Xalifalikni tiklash vojibdir

546
0

Xalifalikni tiklash vojibdir

(Xalifalik qulatilganiga 99 yil bo‘lishi munosabati bilan)

بسـم الله الرحمن الرحيم

O‘tgan ikki asr davomida musulmonlarning o‘z dinlariga e’tibor berishlari susaydi. Buning oqibati o‘laroq uzoq vaqtlardan beri dunyoga fasod tarqatishni orzu qilib yurgan kofirlar 1924 yil 3 mart kuni Xalifalik davlatini qulatdi. Xalifalik davlati yana hayotga qaytmasligi uchun ular jon-jahdlari bilan harakat qila boshladi. Ular birinchi navbatda musulmonlarning e’tiqodlariga, xususan, boshqaruv, rahbariyat va siyosatga oid fikrlariga qattiq zarba berdi. Har xil adashtirish va aldovlar orqali musulmonlarni mazkur narsalar haqida salafi solih musulmonlardan o‘zgacha fikrlaydigan, din dushmanlari bo‘lmish kofirlar bergan ta’limotlarni to‘tilardek sayraydigan qila oldi. Musulmonlar o‘z tarixlarini bilmay, o‘z rahbarlarini tanimay qoldilar. O‘z tarixini o‘rganmoqchi bo‘lgan musulmonlar Qur’onga, hadislarga va ishonchli musulmon olimlari yozgan tarix kitoblariga murojaat qilmay, din dushmanlari yozgan tarixlarga, sharqshunoslarning safsatalariga murojaat qiladigan bo‘lib qolishdi. Musulmonlar Islom dinining haqiqatidan shu qadar uzoqlashdilarki, hatto olimlar, mufassiru imomlar: «Din davlatdan ajratilgan», «Din boshqa, siyosat boshqa», «Qur’onda xalifalik to‘g‘risida biror narsa aytilmagan», «Xalifalik faqat o‘ttiz yil bo‘lgan, qaytib bo‘lmaydi» kabi safsatalarni vaysaydigan bo‘lib qoldilar.

Quyida xalifalik va xalifalar to‘g‘risida qisqacha bahs yuritmoqchimiz. Maqsad safsatachilarga javob berish emas, balki islomiy manbalaridan hamda o‘z tarixidan mahrum qilingan Ummatga uning tarixini qisqacha eslatishdir.

Qur’oni Karimda zikr qilingan xalifalar bayoni

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الأَرْضِ خَلِيفَةً

– „(Ey Muhammad alayhis-salom) eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Men erda xalifa qilmoqchiman», dedi“. [2:30]

Imom Qurtubiy, ibn Kasir va boshqa mufassirlar mazkur oyatdagi خليفة (xalifa) so‘ziga shunday tafsir berganlar:

«Mana bu oyat buyruqlariga quloq solib, itoat qilinadigan xalifa va boshliqni tiklash to‘g‘risidagi masalalarning asl poydevoridir. Xalifani tiklash vojibdir. Negaki musulmonlarning birlik-ittifoqlari u bilan bo‘ladi va xalifalik hukmlari u bilangina amalga oshadi. Xalifani tiklashning vojibligi xususida Ummat orasida ham, imomlar orasida ham hech bir ixtilof yo‘q. Shariat ilmlaridan bexabar bo‘lgan Asom va unga ergashganlargina xalifani tiklashni vojib emas, balki joiz deb aytgan. Shunda ham ular: «Agar Ummat haj va jihodni ado etsa, insof bilan muomala yuritsa, barcha huquqlarni o‘z o‘rniga qo‘ysa, o‘ljalarni, sadaqotlarni o‘z egalariga to‘g‘ri taqsim qilsa, jinoyatchilarga ular haqli bo‘lgan jazolarni qo‘llasa, shu ishlarni qiladigan xalifani tiklash unga vojib bo‘lmaydi», deb aytganlar». [Imom Qurtubiy tafsiri, 1-juz 264-bet, Ibn Kasir tafsiri, 1-juz 73-bet]

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لاَ يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

„Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu xatarlardan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas, ular itoatsiz kimsalardir“. [24:55]

Bu oyatdagi ليستخلفنهم (albatta ularni xalifa qiladi) so‘zini mufassirlar quyidagicha tafsir qilganlar:

«O‘z mamlakatlarida podshohlar ish yuritganidek, er yuzida ish yuritadigan xalifalar qiladi». [Bayzoviy tafsiri 4-juz 197-bet]

