Payg‘ambarlar va sahobalarni aks ettiradigan filьmlarni suratga olish va ularni ko‘rish hukmi haqidagi savolga javob

843
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Abu Afiya Baqavining Payg‘ambarlar va sahobalarni aks ettiradigan filьmlarni suratga olish va ularni ko‘rish hukmi haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Ey shayximiz Payg‘ambarlar va sahobalarni aks ettiradigan filьm va seriallarni ko‘rish hukmi qanday?

Javob:

Va alaykumussalom va rohmatullohi va barokatuh

Albatta filьm va seriallar bugungi voqesi bilan shar’an joiz emas. Chunki ularga yolg‘on aralashgan, erkak va ayollar aralashgan holda suratga olingan. Shuningdek, Ularda avratlar yopilmagan. Chunki ularda yot erkaklar oila va mahram muhitini aks ettiradi hamda avrat ochiq holda yurishadi… Ular shariatga xilof ishlar bilan to‘la. Shuning uchun bunday filьm va seriallar joiz emas… Bundan tashqari ularda sahoba roziyallohu anhular aks ettirilgan. Bundan ham ashaddiyroq va ulkan gunohligi, ularda oddiy shaxslar Allohdan uyalmay va qo‘rqmay Payg‘ambar va elchilarni aks ettirishgan.

Biz 2009 yil 23 sentyabrda ushbu mavzu haqidagi savolga javob berganmiz, foydadan holi bo‘lmagani uchun uni yana takror keltiramiz:

(Serial va teatrlar haqida aytadigan bo‘lsak… ularda shariatga xilof joylar juda ko‘pdir:

a)         Ularga yolg‘on aralashgan. bir shaxs boshqa shaxs holatini tamsil qiladi va o‘sha shaxsning gaplarini aytadi…, agar qasam ichish lozim bo‘lsa, o‘sha tamsil etayotgan shaxs qasam ichadi. Taloq qilish kerak bo‘lsa, taloq qiladi. Holbuki, inson yolg‘onmi yoki hazilmi aytgan gapidan mas’uldir…

b)         Ularda erkak va ayollar aralash yuraveradi. Shariat bunga ruxsat bergan yoki ruxsat bermaganining ahamiyati yo‘q…

v)         Avratlar ochiq bo‘ladi. Yot erkaklar er va mahram rolini o‘ynaydi. Nomahramning oldida avratni yopish shart degan shar’iy qoida ishlamaydi. Bundan tashqari er-xotin va mahram rolini ijro qilayotgan erkak va ayollar o‘rtasidagi boshqa aloqalar ham ijro etiladi…

Ushbu ishlardan ko‘rinib turibdiki, ular shariatga zid… Bundan ham ashaddiyrog‘i artistlar Payg‘ambarlar rolini ijro etishadi. Alloh Taolo Payg‘ambarni payg‘ambarlik va elchilikka tanlagan. Bu ishlar boshqalarga emas, balki faqat ularga xos xususiyatlardandir. Oddiy kishi vahiy yuborilgan Payg‘ambar yoki elchining rolini o‘ynashi elchilikka bo‘lgan tajovuz, payg‘ambarlikni pastga urish va haqqini o‘z o‘rniga qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u elchilik va elchiga nisbatan adolatsizlikdir. Artistlar erkak va ayollar o‘rtasida bo‘ladigan turli aloqalarni aks ettirishlari haqida aytmasa ham bo‘ladi…

Shuning uchun bunday serial va filьmlar joiz emas.

Ammo Allohning izni bilan tiklanajak Xalifalik davlati pozitsiyasiga kelsak, Xalifalik davlati shariatga zid ishlarni o‘z ichiga olgan bunday filьm va seriallarga ruxsat bermaydi. Ammo bularning tafsiloti haqida esa, ularni Xalifalik tiklanganida aytib beramiz. 2009 yil 23 sentyabr).

Mana shular etarli deb umid qilaman Alloh bilguvchi va hikmatliroqdir.

Bir eslatma:

Bu javob faqat filьmlar ishlash haqida bo‘ldi, ularni ko‘rish haqida bo‘lmadi deb aytayotgan birodarlarimizga shuni aytamizki, men savoldagi suratga olish haromligi haqida javob berish bilan kifoyalandim. Boshqacha aytganda, Payg‘ambarlar va sahobalarni aks ettirish haromligi va davlat tiklangan kunda bunday filьmlarni ishlashdan qaytarishi haqida aytdim… Ularni ko‘rish haqida esa javob bermadim. U haqidagi savolni so‘rovchilarga qoldirdim. Toki, ular o‘zlari ijtihod qilsinlar yoki o‘zlari ijtihodiga ishonadigan e’tiborli mujtahidga taqlid qilsinlar… Boshqacha ibora bilan aytganda, bu mavzuda biror fikrni tarjih qilmadim. Bu ish yorqin bo‘ldi deb umid qilaman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

28 robius-soniy 1441h

25 dekabr 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.