’lgan fojiali voqealarga bog’liq Misrning uch viloyatida – Port-Saidda, Suvayshda va Ismoiliyada favqulotda holat e’lon qilgan va komendant soati belgilagan.
Mamlakat televideniesidan murojaat qilib, Muhammad Mursi mamlakatning barcha siyosiy kuchlarini “yuzaga kelgan vaziyatdan tezlik ravishda chiqib ketish yo’llarini izlab topish” uchun milliy muloqotga chaqirdi. 29 yanvar kuni muloqot yuzasidan birinchi uchrashuv bo’lib o’tdi. Muxolifat bir qator shartlarni, ularning ichida asosiysi – yaqinda qabul qilingan konstitutsiyani o’zgartish uchun komissiya tashkil qilishlik shartini qo’ygan holda uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi. Uchrashuv yakunida “Al-Vasat” partiyasining etakchisi Abulayol Mozi Mursining konstitutsiya hususida kelishmovchiliklarni aniqlash uchun mahsus komissiya tashkil qilishga rozi bo’lganini ma’lum qildi. Aniqlangan kelishmovchiliklar, qarab chiqilishi uchun, mamlakatning yangi parlamentiga taqdim qilinadi.