Koronavirusga oid mish-mishlar Tojikiston bozorlarida vahimaga sabab bo‘ldi

40
0

Koronavirusga oid mish-mishlar Tojikiston bozorlarida vahimaga sabab bo‘ldi

Tojikiston bozorlarida uch kundan beri vahima kayfiyati hukmron. Bunga Tojikiston hududida koronavirus tarqalayotganiga oid mish-mishlar sabab bo‘ldi. Aholi orasidagi qo‘rquv zarur ehtiyoj mollariga talab ortishi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining ikki barobar oshib ketishiga sabab bo‘ldi.

Bu orada Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mamlakatda koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq birorta ham holat qayd qilinmaganligini ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari Shodixon Jamshed 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat zahira materiallari bo‘yicha agentligi ikki yilga etadigan oziq-ovqat zahirasiga ega ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, muovinga ko‘ra, oziq-ovqat importi ham avvalgidek davom etmoqda.

Biroq, Ozodlikning tojik xizmati xabariga ko‘ra, 5 mart kuni ertalab savdo nuqtalarida un va boshqa mahsulotlar uchun navbatda turganlarni uchratish mumkin bo‘lgan. Olomonning shovqin-suroni tufayli militsiya xodimlari jamoat xavfsizligini kuchaytirish choralarini ko‘rganlar.

“Biz kuzatayotgan holat aholi davlatning rasmiy ma’lumotidan tashqari chetdan boshqa ma’lumot ham olayotganini ko‘rsatadi. Virus boshqa mamlakatlarda tarqalayotganini ko‘rgan odamlar uning o‘z shaharlarida ham paydo bo‘lib qolishi mumkinligiga ishonadilar, shu bois vahimaga tushadilar”, dedi tojikistonlik sotsiolog Muzaffar Olimov.

Tojikiston Islom markazi ulamolar Kengashi chorshanba kuni dindorlarga marhumning janozasidan tashqari jamoa namozlaridan tiyilib turish to‘g‘risida tavsiya bilan chiqdi. Mamlakatda Navro‘z bayrami munosabati bilan talaba va o‘quvchilarning anьanaviy “marshirovka”si ham bekor qilindi.

Jurnalist Aziz Naqibzodga ko‘ra, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan keskin choralar aholi o‘rtasida vahimalarga sabab bo‘lgan. “Birdaniga masjidlarda namozni taqiqlashdi va odamlar muammo paydo bo‘ldi, degan hayolga bordilar”, dedi Naqibzod.

Izoh: Koronavirus kasalligi olamni vahimaga soldi. Markaziy Osiyoning asosiy strotegik iqtisodiy hamkori bo‘lgan Rossiya ham yuqori rejimdagi himoya holatiga o‘tdi. O‘rta Osiyo mamlakatlarini ham, boshqa mamlakatlar singari virusning o‘zi emas, uning vahimasi halokatga olib boryapti. Olamiy matbuot, odamlarni sarosimaga solib, qo‘rquv ularni xudbinlik girdobiga tartib boryapti. Odamlar insoniy g‘arizalaridan kelib chiqib, o‘zini-o‘zi saqlash tuyg‘usi asosida harakatga kelishmoqda.

Olamni boshqarib kelayotgan demokratiyaga asoslangan ilmoniylik sistemasi insoniyatni o‘z yaratuvchisidan ajratib, uni shu dunyo matohlariga bog‘lab qo‘ydi. Butun dunyo mamlakatlari o‘ziga o‘rnak qilib, intilib yashayotgan Evropa, Amerika singari demokratik etuk davlat fuqorolarida ham, Tojikistondagi singari iqtisodiy vahima, sarosima holati kuzatilyapti. Ular ham savdo rastalarini talamon qilib, uzoq muddatli mahsulotlarni katta miqdorda sotib ola boshlashdi. Ular davlatlariga tavakkul qilib, shu kungacha kunlik ehtiyojlariga etarli mahsulot xarid qilish bilan cheklanishga odatlanishgan edi. Endi davlatlari ham ojiz bo‘lgan vabo oldida kimga ishonishni, tavakkul qilishni bilmay sarosimaga tushib borishyapti.

Vabo – Alloh tomonidan keladi! Uni ko‘tarilishi ham Allohdan! Bu islomiy Aqida bo‘lib, har bir musulmonni xotirjam qila oladigan mafkuradir. Aqidaga aqlan bog‘langan musulmon vabo kelgan taqdirda ham faqat aqidadan kelib chiqib, Allohning ko‘rsatmalari (shar’iy hukimi)ga suyanadi. U hatto vaboga chalinganida ham, faqat Allohga tavakkul qiladi. Agar haq ustida turgan holda halok bo‘lish xavfi oldida qolsa ham, Allohning roziligidan umid qilib xotirjam bo‘ladi. Yashashdan maqsad Allohning roziligi deb bilgan har bir mo‘’min-musulmon shu Aqidadan turib xotirjamlik saqlay oladi. U kofirlar singari sarosimaga tushib, shaxsiy ehtiyoji asosida boshqalarga zulum qilmaydi. Allohga tavakkul qilib, jamoiy birlikni va jamiyatni ushbu holatidan olib chiqish haqidagi g‘am tashvish bilan yashaydi. Allohning Razzoq degan sifatiga shirk keltirib vahimaga tushmaydi. Odamlarni ham shu Aqida asosida Allohga qaytishga chaqiradi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.