AQSh Afg’onistonda qolish uchun u erdan chiqadi

437
0


Amerika askarlari 2014-yildan keyin ham Afg’onistonda qoladi. Bu xaqda Pentagon rahbari Osiyo-Tinch okeani mintaqalariga safari chog’ida ma’lum qildi. Uning ortidan bu mintaqalarga davlat kotibasi Xillari Klinton va prizident Barak Obama tashrif buyuradilar. Qayta saylangan Obamaning dastlabki chet el safari AQSh starategiyasining Osiyo tarafiga qaratilganidan ramziy belgi beradi.

Qolish uchun ketish. Bu istiora Britaniya imperiyasining qulashi davrida qo’llangan. Inglizlar mustamlaka yurtlaridan chiqib ketganlar, biroq, o’sha joylarda ularning nufuzi saqlanib qolgan.

Bugun bu uslubni amerikaliklar qo’llashmoqda. Ularning 68 ming askarli kontingenti 2014-yil oxirigacha Afg’onistonni tark etadi. Biroq, bu muddatdan keyin ham u erda askarlarning ma’lum bir bo’lagi qoladi.

Bu xaqda AQSh mudofaa vaziri Leon Panetta o’zining brifingida ma’lum qildi. Unga ko’ra, Afg’onistonda harbiy muhandislar, maxsus bo’lim (spetsnaz), razvedka va front orti xodimlari qoladilar. Afg’onistonda qoladigan amerikalik harbiylarning aniq soni kelasi yaqin xaftalarda ma’lum bo’ladi.

Panetta Avstraliyaga safari chog’ida samolyot bortida jurnalistlarga matbuot anjumani uyushtirdi. Pert shahrida u va Xillari Klinton Avstraliya bosh vaziri Djulia Gillard bilan muzokara olib boradilar.

AQSh diplomatiya va harbiy muassasa raxbarlari Avstraliyadan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlariga yo’l oladilar. Ularning ortidan esa, bu yurtlarga Barak Obama uchib keladi.

Bu qayta saylangan Oq Uy rahbarining birinchi chet el safari bo’ladi. Bu kelasi 4 yil mobaynidagi AQShning tashqi siyosati yunalishi Osiyoga qaratilganini ta’kidlaydi.

Klinton Avstraliyadan keyin Tayland, Kambodju va Mayanmu (Birma) davlatlariga keladi. Keyin bu davlatlarga Obama ham tashrif buyuradi.

Obama Mayanmuga tashrif buyurgan birinchi Oq Uy raxbari sanaladi. Oldin Amerika raxbarlari bu o’lkaga e’tibor qaratishmagan. Keyinchalik xarbiylar faollashib, Aun San Su Chji demokratik xarakati raxbarini maydonga olib chiqqanlaridan so’ng bu o’lkaga Amerikaning ko’zi tushdi. Qolaversa, bu yurtlar tabiiy resurslarga ham juda boydir.

Osiyoga qaratilgan Amerikaning diplomatik xamlasi mintaqada nufuzi ortib borayotgan Xitoyning chaqirig’iga javobdir.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, amerikalik harbiylar tomonidan xavola etilgan Avstraliya port va bazalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Pert porti bilan xamkorlik qilish o’ta muhim. Bu suv maydoniga Hind okeani ustidan nazoratni kuchaytirish uchun AQSh harbiy kemalari kiritiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.