Qozog‘istondagi mojaro to‘xtatilishi va yanada kengayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak

149
0

Qozog‘istondagi mojaro to‘xtatilishi va yanada kengayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak

Kecha butun O‘rta Osiyo bo‘ylab shum xabar tarqaldi. Unda Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh Korday tumaniga qarashli ayrim qishloqlarida qozoq va dungon millatiga mansub musulmonlar o‘zaro to‘qnashgani xabar qilindi. Xabarlarga ko‘ra, bu to‘qnashuvda 10 odam halok bo‘lib, yana yuzlab odamlar jarohatlangan, shuningdek, minglab odamlar Qirg‘izistonga qochib o‘tgan.


Mana shundan keyin mazkur hodisaga nisbatan turli tomonlardan har xil munosabatlar bildirilib, bir qancha choralar ko‘rildi. Biz bu o‘rinda barchamiz musulmonmiz, degan e’tiborda barchanglarni islomiy pozisiyani ushlashga va shu asosda harakat qilishga chaqiramiz.
1 – Eng avvalo, biz musulmon sifatida barchamiz bunday ayanchli hodisani qoralashimiz kerak. Chunki, Alloh Taolo aytadi:
﴿مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍ فِي الْأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا﴾
«Biror jonni o‘ldirmagan yoki yerda fasod ishlarini qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir». (Moida, 32-oyat)
Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«لاَ ضَرَرَ وَلاَ ضِرَارَ فِي الْإِسْلاَمِ»
«Islomda zarar ko‘rish ham, zarar yetkazish ham yo‘q».
«كلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ دَمُهُ وَمَالُهُ وَعِرْضُهُ»
«Musulmonning musulmonga qoni, moli va sharafi haromdir».
Nabiy ﷺ dedilar:
«إِذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ»
«Ikki musulmon bir-biriga qilich ko‘tarsa, o‘ldirgan ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxda».
2 – Barcha musulmon birodarlarimizga Islom bizga millatchilikni harom qilganini eslatib o‘tamiz.
Rosulullah ﷺ dedilar:
«لاَ فَرْقَ لِعَرَبِيٍّ عَلَى أَعْجَمِيٍّ إلاَّ بِالتَّقْوَى»
«Arabni ajamdan ustun joyi yo‘q. Ustunlik faqat taqvo bilan bo‘ladi».
Demak, biz qaysi millatdan bo‘lmaylik – qozoqmi, dungonmi, qirg‘izmi, o‘zbekmi, turkman yoki tojikmi farqi yo‘q – bir birimizdan millat jihatidan qandaydir bir sifat bilan afzal ham, kam ham bo‘lmaymiz. Balki, farqimiz faqat chin musulmonligimiz va taqvo bilangina bo‘ladi.
Allohax Subhanahu va Taolo aytadi:
﴿إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَة﴾
«Albatta, mo‘minlar o‘zaro birodardirlar» (Hujurot, 10)
Rosulullah ﷺ dedilar:
«وَمَنْ قَاتَلَ تَحْتَ رَايَةٍ عِمِّيَّةٍ يَغْضَبُ لِعَصَبَةٍ أَوْ يَدْعُو إِلَى عَصَبَةٍ أَوْ يَنْصُرُ عَصَبَةً فَقُتِلَ فَقِتْلَةٌ جَاهِلِيَّةٌ..»
«Kimki o‘z qavmini tarafini olib, unga yordam berib, gumrohlik bayrog‘i ostida jang qilsa va o‘ldirilsa, johiliyat o‘limini topibdi».
Rosulullah ﷺ yana bunday deganlar:
«لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبِيَّةٍ»
«Kim asabiyat (millatchilik)ka chaqirsa bizdan emas».
3 – Alloh harom qilgan bunday mojarolar tezda to‘xtatilishi va yanada kengayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
Alloh Subhanahu aytadi:
﴿وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا﴾
«Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Niso: 93)
Payg‘ambarimiz ﷺ:
«لاَ تَرْجِعُوا بَعْدِي كُفَّارًا، يَضْرِبُ بَعْضُكُمْ رِقَابَ بَعْضٍ»
«Mendan keyin bir-biringlarni o‘ldirib, kufrga qaytib ketmanglar», – deganlar.
Shuning uchun, har kim bor imkoniyati bilan janjallashgan birodarlar o‘rtasini isloh qilishga harakat qilishi kerak. Alloh Taolo aytadi:
﴿إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ﴾
«Albatta, mo‘minlar o‘zaro birodardirlar. Bas, sizlar ikki birodaringiz o‘rtasini tuzatib qo‘yingiz va Allohdan qo‘rqingiz, shoyad, rahm qilinsangiz». (Hujurot, 10)
4 – Hodisada jabr ko‘rganlarga nisbatan munosabat
Ularga yaxshi munosabatda bo‘lishimiz kerak. Sababi, biz bir ummatning, Islomiy Ummatning farzandlarimiz. O‘rtamizdagi chegaralarni esa, kofir mustamlakachilar bizni zaiflashtirish uchun tuzoq qilib tortishgan.
Rosululloh ﷺ dedilar:
«مَا مِنِ امْرِئٍ يَخْذُلُ امْرَأً مُسْلِماً عِنْدَ مَوْطِنٍ تُنْتَهَكُ فِيهِ حُرْمَتُهُ وَيُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ إِلاَّ خَذَلَهُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ في مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ، وَمَا مِنِ امْرِئٍ يَنْصُرُ امْرَأً مُسْلِماً في مَوْطِنٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ وَيُنْتَهَكُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ إِلاَّ نَصَرَهُ اللَّهُ في مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ»
«Kimki bir musulmonning nomusi toptalayotgan va huquqlari buzilayotgan payt unga yordam bermasdan tashlab qo‘ysa, Alloh Taolo uning o‘zini ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan o‘rinda yordamsiz tashlab qo‘yadi! Kimki bir musulmonning nomusi toptalayotgan va huquqlari buzilayotgan payt unga yordam bersa, Alloh Taolo albatta unga ham u yordamga muhtoj bo‘lib turgan o‘rinda yordam beradi!».

