Britaniya Afg’onistondagi harbiy texnika va qurol-yarog’ini nima qiladi?

531
0

Bugun Britaniyada chop etiladigan Times gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, Britaniya Afg’onistondagi yuklari ortilgan minglab mashinalari va konteynerlarini xavfsiz olib o’tilishi uchun O’zbekiston hududidan foydalanadi. Buning evaziga avtoritar tuzum, ya’ni O’zbekistonga harbiy texnika va qurol-yarog’ sotadi.

Britaniya Mudofaa vaziri Filip Xammondning aytishicha, O’zbekiston Afg’onistonni tark etadigan britaniyaliklarga o’zbek avto va temir yo’l magistrallaridan foydalanishga ruxsat bergan.

Vazir buning evaziga O’zbekiston qanday harbiy texnika talab qilganligi haqida gapirmadi. Ammo London O’zbekistonda inson huquqlari buzilishidan va korruptsiya keng quloch yoyganligidan xabardor bo’lsa-da, uning talabdarini qondirishini ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi Andijondagi qonli voqeadan keyin O’zbekistonga qo’ygan qurol-yarog’ embargosini 2009 yilda bekor qilgan edi.

Kelishuvga muvofiq, Afg’oniston bilan chegrasini mustahkamlashi uchun Britaniya O’zbekistonga zirxli texnikasini sotishi mumkin. Filip Xammondning fikricha, 2014 yildan keyin O’zbekiston Afg’oniston bilan chegarada xavfsizlik bilan bog’liq muammolarga duch kelishi mumkin, deya xabar qiladi ca-news axborot agentligi.

Aynan nimalar sotilishi «narx-sifat nisbati» hisob-qitob qilingach, oydinlashadi. Xammondning so’zlariga qaraganda, Britaniyaga qaytarish iqtisodiy jihatdan nomuvofiq bo’lgan texnikalar hamkorlarga taklif etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.