«Alloh albatta ular uchun arab va arab bo‘lmaganlarning erlarini meros qilib beradi va ularni rahbar-podshohlar qiladi». [Tabariy tafsiri, 18-juz 158-160 betlar]

«Ularni o‘z mamlakatlarida tasarruf qiladigan podshohlardek tasarruf qiladigan xalifalar qiladi. Allohning bu va’dasi biror zamonga va biror makonga xos bo‘lmay, balki kimki qaysi erda, qaysi zamonda bo‘lmasin Allohga iymon keltirib, yaxshi amallar qilsa, Alloh erni ularga albatta meros qilib beradi va ularni albatta xalifalar qiladi». [Abus-Su’ud tafsiri, 6-juz 190-bet]

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

„Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga…“. [24:55]

«Bu Alloh Taoloning iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarni er yuzida xalifalar qilishi to‘g‘risidagi va’dasidir. Bu va’da butun Ummatni o‘z ichiga oladi. Bu va’dani faqat sahobalarga xos deyishga hech bir yo‘l yo‘q.

لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ

– „… er yuzida xalifa-hukmron qilishni…“. [24:55]

Ya’ni, ularni o‘z mamlakatlarida tasarruf qiladigan podshohlardek tasarruf qiladigan xalifalar qiladi. Kimki bu oyatdagi va’da to‘rt xalifaga xos desa, yoki muhojirlarga xos desa, yoki erdan murod Makka desa, u haqiqatdan uzoqdir. Chunki hukm olishda e’tibor qaratiladigan narsa sababning xosligi emas, balki lafzning umumiyligidir». [Shavkoniy tafsiri, 4-juz 47-bet]

Shu kabi tafsirni Bag‘aviy o‘z «Tafsir»ida 3-juz 353-bet, ibn Javziy «Zodul-Masiyr»da 6-juz 57-bet, Ulusiy «Ruhul-Ma’oniy»da 18-juz 203-betda bayon qilganlar.

Din mohiyatini to‘g‘ri anglagan, oxiratini to‘rt kunlik dunyo evaziga sotmaydigan, haqiqatgo‘y mufassirlar bu oyatni «Alloh albatta erni mo‘min bandalariga meros qilib beradi va ularni Allohning buyruqlarini, ahkomlarini hayotga tatbiq qiladigan xalifalar qiladi», — deb tafsir qilganlar.

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنْكُمْ

„Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz va Payg‘ambarga hamda o‘zingizdan bo‘lgan (musulmon) ish egalariga bo‘ysuningiz“. [4:59]

Bayzoviy, Qurtubiy, ibn Kasir, Tabariy, Suyutiy, ibn Taymiya, San’oniy, Nuhhos, Saolibiy, Savriy, Abus-Su’ud, Vohidiy, Bag‘aviy, Shavkoniy, ibn Javziy, Mahalliy, Nasafiy, Ulusiy kabi mashhur ulug‘ mufassirlar mazkur oyatdagi «ish egalari» so‘zini Rasululloh zamonlaridagi va undan keyingi davrdagi barcha amirlar va xalifalar, qozilar, shuningdek, qo‘shin qo‘mondonlari deb tafsir qilganlar. Mazkur mufassirlarning ba’zilari — shu ma’nolarga qo‘shimcha — ular olimlar, faqihlar deb ham tafsir qilganlar.

Hadisi sharifda zikr qilingan xalifalar bayoni

3196 حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ عَنْ فُرَاتٍ الْقَزَّازِ قَالَ سَمِعْتُ أَبَا حَازِمٍ قَالَ قَاعَدْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ خَمْسَ سِنِينَ فَسَمِعْتُهُ يُحَدِّثُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الْأَنْبِيَاءُ كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ وَإِنَّهُ لَا نَبِيَّ بَعْدِي وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ قَالُوا فَمَا تَأْمُرُنَا قَالَ فُوا بِبَيْعَةِ الْأَوَّلِ فَالْأَوَّلِ أَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ

