Ummatning Shomdagi qo‘zg‘oloni, kecha va bugun

87
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ummatning Shomdagi qo‘zg‘oloni, kecha va bugun

Shomda muborak qo‘zg‘olon boshlanib, u rejimni ag‘darish va Islomni hokimiyatga olib chiqishdek o‘z g‘oyasiga etishish yo‘llarini qidira boshlagach, turli yo‘llarni sinovdan o‘tkazib, xalqaro hamjamiyatga ham murojaat qildi… Bu hamjamiyat esa, o‘zi yolg‘ondan «taqiqlangan», deya atagan qurollar va kimyoviy qurollar yordamida Shom ahlining qirg‘in qilinayotganini ko‘rib tomosha qilib turdi… Shundan so‘ng, Shom ahliga xalqaro hamjamiyatning yolg‘onchiligi fosh bo‘ldi va ular o‘z namoyishlaridan birida – xalqaro hamjamiyat bizning qatli om qilinishimizga sherikdir, dedi.

Keyin qo‘zg‘olon ahli davlatlarning aralashishini talab qilishga, parvozlar taqiqlanishiga, mujohidlarning aviatsiyaga qarshi zenitlar bilan ta’minlanishiga, xavfsiz zona yaratilishiga chaqirishga o‘tishdi. Biroq bu chaqiriqlarning barchasiga quloq soladigan davlat topilmadi.

Ana shunda, Shom ahli butun dunyo oldida yolg‘iz ekanliklarini anglab etdilar va «Bizga Allohdan o‘zga kerakmas» shiorini ko‘tarib chiqdilar. Faqat o‘zlariga tayanib, qurollar yaratib, mintaqalarni ozod etib, rejimni qulash jarligiga olib kelib qo‘yishdi. Alaloqibat, «do‘stlar»ni chaqirishga to‘g‘ri keldi! Ularning bir qismi rejimni harbiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi, yana bir qismi qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatladi va eng dahshatlisi shunisi bo‘ldi. Chunki hech qancha vaqt o‘tmay, qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar uning qarorlariga egalik qiladigan bo‘ldi, frontlarni yopdi, jangchi guruhlarga yarashuv va konferentsiyalar majburiyatini yukladi. Bu esa, qo‘zg‘olon ahlining ko‘plab ozod etilgan mintaqalarni qo‘ldan boy berishlariga va o‘sha davlatlar «rahmati»ga qarab qolishlariga olib keldi… bu davlatlar bo‘lsa, hech narsadan tap tortishmay, qo‘zg‘olonchilarni qonxo‘r rejim quchog‘iga topshirishga harakat qilishdi, buning uchun tahdid qilish, qo‘rqitish va shantaj kabi barcha uslubni ishga solishdi.

Ha to‘g‘ri, bugungi kunda Shom ahli bu yo‘llarning barchasi qo‘zg‘olonni va uning ahlini rejimni ag‘darish va Islomni hokimiyatga olib chiqish g‘oyasiga hargiz olib bormasligini anglab etdi… O‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatgan davlatlarning qanday rolь o‘ynashayotganini tushunishdi… Biroq buni anglab-tushunib etgandan so‘ng bunday nimjon ipni uzib tashlab, Allohning mustahkam arqoniga bog‘lanishga harakat qilish o‘rniga… hamda qo‘zg‘olonni maqtovli nuqtasiga qaytarib, yolg‘iz Allohga tavakkul qilib, Undan nusrat so‘rash o‘rniga… ulardan ba’zilari qo‘zg‘olonni avvalgi aybli nuqtasiga qaytarishga urinishyapti… bu xalqaro hamjamiyatga murojaat qilish nuqtasidir!

Ey imonli sobir Shom ahli!

Shuncha vaqtdan beri qo‘zg‘oloningiz juda ko‘p kimsalarni fosh qilib, sharmandasini chiqardi, bas, o‘sha sharmandalarga qo‘zg‘oloningizni o‘g‘irlashlariga, g‘oyasiga etishini kechiktirishlariga qo‘yib bermang! Yo‘lingizni davom ettiring, Alloh barakasini bersin, o‘zi yordam bersin. Yolg‘iz o‘zidan roziligini so‘rab, mustahkam arqonini mahkam tuting va Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmang. Ana shunda Uning nusratiga loyiq bo‘lasiz va ikki dunyo baxtiga erishasiz.

إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الأَشْهَادُ

«Biz payg‘ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham albatta nusrat berurmiz» [G‘ofir 51]

وَمَا النَّصْرُ إِلاَّ مِنْ عِندِ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ

«Nusrat faqat qudrat va hikmat egasi bo‘lgan Alloh huzuridan kelur» [Oli Imron 126]

Roya gazetasining 2020 yil 24 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.