Liviyada dialog bitimi imzolayotganlarda mansabga erishish va xo‘jayinlarga xizmat qilishdan o‘zga tashvish yo‘q

26
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Liviyada dialog bitimi imzolayotganlar o‘z yurtlari ustida kurashayotgan davlatlarning qo‘g‘irchoqlari bo‘lib, yurtlariga mutlaqo tashvishlanmaydilar

Ularda mansabga erishish va xo‘jayinlarga xizmat qilishdan o‘zga tashvish yo‘q

Quds arabiy veb-sayti «hijriy 1442 yil 19 safar, milodiy 2020 yil 6 oktyabr seshanba kuni» nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Seshanba kuni Marokashda Liviya davlati oliy kengashi va Tobruq parlamenti kengashi delegatsiyalari suveren lavozimlarni tanlash mezonlari bo‘yicha shartnoma loyihasiga imzo chekdilar.

Poytaxt Rabotning Harhura shahrida bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvda Liviya davlati oliy kengashi delegatsiyasining raisi Favziy Uqob hamda Tobruq parlamenti kengashi delegatsiyasi raisi Yusuf Aquriy shartnoma bayonnomasiga imzo chekishdi. Bu Marokashning Buzniqa shahrida juma kunidan boshlab o‘tkazilgan Liviya dialogining ikkinchi davri tugaganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi.

Ayni shartnoma 2015 yil 17 dekabrda imzolangan Suxayrot shartnomasining 15-moddasi tatbiqi bilan bog‘liq.

Bu moddaning birinchi qismida bunday deyilgan: «Parlament suveren lavozimdagi boshqaruv lavozimini egallaydiganlar to‘g‘risida kelishuvga erishish uchun davlat kengashi bilan maslahatlashadi. Bu lavozimlar quyidagilar: Liviya markaziy bank rahbari, davlat taftish bьyurosi raisi, terrorizmga qarshi kurash xizmati raisi, saylov oliy komissiyasi raisi va a’zolari, oliy sud raisi va bosh prokuror».

Moddaning ikkinchi qismida bunday deyilgan: «Ushbu moddaning birinchi qismining amalga oshirilishi ortidan, birinchi qismda ko‘rsatilgan suveren lavozimlarning rahbarlarini tayinlash va ozod qilish deputatlarning uchdan ikki qismining ma’qullashini talab qiladi».

Roya:

Ma’lumki, Suxayrot shartnomasini Britaniya tuzgan va uni Xalqaro Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan va Xavfsizlik Kengashi uni ma’qullagan. Ammo Amerika qarshi chiqa olmagan. Chunki ushbu shartnoma Liviyadagi mojaroga echim topishda xalqaro jamoatchilik fikrini qozongan va Britaniyaga malay barcha mahalliy siyosiy doiralar uni ma’qullagan. Britaniya hanuz ushbu dialoglarni tartiblashtirib, tomonlar uchun qarorlar tuzib bermoqda. Uning raqibi bo‘lgan Amerika unga tobe siyosiy doirani nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lolmadi. U o‘z malayi Haftar orqali harakat qilmoqda. Haftar 2020 yil 27 aprel kuni Suxayrot shartnomasini bekor qilib, Tobruqdagi Parlament raisi Aqila Solih bilan kurashishi ortidan o‘zini butun Liviyaga etakchi deb e’lon qildi. Lekin buni hech kim tan olmadi. Britaniya o‘zining makkor o‘yinlari bilan Haftarni poytaxtdan haydashga muvaffaq bo‘ldi. Haftar mag‘lub tomon sifatida namoyon bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, Britaniya Marokashda o‘ziga qarashli siyosiy doiralar o‘rtasida mana shu dialog uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Shubhasiz, Liviyada nufuz o‘rnatish va boyliklarni talon-toroj qilish ustida ketayotgan ushbu xalqaro kurash AQSh bilan Evropa, xususan Britaniya o‘rtasida ketmoqda. Liviyadagi bu dialog olib borayotgan tomonlarni esa, mansabdan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Ular mustamlakachilarning qo‘g‘irchoqlari bo‘lishni o‘zlariga munosib ko‘rishdi. Ular o‘z yurtlari ustida mustamlakachi davlatlarning nufuz talashayotgani va boyliklarini talon-toroj qilishayotgani haqida hamda dunyo va oxiratda ularni baxtli-saodatli qiluvchi Islomlari asosida sog‘lom tuzumni paydo qilish to‘g‘risida umuman o‘ylashmaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 14 oktyabr chorshanba kungi 308-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.