Pompeo e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

113
0

Pompeo e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

 23-mart kuni AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo fevral oyida Tolibon bilan imzolangan AQSh tinchlik kelishuvini ilgari surish uchun Kobulga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu safar koronavirus pandemiyasiga qaramay, dunyo rahbarlari rasmiy tashriflarni kamaytirayotgan bir paytda Pompeo bu tashrifni istisno qildi, deb xabar beradi Los Angeles Times .

 Bitim imzolangandan beri Afg‘onistondagi siyosiy notinchliklar paytida tinchlik jarayoni to‘xtab qoldi va mamlakat rahbarlari prezident saylovi bo‘yicha tortishmoqda.

 O‘tgan sentyabrdagi prezidentlik saylovlarida Prezident Ashraf G‘ani va uning asosiy raqibi Abdulla Abdulla bu oy boshida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida o‘zlarini mamlakat prezidenti deb e’lon qilishgan.

 Nashrning xabar berishicha, Pompeo ikkalasi bilan uchrashishdan oldin G‘ani va Abdulloh bilan alohida uchrashadi. Uning rejasida shuningdek, murosani muhokama qilish uchun G‘ani va Abdulloh yakkama-yakka uchrashuvga kelishadi.

 Avvalroq, AQSh Tolibon harakati bilan tinchlik bitimi imzolagan edi. Amerika Tolibon tomoni bitimni bajargan tarzda 14 oy ichida o‘z va ittifoqdosh kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqishga va’da berdi.

 Ma’lumki, AQSh uchun Afg‘onistonda olib borgan 19 yillik bosqinchilik urushi hech qanday samara bermadi. Bu urush Amerikaga og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan boshqa narsa bermadi. Shu sababli ham u Tolibon bilan o‘zi uchun mag‘lubiyatdan boshqa narsani anglatmaydigan bitimni imzolashga majbur bo‘ldi (ammo bu Tolibonni chalgitishdir). AQSh qanday qilib bo‘lsa ham Afg‘onistondagi o‘zining bosqinchilik urushini yakunlashga intilmoqda. Ammo, Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasida kelib chiqqan “kelishmovchilik” uning rejalarini amalga oshishini kechiktirib yuborishi tahdidini paydo qildi. Shu sababli ham AQSh o‘zi boshchiligida olamiy vahimaga aylantirgan koronavirus pandemiyasi tahdidiga qaramay Pampeo Afg‘onistonga kelib, ikki raqibini “yarashtirish” orqali bosqinchilik urushini yakunlashiga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatarni bartaraf qilmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.