AQShning 15 shtati Obama idorasidan tinchlik yo’li bilan Qo’shma Shtatlar tarkibidan chiqishlik huquqini berishligini talab qilishdi.
Bu talabnomalar 2012 yilgi prezidentlik saylovlaridan bir necha kungina keyin taqdim qilingan
Talbnomalarda aytilishicha, federal hukumatning ichki va tashqi harajatlarni isloh qilish rejalariga loqaydligi natijasida AQSh iqtisodiy tanglikni boshdan kechirmoqda. AQSh fuqarolari huquqlari poymol qilinayotganligidan qattiq iztirob chekmoqda.
Bu shtatlar, fuqarolarning yashashlikka bo’lgan huquqlarini himoya qilishda barcha imkoniyatlardan foydalanishlik va vasiyatlari federal huqumat faoliyatida aks etmay qolgan, ittifoqqa asos solgan ota-bobolarining g’oya va ishonchlariga muvofiq tarzda o’zlarining huquq va erkinliklarini qayta mustahkamlashlik uchun ittifoqidan chiqmochi ekanliklarini aytishmoqda.
Hukumat, taqdim etilgan talabnomani Obama idorasi qarab chiqishligi uchun 25 000 imzo yig’ishlikka bir oy muhlat ajratdi.
Yakshanba kunining ertalabigacha bo’lgan vaqtga kelib 15 shtat bo’yicha yig’ilgan imzolar soni 16 000dan oshgan.