صحيح البخاري

…Abu Hozim aytadilar: «Abu Hurayra bilan besh yil hamsuhbat bo‘ldim. Abu Hurayraning Payg‘ambar ﷺdan ushbu hadisni rivoyat qilganini eshitdim. Payg‘ambar ﷺ aytdilar: «Bani Isroilni payg‘ambarlar boshqarar edi. Qachon bir payg‘ambar o‘tsa, uning orqasidan ikkinchi payg‘ambar kelar edi. Mendan keyin payg‘ambar bo‘lmaydi. Yaqin kunlarda xalifalar bo‘ladi va ular ko‘p bo‘ladi». Sahobalar so‘radilar: «Bizga nimani buyurasiz, yo Rasulalloh?» Rasululloh ﷺ: «Birinchisining, birinchisining bay’atiga vafo qilinglar. Ularga o‘z haqlarini beringlar. Albatta, Alloh Taolo ularni odamlarni qanday boshqarganliklari haqida so‘roqqa tutguvchidir», deb javob berdilar». [Sahihi Buxoriy, 3196-hadis]

3441 عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ مَنْ خَلَعَ يَدًا مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا حُجَّةَ لَهُ وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً

صحيح مسلم

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi, u deydi: Men Payg‘ambar ﷺning shunday deb aytayotganlarini eshitganman: «Kimki amirga itoat qilishdan qo‘lini tortsa, qiyomat kunida Allohga o‘z foydasiga biror hujjati bo‘lmagan holida yo‘liqadi. Kimki bo‘ynida xalifa uchun beriladigan bay’ati bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi». [Sahihi Muslim, 3441-hadis]

3393 عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ قَالَ دَخَلْتُ مَعَ أَبِي عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ إِنَّ هَذَا الْأَمْرَ لَا يَنْقَضِي حَتَّى يَمْضِيَ فِيهِمُ اثْنَا عَشَرَ خَلِيفَةً قَالَ ثُمَّ تَكَلَّمَ بِكَلَامٍ خَفِيَ عَلَيَّ قَالَ فَقُلْتُ لِأَبِي مَا قَالَ قَالَ كُلُّهُمْ مِنْ قُرَيْشٍ

صحيح مسلم

Jobir ibn Samuradan rivoyat qilinadi: Men otam bilan Payg‘ambar ﷺning oldilariga kirdim va Payg‘ambar ﷺning shunday deb aytayotganlarini eshitdim: «Ular orasida o‘n ikki xalifa o‘tmaguncha xalifalik tugamaydi». Jobir aytadi: Keyin Payg‘ambar ﷺ bir narsa dedilar, menga eshitilmay qoldi. Otamdan: «Rasululloh ﷺ nima dedilar?» — deb so‘radim. «Ularning barchalari Qurayshdan dedilar», deb javob berdi otam». [Sahihi Muslim, 3393-hadis]

5189 عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ … قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَكُونُ فِي آخِرِ أُمَّتِي خَلِيفَةٌ يَحْثِي الْمَالَ حَثْيًا لَا يَعُدُّهُ عَدَدًا قَالَ قُلْتُ لِأَبِي نَضْرَةَ وَأَبِي الْعَلَاءِ أَتَرَيَانِ أَنَّهُ عُمَرُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ فَقَالَا لَا

صحيح مسلم

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi, u aytadi: … Rasululloh ﷺ dedilar: «Ummatimning oxirida mol-dunyoni hech bir hisob-kitob qilmay, mo‘l-ko‘lchilik bilan odamlarga tarqatadigan xalifa bo‘ladi». Roviy: Abu Nazra va Abul Alodan: «U xalifa Umar ibn Abdul-Azizmi?» — deb so‘radim. Ular: «Yo‘q», — deb javob berdilar, deb aytadi. [Sahihi Muslim, 5189-hadis]

21353 عَنْ ثَوْبَانَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا رَأَيْتُمُ الرَّايَاتِ السُّودَ قَدْ جَاءَتْ مِنْ خُرَاسَانَ فَأْتُوهَا فَإِنَّ فِيهَا خَلِيفَةَ اللَّهِ الْمَهْدِيَّ

مسند أحمد

Savbondan rivoyat qilinadi, u aytadi: Payg‘ambar ﷺ aytdilar: «Agar Xuroson tarafidan kelayotgan qora bayroqlarni ko‘rsangizlar, unga kelinglar. Chunki ularning orasida Allohning to‘g‘ri yo‘ldagi xalifasi bo‘ladi». [Musnadi Ahmad, 21353-hadis]

16271 عَنْ مُعَاوِيَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ مَاتَ بِغَيْرِ إِمَامٍ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً

