Suriya prezidenti Bashar Asad o’z generallari bilan mahfiy kengash o’tkazdi. Uchrashuv chog’ida u o’zidagi ma’lumotlarga ko’ra yaqinda qo’zg’olonchi kuchlarga keltirilgan amerikaning raketaotar maoslamalari isyonchilarga mamlakat boshchisini yo’q qilishga yordam berishi mumkinligi hususida xavotirda ekanligini bildirdi.
Asad o’z o’limining boshqa yo’sinda bo’lishini ham ehtimoldan holi qilmaydi, ya’ni Liviya diktatori Muammor Qaddofi qismati kabi.
Shu ikki holning qaysi biri bo’lishidan qat’iy nazar, voqeda yuz bergudek bo’lsa, Asad o’z generallariga Isroil va Misrga qaqshatgich raketa zarbasi berishliklarini buyurdi. Mazkur davlatlarning birinchisi bilan Suriya ochiq urush holatida turibdi. Misr bilan esa nizo hokimiyatdagi “Musulmon birodarlar” harakati Suriyadagi qarama-qarshilikda hukumatni emas isyonchi guruhlarni qo’llab quvvatlaganliklari sababli yuzaga kelgan.