Frantsiyaning Somalida o’tkazgan amaliyoti chog’ida mahalliy fuqarolar halok bo’ldi

492
0

Frantsiyaning kecha Somalida o’tkazgan maxsus amaliyoti chog’ida mahalliy fuqarolardan kamida sakkiz kishi halok bo’ldi. Guvohlarga ko’ra Frantsiya “Ash-Shabaab” harakati asirga olgan fratsuz josusi Denni Aleksni ozod qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Parij garovdagi shaxs bilan telefon orqali so’zlashgandan keyin strotegiyasini o’zgartirdi. Aniq bo’lishicha, “mujohid yoshlar” harakati qo’lidagi asirni ozod qilish evaziga butun olamdagi tutqinlarni ozodlikka chiqarilishini talab qilgan.

Amaliyot chog’ida Frantsiya maxsus kuchlari safidan kamida bir kishi halok bo’lgan. Boshqa bir harbiy bedarak yo’qolganlar haqida mulohaza yuritgan. Ayni paytda Frantsiya hukumati “terrorist” deb sifatlayotgan kishilardan 17 kishini o’ldirganligiga ishora qildi.

Mahalliy aholi Frantsiya hujumidan g’azabda. “Yaxshi insonlarimizni o’ldirishdi, biroq hech narsaga erisha olmay qaytib ketishdi. Tinch fuqarolarni o’ldirganligi uchun insonlarning Frantsiya hukumatidan kutgan umidlari puchga chiqdi”, deydi mahalliy fuqarolardan biri Ahmad Nur.

“Ash-Shabaab” matbuot xizmati ham 12 yanvarga o’tar kechasi, frantsuz maxsus bo’linmasi Marka shahri atrofidagi mujohidlar markaziga hujum uyushtirib, asirga tushgan frantsuz josusi Denni Aleksni ozod qilishga uringanligini tasdiqladi.

Ushbu manbaning xabar qilishicha, 45 daqiqa davom etgan hujum mobaynida bir nechta frantsuz askari halok bo’lgan. So’ngra qurol-aslaha va bir yarador askarini tashlab, jang maydonidan qochishga majbur bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.