مسند أحمد

Muoviyadan rivoyat qilinadi, u quyidagi hadisni aytdi: Rasululloh ﷺ aytdilar: «Kimki imom-xalifasiz o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘libdi». [Musnadi Ahmad, 16271-hadis]

17680 عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ قَالَ كُنَّا قُعُودًا فِي مَسْجِدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَكَانَ بَشِيرٌ رَجُلًا يَكُفُّ حَدِيثَهُ فَجَاءَ أَبُو ثَعْلَبَةَ الْخُشَنِيُّ فَقَالَ يَا بَشِيرُ بْنَ سَعْدٍ أَتَحْفَظُ حَدِيثَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْأُمَرَاءِ فَقَالَ حُذَيْفَةُ أَنَا أَحْفَظُ خُطْبَتَهُ فَجَلَسَ أَبُو ثَعْلَبَةَ فَقَالَ حُذَيْفَةُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ ثُمَّ سَكَتَ

مسند أحمد

No‘’mon ibn Bashirdan rivoyat qilinadi, u shunday dedi: Biz Rasululloh ﷺning masjidlarida o‘tirgan edik. Bashir kamgap odam edi. Abu Sa’laba al-Xushaniy kelib: «Ey Bashir ibn Sa’d, Payg‘ambar ﷺning amirlar haqida aytgan hadislari yodingdami?» — deb so‘radi. Huzayfa: «Rasululloh ﷺning xutbalarini men yod bilaman», dedi. Abu Sa’laba o‘tirdi. Huzayfa: «Rasululloh ﷺ aytganlar: «Sizlarning orangizda payg‘ambarlik Alloh xohlaganicha bo‘ladi, keyin Alloh xohlaganda uni ko‘taradi. Keyin payg‘ambarlik minhoji asosidagi xalifalik bo‘ladi va u Alloh xohlaganicha bo‘ladi. So‘ngra Alloh uni ko‘tarishni xohlaganda ko‘taradi. So‘ngra zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlaganicha bo‘ladi. Keyin Alloh uni ko‘tarishni xohlaganda ko‘taradi. Keyin zolim podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlaganicha bo‘ladi. So‘ngra Alloh uni ko‘tarishni xohlaganda ko‘taradi. So‘ngra payg‘ambarlik minhoji asosidagi xalifalik bo‘ladi», — dedi». So‘ngra Huzayfa sukut qildi. [Musnadi Ahmad, 17680-hadis]

«Sihohi sitta», ya’ni olti sahih to‘plam: «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Muslim», «Sunani Abu Dovud», «Sunani Termiziy», «Sunani Nasoiy», «Sunani Ibn Moja» hamda «Sunani Dorimiy», «Musnadi Ahmad» va «Muvatto Molik»lar o‘z ichiga olgan hadislarda islomiy davlatning rahbari ma’nosidagi خليفة (xalifa) so‘zi 75ta hadisda, خلفاء (xalifalar) so‘zi 24ta hadisda, خلافة (xalifalik) so‘zi 62ta hadisda, أمراء (amirlar) so‘zi 61ta hadisda, إمام (imom) so‘zi 102ta hadisda kelgan.

Ijmoda zikr qilingan xalifalar tahrifi

لما توفي رسول الله قام أبو بكر رضي الله عنه خطيبا كما سيأتي فقال أيها الناس من كان يعبد محمدا فإن محمدا قد مات ومن كان يعبد الله فإن الله حي لا يموت ولا بد لهذا الأمر ممن يقوم به فانظروا وهاتوا آراءكم فقالوا صدقت ننظر فيه

ثم ذلك الوجوب عندنا معشر أهل السنة والجماعة وعند أكثر المعتزلة بالسمع أي من جهة التواتر والإجماع المذكور وقال كثير بالعقل ووجه ذلك الوجوب أنه أمر بإقامة الحدود وسد الثغور وتجهيز الجيوش للجهاد وحفظ بيضة الإسلام وما لا يتم الواجب المطلق إلا به وإن كان مقدورا فهو واجب

الصواعق المحرقة لابن حجر الهيتمي المتوفي 973 ه ج: 1 ص: 25

«Payg‘ambar ﷺ vafot qilgan vaqtda Abu Bakr odamlar orasida turib, quyidagi xutbani o‘qidi: «Ey odamlar, kimki Muhammad ﷺga bandalik qiladigan bo‘lsa, Muhammad ﷺ o‘ldi. Kimki Allohga bandalik qiladigan bo‘lsa, Alloh hamisha tirikdir, U o‘lmaydi. Allohning yuborgan buyruq va qonunlarini tatbiq qiladigan kishi albatta bo‘lishi zarur. U haqda o‘ylab ko‘ringlar va o‘z fikrlaringizni keltiringlar». Sahobalar: «To‘g‘ri aytdingiz, u kishi haqida o‘ylab ko‘ramiz», dedilar.

