XAMAS siyosiy byurosi etakchisining o’rinbosari Abu Marzuq Falastin Avtonomiyasi rahbari Mahmud Abbosning G’arbiy qirg’oq boshqaruvini to’lig’incha XAMASga topshirishligini talab qildi.
O’zining bu talabini Abu Marzuq, Mahmud Abbosning o’tgan haftada isroilning “Haaretz” ro’znomasiga bergan bayonotini sharhlayotib qo’ydi.
Mahmud Abbos ro’znomaga bayonot bera turib: “Agar Isroil saylovlaridan keyin ham muzokaralar hususida hech qanday oldinga siljishlik bo’lmaydigan bo’lsa, men Benyamin Netanyaxuga qo’ng’iroq qilamanda – Qimmatli do’stim Netanyaxu, mening o’rnimga o’tir, men bosharuv o’ydin-chuqurlarini senga topshiraman, Falastin Avtanomiyasi mas’uliyati endi sening zimmangda, – deyman”, – deb isroil premer-ministrini qo’rqitgan edi (agar u parlament saylovlaridan keyin ham 2010 yili boshi berk ko’chaga kirib qolgan tinchlik muzokaralarini qayta boshlamasa). G’azablangan Marzuq: “Nega endi Abbos Falastinni Netanyaxuga topshirishi kerak ekan?! XAMASga topshirgani yaxshiroq emasmi?!”, – deb yozadi facebook da.