Kapitalistik tsivilizatsiya samaralaridan: Frantsiya ozodlik kurashchisi emas

267
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik tsivilizatsiya samaralaridan: Frantsiya ozodlik kurashchisi emas

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1442 yil 28 rabiulavval, milodiy 2020 yil 14 noyabr shanba kuni) bunday xabar nashr qilindi:

«Xalqaro Amnistiya tashkilotining ma’lum qilishicha, frantsuz o‘qituvchisi Samyuelь Patining Payg‘ambar ﷺni haqoratlovchi karikaturani tarqatishi ortidan o‘ldirilishi Frantsiyani shokka tushirgan va buning oqibatida hukumat Frantsiya musulmonlarini obro‘sizlantirish kampaniyasini yanada kuchaytirgan.

Bu haqda ikki kun oldin tashkilot tadqiqotchisi Marko Perolini tashkilot veb-saytida hamda Amerikada chiqadigan «Newsweek» jurnalida maqola nashr qildi. Marko o‘z maqolasida Frantsiyaning o‘zini erkinlik kurashchisi, degan iddaosi yolg‘onligini, bu haqdagi murojaatlari sharmandali ikkiyuzlamachilik ekanini aytadi.

Muallif o‘z maqolasida quyidagi so‘zlarni yozadi:

«Frantsiya hukumati o‘zi iddao qilgandek erkinlik kurashchisi emas. Bunga misol, 2019 yil sud ikki kishi tinchlik namoyishi chog‘ida prezident Emmanyuelь Makronning suratini yoqqani uchun ular ustidan «nafrat qo‘zg‘ash» ayblovi bilan hukm chiqargan. Hozir esa, frantsuz parlamenti rasmiylar suratining ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni jinoyat sanovchi yangi qonun loyihasini muhokama qilib yotibdi… Frantsuz hukumati bir tomondan shunday yo‘nalishni tutsa, ikkinchi tomondan Muhammad ﷺning suratini karikatura qilish huquqini zo‘r berib himoya qilmoqda. Uning bu harakatlarini tushunish qiyin… Boshqa tomondan, bu hukumat so‘z erkinligi huquqini qattiq himoya qilayotgan bo‘lsa-da, biroq musulmonlarning so‘z va e’tiqod erkinliklariga, odatda unchalik e’tibor bermayapti va buni «Respublika tamoyillarining universalligi», degan narsa bilan dastaklayapti… Ilmoniylikni qurol qilib, hukumat Frantsiyadagi musulmonlarni diniy libos kiyishlariga yoki maktablar va davlat idoralarida diniy libos kiyishlariga taqiq qo‘yyapti… Frantsiyaning boshqa sohalarda so‘z erkinligi bo‘yicha ro‘yxati ham ayanchli ahvolda. Chunki «davlat mulozimlarini obro‘sizlantirish» ayblovi bilan har yili minglab shaxsni jinoiy javobgarlikka tortadi. Bu qorong‘i-noaniq ravishda qo‘zg‘atilgan «jinoiy ish» bo‘lib, hukumat tinch muxolafatni ovozini o‘chirish maqsadida shunday qonun va sud hukmlarini tatbiq qilmoqda… Frantsiya islomiy jamiyatlarni tarqatib, masjidlarni yopib, buni «ekstremizm», degan mavhum tushuncha bilan izohlayapti hamda favqulodda holatni dastaklayapti. Ekstremizm atamasi, ko‘pincha, dindor musulmon uchun bir metafora-istiora sifatida qo‘llanmoqda… Frantsiya hukumatining so‘z erkinligi, degan hujjati o‘zining uyatli ikkiyuzlamachi ekanini yashirishga kifoya qilmaydi… So‘z erkinligi hammaga nisbatan barobar qo‘llanmas ekan, uning ma’no-mazmuni bo‘lmaydi… Hukumat so‘z erkinligini himoya qilish kampaniyasidan inson huquqlarini buzish, qiynoq qo‘llash kabi o‘z chora-tadbirlarini yashirishda foydalanmasligi kerak… Bizning boshqa musulmon ozchilikning Frantsiyadagi irqchilik qurboni bo‘layotganini mulohaza qilishimiz ekstremizm emas».

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.