Biz Ahli sunna val-jamoa jamoasining va aksariyat mo‘’tazilalarning fikricha, xalifalikni tiklash vojibligining dalili — mazkur ijmo va mutavotir xabardir. Ko‘pchilik uning vojibligining dalili aqliydir, deb aytadilar. Zero, uning vojibligi shuning uchunki, u jazo choralarini qo‘llashga, davlat chegaralarini himoya qilishga, askarlarni jihodga tayyorlashga va Islomni himoya qilishga taalluqli buyruqdir. Mutlaq vojib nima bilan amalga oshsa — agarchi u taqdir qilingan narsa bo‘lsa ham — vojibdir». [«As-Savoiqul muhriqa», 1-juz, 25-bet. Muallif Ibn Hajar Haytamiy 973 hijriy yil]

قال عمر وإن قوما يأمروني أن أستخلف وأن الله عز وجل لم يكن ليضيع دينه ولا خلافته والذي بعث به نبيه صلى الله عليه وسلم

مسند أبي عوانة 1 ج: 1 ص: 340

«Umar ibn Xattob vafotidan ilgari sahobalarga xutba o‘qib turib aytdi: «Odamlar menga o‘zimdan keyin bir xalifa tayin etishimni buyurmoqdalar. Alloh Azza va Jalla O‘z dinini, xalifalikni va Payg‘ambari ﷺ bilan yuborgan risolatini hargiz yo‘q qilmaydi»». [«Musnadi Abu Avona», 1-juz, 340-bet.]

Aqida masalalarini yoritgan ulamolarning xalifa va xalifalik t´²risida aytganlari

وجوب نصب الإمام ولا بد من تعريفها أولا قال قوم الإمامة رياسة عامة في أمور الدين والدنيا ونقض بالنبوة والأولى أن يقال هي خلافة الرسول في إقامة الدين بحيث يجب اتباعه على كافة الأمة وبهذا القيد يخرج من ينصبه الإمام في ناحية والمجتهد والآمر بالمعروف وإذا عرفت هذا فنقول نصب الإمام عندنا واجب علينا سمعا وقالت المعتزلة والزيدية بل عقلا وقال الجاحظ بل عقلا وسمعا وقالت الإمامية والإسماعيلية بل على الله إلا أن الإمامية أوجبوه لحفظ قوانين الشرع والإسماعيلية ليكون معرفا لله

وأما وجوبه علينا سمعا فلوجهين الأول إنه تواتر إجماع المسلمين في الصدر الأول بعد وفاة النبي امتناع خلو الوقت عن إمام حتى قال أبو بكر رضي الله عنه في خطبته ألا إن محمدا قد مات ولا بد لهذا الدين ممن يقوم به فبادر الكل إلى قبوله وتركوا له أهم الأشياء وهو دفن رسول الله يزل الناس على ذلك في كل عصر إلى زماننا هذا من نصب إمام متبع في كل عصر

كتاب المواقف لعبد الرحمن بن أحمد الإيجي المتوفي 756 ه ج: 3 ص: 574

Imom (xalifa)ni tiklashning vojibligi to‘g‘risida

«Avvalo xalifalikka ta’rif berish zarur. Bir jamoa odamlar unga shunday ta’rif beradilar: U — din va dunyo ishlarida payg‘ambarlikdan o‘zgacha bo‘lgan umumiy rahbariyatdir. Quyidagicha ta’rif berilsa to‘g‘riroq bo‘ladi: Xalifa — dinni barpo qilishda butun Ummat ergashishi zarur bo‘lgan Payg‘ambarning o‘rinbosaridir. Bu ta’rifga ko‘ra yaxshilikka buyuruvchi kishi, mujtahid yoki imom tarafidan bir viloyatga rahbar qilib tayinlangan odam imom deb atalmaydi. Bu ta’rif pishiq anglangandan so‘ng biz shunday deb aytamiz: Bizningcha, xalifani tiklash vojibligi naqliy (dalili Qur’on, hadis, ijmo)dir. Mo‘’tazilalar va Zaydiylar xalifani tiklash vojibligining dalili aqliydir, deydilar. Johiz uning vojibligi ham naqliy, ham aqliy deydi. Shialarning Imomiya va Ismoiliya mazhablari xalifani tiklash Allohga vojib, deydilar. Imomiyalar uni shariat qonunlarini muhofaza qilish uchun vojib desalar, Ismoiliyalar u Allohni tanituvchi bo‘lganligi uchun vojib, deydilar.

