Afg‘onistonda demokratiya va demokratik saylovlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi

114
0

Afg‘onistonda demokratiya va demokratik saylovlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Ayni shu yo‘lni davom ettirish muvaffaqiyatsizlikning takrori bo‘ladi

Afg‘onistondagi saylov natijalari tufayli anarxiya vujudga kelgan edi. Ushbu voqeadan olti oy o‘tib, ikki nomzod bir-biridan alohida Afg‘oniston prezidenti sifatida qasamyod marosimini ado etishdi. Ularning har ikkisi o‘z g‘alabalarini «demokratiya g‘alabasi», deb baholashdi.

Darhaqiqat, biz Afg‘onistonning musulmon va mujohid xalqiga Amerikacha demokratik amaliyotlardan kutiladigan salbiy oqibatlarni doim eslatib kelganmiz. Masalan biz 2019 yil, 28 sentyabrda «Demokratik saylovlar Afg‘onistonni siyosiy jihatdan og‘ir ahvolga olib boradi» nomli matbuot bayonoti chiqarib, unda «Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlari chuqur siyosiy bo‘hronni paydo qildi. Afg‘on xalqi yaqinda uning badbo‘y natijasini his qiladi. Aniqki, Afg‘oniston 2009, 2014 va 2018 yillardagi saylovlarda ko‘plagan sharmandalikka guvoh bo‘ldi» degan edik.

Afg‘on xalqi bir to‘p xolis musulmonlarning maslahati va nasihatlarini e’tiborga olmaganidan keyin, bugun ikki shaxsni Afg‘oniston prezidenti sifatida qasamyod qilayotganini ko‘rmoqda. Ularning har ikkisi Qur’onni tatbiq qilish hamda uning hurmati va ne’matini himoya qilishga emas, balki faqat uning ustiga qo‘llarini qo‘yib qasamyod qilishdi. Chunki ularning har ikkisi Amerika malayi bo‘lib, demokratiyani tatbiq qilishga bel bog‘lashgan va ularning konstitutsiyasi g‘ayriislomiydir. Bu narsa ularning Afg‘onistonda Amerikacha tinchlikni o‘rnatishga oshkora harakat qilayotganlaridan ochiq ko‘rinib turibdi. Bugun Afg‘onistonda haqiqiy siyosiy etakchi mavjud emas ekan, har bir narsa Amerika manfaatiga ishlayveradi.

Shunga qaramay, ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan narsa shuki, Afg‘oniston kommunizm, jumhuriyat va demokratiyadan hamda muvaffaqiyatsiz demokratik saylovlardan so‘ng, masxaraomuz o‘lkaga aylandi. Chunki demokratik qadriyatlar afg‘on xalqining aziz e’tiqodiga ziddir. Bu qadriyatlar afg‘on jamiyatida mustahkam ildiz otishga qodir emas. Shuning uchun ular ushbu buyuk xalq ustiga o‘z qadriyatlarini tatbiq qilish uchun harbiy kuchga va arzimas xom xayollarga suyanishmoqda. Lekin bularning natijasi noaniq siyosiy vaziyat va anarxiyadan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas.

Shuning uchun sotqin siyosatchilar Amerikalik bosqinchilardan yordam olgach, yaqin tarix davomida turli bosqinchilarning tug‘yonidan qiynalgan Afg‘oniston musulmonlarini o‘g‘irlashdi hamda zolimona-adolatsiz ishlar yo‘lida ularning his tuyg‘ulari, kuchlari va qonlarini zoe ketkazishdi.

Afg‘oniston aholisi shuni yaxshi bilishi zarurki, bu kabi qadamlarni qo‘ygan kishilarni yomonlik kutmoqda. Chunki bunda qadamlar Amerika qarorlarini hamda uning va malay siyosatchilarining siyosiy rejalarini ijro qilishga olib boradi. Dunyo va oxiratda erishish umid qilinishi lozim bo‘lgan yaxshilik bitta. U ham bo‘lsa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash orqali Islom nizomi, fikrlari va qadriyatlarini qaytarishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.