Nabiyingiz ﷺni himoya qiling

299
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Nabiyingiz ﷺni himoya qiling

إنَّ اللَّهَ وَمَلاَئِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

«Albatta Alloh ham, Uning farishtalari ham payg‘ambarga duoyu salavot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salomlar aytinglar!»

Barchamiz Qur’oni Karimning Shvetsiyadagi Malьmyo shahri ko‘chalarida tepkilanib, yoqilishini ko‘rdik. Bu kutilmagan hol emas, balki shunday bo‘lishi mumkin edi. Avvaldan biz bu terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash emasligini, balki butun Islomga qarshi urush ekanini aytib kelganmiz. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, degan bu oqlovlarning barchasi Islomni himoya qilishimizga va saflarimizni birlashtirishimizga yo‘l qo‘ymaslik hamda bizni bo‘lib, zaiflashtirish uchun o‘ylab topilgan bahonalardir. Mana, o‘zimiz guvohi bo‘lyapmiz, bu Islomga qarshi hujumlar tobora kuchayib, hatto Allohning kalomi bo‘lgan Qur’oni Karim va unga bo‘lgan aqidamiz kabi Islomning asoslarigacha etib keldi.

Islomni himoya qilishni yagona yo‘li uni real hayotimizda nuqsonsiz to‘liq tatbiq qilishimiz hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishimizdan iborat. Ushbu Xalifalik xuddi Frantsiya va Britaniyada Rosululloh ﷺni tahqirlovchi spektaklning qo‘yilishini to‘xtatib qolgan sulton Abdulhamid kabi, Islom va musulmonlarni himoya qiladi.

Hatto hozir ham biz musulmonlar sifatida Islomni qizg‘anib, uni himoya qilmog‘imiz darkor. Islomni himoya qilishning yo‘li uni mabda va mafkura sifatida elkamizga ortishimiz, bo‘lingan holda olmasligimiz, balki uni Rosululloh ﷺga qanday nozil bo‘lsa shundayligicha qabul qilib, odamlarga bermog‘imizdan iboratdir.

Bu bizdan tartib-intizomli va birlashgan bo‘lishimizni talab qiladi. Bu hammamizga taalluqli masala. Chunki Islom bizning mas’uliyatimizdir. Ammo bo‘lingan va bir-birimizga tosh otgan holatimizda bu mas’uliyatni ko‘tara olmaymiz. Axir, biz har xil ra’ylarga ega og‘a-inilarmiz, turli fikrda bo‘lish bizni o‘zaro janjallashishga va dushmanlashishga, albatta, asosiy jinoyatni ham unutib qo‘yishimizga olib bormasligi kerak. Asosiy jinoyat esa, u har birimizga tegishli va har bir musulmonga qaratilgan hujum, ya’ni, ogoh bo‘lingkim, Qur’oni Karimni yoqilishi va Rosululloh ﷺning tahqirlanishidir.

Barchamizning vazifamiz, bir safda turmoqdir. Ammo bir-birimizdagi xatolarga qarab, o‘shalar to‘g‘risida bosh qotiraversak, bir safda turolmaymiz. Har birimiz Islomga yaxshilik bo‘lishini istaymiz, uning uchun amal qilamiz, bir-birimiz bilan hamkorlik qilayotganimiz Islomgina bizni birlashtiradi. Alloh Taolo bunday demoqda:

وَأَطِيعُواْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلاَ تَنَازَعُواْ فَتَفْشَلُواْ وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ وَاصْبِرُواْ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

«Va Alloh va Rosuliga itoat qilingiz va (o‘zaro) talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur. Sabr qilingiz, albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» [Anfol 46]

Biz Islomni qo‘riqchilari bo‘lishimiz va uni mabda sifatida ko‘tarib chiqib, unga nisbatan izzat-ehtirom paydo qilmog‘imiz lozim. Chunki Islomning mafkuraviy qudratiga hech kim bas kelolmaydi. Alloh Taolo bunday demoqda:

وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir» [Moida 2]

Demak, biz Islom yo‘lida hamkorlik qilmog‘imiz kerak ekan, bu Islomni kuchli ravishda hamda fikriy va siyosiy salobat bilan ko‘tarib chiqib, G‘arbni va uning xato fikrlarini kurashga chaqirishimiz bilan bo‘ladi.

Ular Allohning nurini o‘chirishga tinmay harakat qilishaveradi. Biroq Alloh o‘z nurini to‘la har tarafga yoyguvchidir va Islom albatta nusrat quchib, butun olamga tarqaydi. Chunki u Allohning izni ila himoyalangan dindir. Qancha Qur’on nusxasini yoqishsa-da, u qalblarimizda saqlangan. Shunday ekan, savol tug‘iladi: Biz Islom yo‘lida birdam turmasak, Islomsiz najot topa olamizmi?!

Alloh Subhanahu bunday demoqda:

وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُم

«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangiz, U (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodatda bo‘lurlar)!» [Muhammad 38]

Ya’ni, agar biz Islom yo‘lida birdam bo‘lib, unga yordam bermasak, o‘z burchimizni bajarmasak, Alloh o‘rnimizga boshqa insonlarni olib keladi va ular biz kabi sustkash-e’tiborsiz bo‘lmaydilar, balki haq-rost ravishda Islomni ko‘tarib chiqib, uni himoya qiladilar, unga yordam beradilar va zafar quchganlardan bo‘ladilar.

Shuning uchun, keling, vaqt kech bo‘lmasidan Islomni elkamizga ortib, uning yo‘lida haq-rost turaylik, chunki bugungi kunda Islomni qo‘riqchilari bizmiz.

Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.