Quddus majburiy koʻchirish bilan sabot bilan turish oʻrtasida

59
0

Matbuot bayonoti

Quddus majburiy koʻchirish bilan sabot bilan turish oʻrtasida

Yahudiy sudi qarorini kutayotgan Quddusning Tur mahallasida yashovchi yarmi bolalardan iborat 70ga yaqin falastinlik majburiy koʻchirilish xavfiga yuz tutmoqda. Bino ruxsatsiz qurilgani sababli xonadon sohiblariga binoni tark etishlari uchun bir hafta muhlat berilgan. Ular yo ruxsat olish uchun 200000 shekelь (taxminan 65000 AQSh dollari) toʻlaydilar yoki noyabr oyining oxiriga qadar binoni oʻzlari buzadilar yoki ikki million shekelь (taxminan 650000 AQSh dollari) xarajat bilan bino davlat tomonidan buziladi.

Ushbu besh qavatli bino Jabali Zaytun nomi bilan ham tanilgan Tur mahallasida joylashgan boʻlib, u yerda 10 nafar oila 70 nafar inson istiqomat qiladi. Hududdagi boshqa uylar qatori bu bino ham ruxsatsiz qurilgan. Buzilishga qarshilik koʻrsatib kelgan bino sohiblari ruxsat olish uchun qayta-qayta murojaat qilib, deyarli toʻqqiz yil sudma-sud yurishgan. Biroq har safar yahudiy vujudi turli sabablarga koʻra ularning arizalarini rad etib keladi.

Quddusning Tur va boshqa mahallalarida ruxsatsiz binolar qurilganligi odamlarni ruxsat olishni istamaganliklaridan emas, balki yahudiy hukumatining ruxsat bermaganligidan va oʻzi bosib olgan Sharqiy Quddusning bir qismida mahallalar qurilishini istamaganligidandir. Cheklangan rejalashtirish tizimi falastinliklarning ruxsat olishlarini deyarli imkonsiz holga keltirmoqda… Bu oʻz navbatida, ayni mahallalarda aholi soni gʻoyat koʻp boʻlgan bir paytda, zaruriy uy-joy, infratuzilma va turmush sharoitlarini yaxshilashga toʻsqinlik qilmoqda. Shundan keyin ruxsatsiz qurilish, degan bahona bilan bosqinchi hukumat majburiy koʻchirish hamda bu va Quddusning boshqa mahallalarida buzish siyosatini qoʻllamoqda. Shubhasiz, bu siyosat bosqinchilarning muborak shaharni aholidan tozalash rejasi doirasiga kiradi. Ularning sud tizimi esa, bu rejaning ijro etilishi uchun qonuniy dastak bermoqda. Darhaqiqat, Falastin aholisiga Sharqiy Quddusning atigi 12 % maydoni uy-joy qurish uchun ajratilgan va buning muqobilida, yahudiy kelgindilarga 42 % maydon uy-joy qurish uchun ajratilgan. Yahudiylar uchun bir necha rejalar va yirik turar-joy loyihalari taklifi kiritilgan boʻlib, bularning barchasi butun Quddusga toʻliq hukmronlik qilishga qaratilgan. Quddusni sharqi va gʻarbini oʻz ichiga oluvchi halqa yoʻli qurilishi ham ayni rejalardan biridir. “Amerika yoʻli”, deb atalgan qurilishning uchinchi bosqichida Jabali Zaytun va u yerdagi mazkur Tur mahallasidan tunnelь oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bu siyosatdan eng koʻp ushbu mahalla va xonadonlarda yashovchi ayollar va bolalar zarar koʻrmoqda. Ular qoʻrquv va xavotirda hayot kechirib, barqarorlikdan bebahra qoldilar. Yahudiylarning ruxsati yoʻqligi sababli goh koʻchirish, goh uy-joylarini buzish tahdidi ostida yashamoqdalar. Bu bosqinchilar ularni moddiy va hissiy jihatdan holdan toydirishmoqda… Bu narsa ularning hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Bu jinoyatlar ularni yordamsiz qoldirgan hamda Quddus va muqaddas dargohlarga yolgʻon koʻz yoshi toʻkayotgan munofiq hukmdorlarning koʻz oʻngida boʻlmoqda. Ularning birinchi safida Falastin maʼmuriyati hukmdorlari boʻlib, yahudiylarning ushbu rejalari va mustamlakachilik loyihalari oldida ular qoʻrqoqlik va ojizlik pozitsiyasini egallashgan. Ular uy-joy va boshpanasiz yalanglikka qolgan ayollar va bolalarning nolasi qarshisida koʻzlarini koʻr, quloqlarini kar qilib olishdi. Quddusni himoya qilish toʻgʻrisida ogʻiz koʻpirtirib maqtanayotganlar ham, Quddusga, Falastinga va falastinliklarga qarshi anavi jirkanch bosqinchilarning richagiga aylanganlar ham mana shu maʼmuriyat hukmdorlaridir.

Ey Falastin ahli, ey ushbu uy-joy egalari!

Sizlarni BMT yoki xalqaro sud qarorlari, inson huquqlari tashkilotlari hamda xiyonat va xorlikka rozi boʻlgan ruvaybizalar aslo qutqarmasligini yaxshi bilasiz. Islom bilan hukm yuritadigan hamda barcha dushmanlar va til biriktiruvchilarni yoʻq qiladigan davlatgina himoya qilishini ham bilasiz. Ushbu davlatning barpo boʻlish kuni esa, zulm va zulmat qanchalar kuchaymasin, Allohning izni ila yaqindir. Shunday ekan, niyatni xolis qiling. Nusrat karami keng, qudrati ulugʻ zot huzuridangina keladi.

﴿وَمَا النَّصْرُ إِلاَّ مِنْ عِندِ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ﴾

“Nusrat faqat Aziz-kuchli Hakim-dono Alloh huzuridan kelur”                          [Oli Imron 126]

 Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

boʻlimi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.