Uning bizga naqlan vojibligi ikki jihatga ega. Birinchisi: Payg‘ambar ﷺning vafotlaridan keyin birinchi asrdagi musulmonlarning imomsiz biror vaqtning bo‘lishi mumkin emasligiga ijmo qilganlari mutavotir bo‘lgan. Hatto Abu Bakr o‘zining xutbasida shunday degan: «Ogoh bo‘linglar, Muhammad ﷺ vafot etdi. Bu dinni barpo qiladigan kishi bo‘lishi zarur». Barcha sahobalar bu gapni qabul qilishga shoshildilar va shu ish yuzasidan eng muhim ishni — Rasululloh ﷺni dafn qilishni keyinga qoldirdilar. Bizning zamonimizga qadar o‘tgan vaqt mobaynida odamlar har bir davrda ergashiladigan imom-xalifani tiklash vojib degan gapga ijmo qilib kelmoqdalar…». [«Kitobul Mavoqif», 3-juz, 574-575 betlar. Muallif Abdurrahmon ibn Ahmad al-Iyjiy, 756 hijriy yil]

Sahobalar xulafoi roshidinlarning haq yo‘ldagi xalifa ekanliklarini va ulardan keyin xalifalar bo‘lishi zarurligini tasdiq etib, ijmo qilganliklari hisobidan tashqari, bu masala ko‘p zikr qilingan.

O‘rta Osiyodagi musulmonlar o‘zlarini ahli sunna val-jamoadan hisoblaganlar. Ular e’tiqod masalalarida 537 hijriy yilda vafot qilgan Abu Hafs Umar an-Nasafiyning «Aqoidi Nasafiya» nomli kitobidan keng foydalanganlar. Mazkur kitobga 722-792 hijriy yillarda yashab o‘tgan alloma Sa’diddin at-Taftazoniy sharh yozgan. Mazkur kitobning 109-114 betlarida xalifa va xalifani tiklash to‘g‘risida quyidagilar yozilgan. Nasafiy matnda shunday deydi:

«Xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi, so‘ngra podshohlik va amirliklar bo‘ladi. Zero, Payg‘ambar ﷺ: «Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi, keyin zo‘ravon podshohlik bo‘ladi», — deganlar Aliy Payg‘ambar ﷺning vafotlaridan keyingi o‘ttizinchi yilda shahid qilinganlar. Muoviya va undan keyingi rahbarlar xalifalar emas, balki podshoh va amirlardir».

Bu gaplarni Taftazoniy shunday sharh qiladi:

«Nasafiyning ushbu so‘zlari muammo paydo qiladi. Chunki Ummat ichidagi ahlul-hal val-aqdlar, ya’ni mujtahidlar Abbosiy xalifalarning xalifa ekanliklariga, Marvoniylardan Umar ibn Abdul-Aziz kabilarning xalifa ekanliklariga ittifoq qilganlar. Xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi deb aytilgan gapdan maqsad ixtilofdan, itoatsizlikdan biror narsa aralashmagan komil xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi; undan keyin bunday holat ehtimol bo‘ladi, ehtimol bo‘lmaydi, degan tushunchani ifodalash bo‘lgan. Buning ma’nosi xulafoi roshidinlardan boshqa xalifalar bo‘lmaydi, degani emas. Negaki, Payg‘ambar ﷺ: «Ummatim ichida o‘n ikki xalifa bo‘ladi», deb aytganlar. «Xalifalik o‘ttiz yil bo‘ladi», deb aytilgan hadisdan maqsad xulafoi roshidinlarning olib borgan ishlarini ulkan qilib ko‘rsatish va ular boshqa xalifalardan axloqda, boshqaruv ishlarida alohida farqlanib turganliklarini bayon qilishdir. Shuningdek, to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar paydar-pay o‘ttiz yil hukm surishligi, keyin bunday holat ehtimol qaytib takrorlanmasligining bayonidir».

