AQSh “Tolibon” hukumati tan olinishi shartini ma’lum qildi

130
0

AQSh “Tolibon” hukumati tan olinishi shartini ma’lum qildi

 AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinken toliblar hukumati tan olinishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan shartlarni ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “Tolibon” bilan faqat o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlik qiladi.

 “Tolibon” xalqaro e’tirof va qo‘llab-quvvatlovga harakat qilmoqda. Aytar gapimiz shu: har qanday e’tirof va qo‘llab-quvvatlovga munosib tarzda bo‘lishi kerak. Toliblar safar qilish erkinligini ta’minlash, afg‘on xalqi, jumladan, ayollar va ozchilikning asosiy huquqlarini hurmat qilish, terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish, Afg‘onistonda qolishni istaganlarga nisbatan qatag‘on o‘tkazmaslik, afg‘on xalqi ehtiyojlari va sa’y-harakatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat tuzish orqali bunga erishishlari mumkin”, – dedi Blinken.

 U “Tolibon” Afg‘onistonning AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan tahdid soladigan terrorchilar uchun bazaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini olganini eslatib o‘tdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘oniston bilan hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda.

 Izoh: Endi bu kufr “Tolibon”ni ham mo‘’tadil islomiy harakatga aylanturmagunga qadar “demokartik qadriyatlar” va “inson huquqlari” kabi shartlarni qo‘yib boraveradi. Avvalroq, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish shartini ma’lum qilgan edi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT xavfsizlik kengashi “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarganidan keyingina Rossiya ham ularni ana shunday ro‘yxatdan chiqarishi, agar toliblar “inson huquqlariga rioya qilishning asosiy tamoyillarini buzmasa” BMT Xavfsizlik kengashi tegishli qaror qabul qilishi mumkin.

 “Avvalo Xavfsizlik kengashining barcha a’zolari yangi hukumat o‘zini yaxshi tutishga tayyorligiga ishonch hosil qilishi kerak. Barchada ana shunday nuqtayi nazar hosil bo‘lganidan so‘ng protsedura boshlanadi”, – degan edi Kabulov. “Tolibon” o‘zini yaxshi tutishi uchun ular talab qilayotgan “demokratiya”ga so‘zsiz rioya qilish shart bo‘ladi…

 Hozir Tolibon ikki yo‘l qarshisida turipti. Biri, mustamlakachi kofirlar qo‘yayotgan shartlarni bajarish va bu orqali 20 yil mobaynida bergan qurbonliklari va zahmatlari evaziga erishgan g‘alabasini yo‘qqa chiqarib, dunyodagi boshqa davlatlari kabi demokratik davlatga aylanadi. Ikkinchisi, kofirlarning barcha shart va bosimlariga parvo qilmay Xalifalik loyihasiga qo‘shiladi. Bu orqali, Islom tarixida ansorlar erishgan martabaga ega bo‘lib, dunyo va oxirat saodatini qo‘lga kiritadi.

 Aburahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.