6 yilda Qirg’izistonning tashqi qarzi 1 mlrd. dollorga etgan va byudjet taxchilligi esa, 100 barobar o’sgan

480
0

6 yilda Qirg’izistonning tashqi qarzi 1 mlrd. dollorga etgan va byudjet taxchilligi esa, 100 barobar o’sgan Bu xaqda oppozitsiyadagi partiyalar “Ata Jurt” va “Respublika” ning bugun juma kungi qo’shma majlisida “Respublika” fraktsiyasining lideri Altinbek Sulaymanov ma’lum qildi.

Unga ko’ra, 6 yil ichida Qirg’izistonning tashqi qarzi 2 mlrd.dan 3 mlrd.ga o’sgan. Byudjetning taxchilligi esa, 218 mln.somdan 21 mlrd.somga etgan ya’ni salkam 100 barobar oshgan. Byudjet etishmovchiligi va davlatning tashqi qarzi kundan kunga o’sib bormoqda. Biroq, mamlakatda xech qanday rivojlanish sezilmayapti. Deputat 20 yil oldin xuddi shu axvolda bo’lgan qo’shni davlatlarni misol tariqasida keltirdi; “O’tgan 20 yil ichida Qozog’iston yangi poytaxt—Astana shaxrini qurib bitirdi. O’zbekiston Toshkentni bir boshdan yangiladi. Tojikiston yangi Dushanbeni bunyod qildi. Bizda esa, qani rivojlanish, qani yangi Bishkek?”

“Agar biz shu zaylda ketaversak, 5-6 yildan keyin qarzimiz 5 mlrd.ga etadi va biz xech qanaqa taraqqiyotga erisha olmaymiz”,- dedi deputat.

Deputat Miqtibek Abdildaevning ta’kidlashicha, mamlakatning ichki qarzi 2005 yili 5 mlrd. som bo’lsa, 2012 yilga kelib, u 12.7 mlrd. somga etgan.

“Bizlar Olma-Ota shahrining byudjetiga teng mamlakatimiz byudjetini qabul qila olmayotganimiz o’ta uyatdir. Olma-Ota kabi megapolislar Qozog’istonda o’nlab topiladi”, dedi deputat Abdildaev.

Birinchi vitse-primer Jomart Otarboev esa, deputatlarga 2006-yil bilan 2012 yil byudjetini quruq sonlar bilan taqqoslash mumkin emasligiga e’tiroz bildirdi. Unga ko’ra, “2006-yili davlat byudjeti xozirgidan ikki barobar oz edi. Tashqi qarzlar esa, mamlakat VVPsiga nisbatan 120 %ni tashkil etgan, ya’ni qarzlar ozayishga qarab ketmoqda. Biroq, sizlar negadir bu xaqda gapirmaysizlar”, -dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.