Millatlararo mojarolardan kim manfaatdor?

51
0

Millatlararo mojarolardan kim manfaatdor?

 7 fevral kuni kechqurun Qozog‘istonning Jambil vloyati Korday tumani Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Mojaroga mahalliy do‘ngonlar qozog‘istonlik qariyani kaltaklashi sabab bo‘lgani aytilgan.

 Xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kishi ishtirok etgan, 10 kishi halok bo‘lib, 137 kishi jarohatlangani, ulardan 37 nafari shifoxonaga yotqizilgani, 9 kishi og‘ir ahvolda qolayotgani aytilgandi.

 Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy yoqib yuborilgan, 15ta savdo ob’ekti hamda 23ta avtomashinaga zarar etkazilgan. 

 Millatlararo kelishmovchilik, mojaro va urushlar bu – mustamlakachi kofirlar biror davlatni bo‘lib, parchalab, o‘z mustamlakalariga aylantirishda ishga soladigan eng qulay qurollardan biridir.

 Mustamlakachi G‘arb Islom davlatini qulatishda ham mana shu quroldan foydalangan edi.

 Kufr davlatlari o‘z saqofatlaridan ta’sirlangan bir Ummat farzandlarini turli jinsu millatlarga ajratib yuboradigan millatchilik tushunchalarini singdirishdi. Turk yoshlaridan iborat “Yosh turklar jamiyati” nomli bir jamiyat tuzib, Frantsiyaga olib borib o‘qitishdi. Ular Frantsiyadan qaytishgach bu jamiyat “Ittihod va taraqqiy partiyasi” nomini oldi. Bu partiya o‘sha vaqtdayoq mutlaq erkinliklarni va davlat yuritish uchun islomiy dasturdan o‘zga bir dastur bo‘lishini talab qildilar. Shuningdek, mustamlakachi kofirlar arab yoshlaridan ham “Yosh arablar jamiyati” nomli jamiyat tuzdi. Ularga ham g‘arb madaniyatini o‘rgatib, dillariga arab millatchiligi og‘usini qo‘yishdi. Bu yoshlar vatanga qaytishgach, musulmon farzandlari yordami bilan Usmoniy davlatdan qutulish uchun xizmat qiladigan maxfiy jamiyatlar tuzishga kirishib ketdilar. O‘sha vaqtda arab yoshlari bilan turk yoshlari o‘rtasida kurash boshlandi. Unisi arabligi bilan faxrlansa, bunisi turkligi bilan g‘ururlanar edi… Natijada Xalifalik davlati qulatildi. Yagona Ummat vakillari 50dan ziyod mayda, qo‘g‘irchoq davlatlarga bo‘lib tashlandi. Buning alamli oqibatlarini esa bugungi kungacha musulmonlar totib kelishmoqda.

 Xudosiz kommunistlar tomonidan Turkiston zamini bosib olingach azaldan bir Ummat bo‘lgan musulmonlar o‘rtasiga chegaralar tortildi va sun’iy paydo qilingan besh respublikaga bo‘lib tashlandi. Ularni qayta birlashishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun millatchilik fikrlarini tiqishtirdi va turli xunrezliklarni amalga oshirdi. 1989 yili O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida o‘zbeklar va mesxeti turklar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan bo‘lsa, 1990 va 2010 yillarda Qirg‘izistonda qirg‘iz-o‘zbek o‘rtasida milatlararo nizolar sodir bo‘ldi…

 Bu davlatlar “mustaqillik”ka erishganidan so‘ng ham o‘tgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarishmadi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlashda o‘zaro birodarlik tuyg‘usini shakllantirish o‘rniga millatchilikni mafkura sifatida ilgari surishdi. Buning natijasida esa hokimiyat egasi bo‘lgan millat vakillalari boshqa millatlari ustidan hukumron bo‘lib olib, qolgan millatlar itoat qilishlari shart degan tushuncha bilan ularga zulm o‘tkaza boshlashdi. O‘z navbatida oz sonli millat vakillari “o‘ziligi saqlab qolish” bahonasi bilan ularga raqobat qilishga, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun kurashga kirishga majbur bo‘lishadi. O‘z navbatida etakchi muastamlakachi davlatlar o‘z nufuzlari ostidagi istagan davlatlarida beqarorlik, tartibsizlik va urushlar keltirib chiqarishda aynan millatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik va ziddiyatlardan unumli foydalanib kelishmoqda.

 Qozog‘istonda sodir bo‘lgan navbatdagi milliy nizo ham biror mustamlakachi davlat (ko‘proq ehtimol bilan Rossiya) tomonidan qo‘zg‘atilgani, rasmiy hukumatning AQSh tomonga yuzlanish oqibati nimalarga olib kelishidan “ogohlantirish” bo‘lishi mumkin.

 Toki er yuzidagi barcha musulmonlarni og‘a-ini sifatida birlashtiruvchi Islom mafkurasi va mabdasini hayotga tatbiq qiluvchi islomiy Xalifalik davlati qayta tiklanmas ekan, mustamlakachi kofirlar istagan vaqtda o‘rtamizda millatchilik va vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida urush va kelishmovchiliklarni chiqaraveradi. Faqat Islom va uning Mabdasini hayotimizga qaytadan olib kelib, uning hukmlarini joriy qilishgina butun er yuzida millatchilik asosida borayotgan urush va buzuqchiliklarga barham bera oladi.

 Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:

“Kimda-kim millatchilikka chaqirsa, bizdan emas, kimda-kim millatchilik asosida jang qilsa, bizdan emas, kimda-kim millatchilik asosida jang qilib o‘lsa, bizdan emas”. (Abu Dovud rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam yana shunday deganlar:

 “Tarafkashlik (millatchilik, vatanparvarlik, irqchilik)ka chaqirib, amakichilik (qarindosh-urug‘chilik) bayrog‘i ostida urushgan yoki tarafkashlik qilib yordam bergan odamning urushi johiliyat urushidir”. (Muslim rivoyati).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.