Dushanba kuni Suriya harbiy otryadlarining Islom davlati hamda mahfiy bitim haqida bergan bayonotidan so’ng, kufr olami Suriyadagi, qolaversa butun Arab olamidagi qo’zg’olonlar ortida Halifalik davlati tiklanishligi turganini ortiqcha yashira olmay qoldi. ”
Qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bugun haqiqatni ortiqcha yashirib bo’lmaydi, hatto bu haqiqat, haq ish himoyachilarining, ya’ni suriyalik inqilobchilar ozodligi uchun harakat qilayotganlarning barchasi uchun noqulay bo’lsa ham “, -. yozadi« Figaro »frantsuz ro’znomasi o’z blogida.
“Bugun Frantsiya tashqi ishlar vazirligidagilar, muxolifat vakolatliroq, demak suriya xalqiga yoqimliroq bo’lishligi uchun”, tezlik ravishda “uning stukturasini yangilashlik zarurligini tan olmoqdalar. Mazkur o’zgartish, shuningdek, Bashar Asadni tahtdan ag’darishlik so’ngida o’zlariga qattiq tartibli Islom davlati barpo qilishlikka intilayotgan radikallar va salafiylarni ikkinchi planga siqib chiqarishga imkon berishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaralsa, dushanba kuni bayon qilingan 14ta islomiy harbiy birikma tarafidan Doxada o’n kun avval tuzilgan “Milliy koalitsiya” rad etilishligi, ular o’z oldiga qo’ygan vazifani aniq ifodalab turibdi “, Belgilaydi nashriyot “
14 radikal va salafiy guruhlar Aleppo va uning yon atrofidagi o’zlarining qo’shinmalari quvvatlovida “Islom davlati” barpo qilish niyatida ekanliklarini e’lon qilib turgan bir vaqtda, zarar miqyosini kam qilib ko’rsatish va ishni paysalga solishning xojati yo’q. Vaziyat shoshilinch harakatlarni talab qiladi. Balki, juda kech bo’lib qolgandur “, – yakunlaydi « Figaro