Xalifani tiklash vojibligiga hamma mazhablar (Ahli sunna val-jamoa, Mo‘’tazila, Imomiya, Zaydiya) ijmo-ittifoq qilgan. Ular orasidagi ixtilof xalifani tiklash Allohga vojibmi, bandalarga vojibmi, uning dalili naqliymi yoki aqliymi? — shuning ustida borgan. Ahli sunna val-jamoa jamoasi shunday e’tiqod qiladi: Xalifani tiklash Allohga emas, bandalarga vojib, uning dalili naqliydir deb, Payg‘ambar ning ushbu hadislarini keltiradilar:

مَنْ مَاتَ وَ لَمْ يَعْرِفْ إِمَامَ زَمَانِهِ فَقَدْ مَاتَ مَيْتَةً جَاهِلِيَّةً

«Kimki o‘z zamonining imom-xalifasini bilmay o‘lsa, u johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi».

Ular yana o‘z fikrlariga ushbu ijmoni dalil qilib keltiradilar: Ummat Payg‘ambar ﷺ vafotlaridan keyin xalifani tiklashni eng muhim vazifa deb bilgan. Hatto bu vazifani Payg‘ambar ﷺni dafn qilishdan oldingi o‘ringa qo‘ygan. Har bir xalifa o‘tgandan keyin ham xuddi shunday qilingan.

Ular quyidagi gapni ham o‘z fikrlariga dalil qilib keltirganlar: Shar’iy vojibotlarning juda katta qismi imom-xalifaga bog‘liqdir. Nasafiy bu haqda shunday deydi: «Musulmonlarga shar’iy hukmlarni ijro qiladigan, had (jazo choralari)ni barpo qiladigan, mamlakat chegaralarini himoya qiladigan, musulmonlar qo‘shinini tayyorlaydigan, ularning sadaqotlarini yig‘adigan, zo‘ravonlarni, o‘g‘rilarni, qaroqchilarni tiyib qo‘yadigan, juma va hayitlarni barpo qiladigan, fuqarolar orasida sodir bo‘ladigan kelishmovchiliklarni bartaraf qiladigan, huquqlar ustidagi guvohliklarni qabul qiladigan, valiysi bo‘lmagan etim-sag‘irlarni uylab-joylaydigan, o‘ljalarni musulmonlar orasida taqsim qiladigan, qisqasi, yakka shaxslar bajara olmaydigan ishlarni ado etadigan imom-xalifaning bo‘lishi zarurdir. Haqiqiy imomda quyidagi sifatlar topilishi shartdir: musulmon, hur, oqil, bolig‘, odil, musulmonlarning bir jamoasining unga rozilik bilan bergan bay’ati orqali imom bo‘lgan bo‘lishi; u Islom kalimasini oliy qilishni, musulmonlarga yordam berishni, u tufayli musulmonlarning mollari, jonlari, obro‘lari omonlikda bo‘lishi, ushr va xirojni shar’iy yo‘llar bilan jamlab, ulamolarga, xatiblarga, qozilarga, muftiylarga, mudarrislarga, tolibi ilmlarga va boshqa xarajatlarga baytul moldan olib taqsimlaydigan bo‘lishi, musulmonlarga mehribon, rahmdil, adolatli bo‘lishi lozimdir. Qaysiki imom-rahbar shunday sifatlarga ega bo‘lmasa, u haqiqiy imom-rahbar emas. Unga yordam berish vojib bo‘lmaydi, balki unga qarshi chiqish, unga qarshi kurash olib borish vojib bo‘ladi. Shuningdek, imom odamlar bemalol murojaat qilishlari uchun dushmandan, zolimlardan, mustamlakadan qo‘rqib yashirinib olgan bo‘lmay, ochiq bo‘lishi lozim. Toki rahbarni tiklashdan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lsin. Va yana zolimlarning tuzumi emirilgandan keyin, fasodlar tugaganidan keyin, zamon o‘nglangandan keyin chiqishi kutilayotgan bo‘lmasligi lozim. U siyosiy odam bo‘lishi, ya’ni musulmonlarning ishlarini o‘z fikri, ilmi hamda shavkat-qudrati bilan tasarruf eta oladigan bo‘lishi, ilmi, adolati, iste’dodi va shijoati bilan ahkomlarni tatbiq qilishga, Islom diyorining chegaralarini muhofaza qilishga, mazlumlarning haqqini zolimlardan undirib berishga qodir bo‘lishi lozim».

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.