Abdulmajid Zindoniy: Yaman qo’zg’olonidan ko’zlangan maqsad ro’yobga chiqmadi.

675
0

Tibbiyot, geologiya, dengiz sohasi, inson yaralishi, falakiyot, meteorologiya va koordinata sohalarida bir necha kashfiyotlar qilgan va Qur’on va sunnatdagi embrionologiya xususida ko’plab kitoblar bitgan zabardast olim Abdulmajid Zindoniy butun dunyoga, jumladan o’rta osiyoga ham o’zining “tavhid” kitobi bilan tanilgan.

Aljaziraning jurnalisti Abdulhakim Toha Yaman qo’zg’oloni haqida Zindoniy bilan so’hbat o’tkazdi. Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih mansabidan ketganiga bir yil o’tgan bo’lsa ham qo’zg’olondan ko’zlangan maqsad ro’yobga chiqmaganligini ta’kidlagan Yaman ulamolar kengashining raisi Abdulmajid Zindoniy jurnalist Tohaning quyidagi savollariga shunday javob qildi:

Toha: nima uchun Abdulloh Solihning rejimi qulaganiga bir yil o’tgan bo’lsa ham yamanliklar qo’zg’olondan ko’zlangan maqsadiga erisha olmadi?

Zindoniy: barcha insonlarga va ichki – tashqi kuzatuvchilarga sir emaski, Arab o’lkalarida hukm yuritayotgan hokimlar katta davlatlarning tadbiri va roziligi bilan hokimiyatga kelishgan. Katta davlatlar qo’lida qo’g’irchoq bo’lgan hokimlar bilan xalq o’zi saylagan hokimlarning katta farqi bor. Shuning uchun ular hukm yuritayotgan paytda katta davlatlarning manfaatlarini oldinga qo’yayotganini va har bir sohada o’z xalqining manfaatlarini zoe qilayotganini ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, ular o’z davlatlarini talon-taroj qilib, qo’lga kiritgan mulklarini o’sha katta davlatlar banklariga qo’yayotganiga guvoh bo’lamiz. Shuning uchun Arab o’lkalarida Arab bahori yuzaga kelgan paytda bu katta davlatlar qo’zg’olon tizginini qo’lga olishga harakat qilmoqda, toki keyingi hukumat ham ularning qo’l ostida bo’lsin. Mana shundan Abdulloh Solih mansabidan ketib uning o’rniga erkin toza saylov bilan yangi prezident saylanganiga bir yil o’tgan bo’lsa ham, yuzaga kelishi lozim bo’lgan muvaffaqiyatlar ro’yobga chiqmaganligi sababini bilib olishimiz mumkin. Bu erda ikkinchi sabab ham bor. U Islom diniga e’tiqod qiladigan va men musulmonman, deb da’vo qiladigan xalq ichida siyosiy va fikriy ziddiyatlarning mavjudligidir.

Toha: bu ixtiloflarni engib o’tishda ulamolarning, jumladan sizlarning rolingiz nimadan iborat?

Zindoniy: ko’p insonlar ulamolarning pozitsiyasi ixtiyoriy pozitsiya, holatga qarab, xohlaganini qilishadi, deb o’ylashadi. Aslida ulamolarga nisbatan bu ish g’oyatda xatarli. Alloh taolo ularning elkalariga risolat omonatini yuklagan. Dinlarida va dunyolarida insonlar uchun manfaatli bo’lgan narsani yashirgan ulamolarga Alloh taolo g’azab, la’nat va abadiy jahannam bilan tahdid qilgan. Shuning uchun bunda ulamolarning roliga havas qilib bo’lmaydi. Barchaga ma’lumki, ulamolar hodisa yuz bergandan buyon haqiqatni aytib kelishmoqda. Eng qiyini “soxta vaziyatlardan foydalanib hokimiyatga kelgan kishi prezident bo’lib qolishga yaroqsizdir”, deb bayonot berishdir. Ulamolar hodisalar va ishlarni kuzatib borishmoqda, bor kuchlarini sarflab har bir holatga o’z munosabatlarini bayon qilishmoqda.

Toha: kelajakda musulmonlar uchun katta o’zgarishni kutish mumkinmi?

Zindoniy: kelajak Islomniki. Men buni sizni ko’rib turganday ko’rib turibman. Bu davr insonlar o’sha bosqichga tayyor holda turishlari uchun ularni kuchaytirish va tayyorlash davridir. Agar da’vatchilar o’tgan davrda har tomondan siquvga olgan, azoblagan va ular ortidan josuslik qilgan repressiv rejim ostida davrini o’tkazgan bo’lsalar mana hozir bu zolimlar qulagandan keyin faoliyat qilish qiyin bo’lmay qoldi. Oldimizda Rosululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilingan bir necha hadislar va mutaxassis siyosatchilar naql qilishgan debocha borki, u Islom davlati, xalifalik davlati kirib kelayotganini ko’rsatib turipti.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.