Hukumat jabrlanganlarni o‘z yerlariga qaytishini kafolatlashi kerak. Rosululloh ﷺ:
«الإمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Imom rahbardir va u o‘z raiyatidan mas’uldir», deganlar.
Boshpana (uy-joy) bo‘lishi – Islom insoniyat uchun kafolatlagan shar’iy huquqdir. Shuningdek, hukumat fuqarolarning xavfsizligini ta’minlab berishi shart. Rosululloh ﷺ dedilar:
«مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِنًا فِي سِرْبِهِ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا»
«Kim o‘z uyida xotirjam, tani salomat holda tunni o‘tkazsa va uning bir kunlik yemishi ham bo‘lsa, dunyo to‘laligicha uniki bo‘libdi».
Mazkur tadbirlarning barchasi – Alloh shunga buyurgan – degan niyatda bo‘lishi kerak. Aks holda savob yo‘q. Agar shariatga amal qilishdan boshqa maqsad va manfaatlar uchun bo‘lsa, gunoh bo‘ladi.
5 – Bu voqea AQSh, Rossiya, Xitoy mustamlakachilarini O‘rta Osiyo ustidagi nufuz talashishi yangi bosqichga kirganida sodir bo‘lmoqda. Aslida, mustamlakachilar o‘z nufuzlarini mustahkamlashda yoki birining mustamlakasini boshqasi tortib olish jarayonida mana shunday millatlararo mojarolar chiqarish, chegara ziddiyatlarini jonlantirish kabi uslublardan foydalanib kelishadi. Shu sababli musulmonlar ularning fitnalariga tushib qolmasliklari kerak.
Alloh Taolo aytadi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تُطِيعُوا الَّذِينَ كَفَرُوا يَرُدُّوكُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ فَتَنْقَلِبُوا خَاسِرِينَ * بَلِ اللَّهُ مَوْلَاكُمْ وَهُوَ خَيْرُ النَّاصِرِينَ﴾
«Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ketingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘ruvchilarga aylanib qolasizlar. Yo‘q, Alloh do‘stingizdir va U eng yaxshi nusrat-yordamchidir». (Oli Imron: 149-150)
Biz mustamlakachi kofirlar tuzog‘iga tushmasligimiz, aksincha, ularga qarshi kurashishimiz shart. Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
«اَلْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ يَسَعُهُمَا الْمَاءُ وَالشَّجَرُ، وَيَتَعَاوَنَانَ عَلَى الفَتَّانِ»
«Musulmon muslumonning birodari, suv va daraxt har ikkisiga yetadi, har biri fitnachiga qarshi bir-biriga yordam beradi».
Qadirli musulmonlar, bular shu hodisaga nisbatan ushlashimiz zarur bo‘lgan islomiy pozisiyalar bayoni bo‘ldi.
Bunday fitnalardan batamom xalos bo‘lishimiz uchun esa, barchamiz Islomni o‘rganishga talpinishimiz kerak. Har bir ishimizda shariat hukmlarini mahkam ushlashimiz zarur. Agar o‘z Islomimizga qaytmasak, shunday millatchilik, vatanparvarlik kabi illatlar qurboni bo‘laveramiz. Islomga qaytsak, islomiy aqida insonlarni – rangi, millati, vataniga – qaramay dindosh birodarlarga aylantiradi. Islom tuzumini tatbiq qiluvchi davlat esa, mustamlakachilarni batamom quvib chiqaradi va ularning fitinalariga uzul-kesil chek qo‘yadi.

Hizb ut-Tahrir 15 jumodus-soniy 1441h
Qirg‘iziston 9 fevral 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.