TIV: Viza cheklovi AQSh-Qirg‘iziston aloqalariga ziyon etkazdi

432
0

TIV: Viza cheklovi AQSh-Qirg‘iziston aloqalariga ziyon etkazdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati qirg‘iz fuqorolarining Qo‘shma Shtatlarga migrant va grin-kart vizalarini olishlariga cheklov kiritdi. “Azattыk” tarqatgan xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi bundan mamnun emasligini bildirar ekan, bu holat AQSh-Qirg‘iziston aloqalariga zarar etkazishini bildirdi.

“Qirg‘iziston xalqaro xavfsizlik himoyasi yo‘lida mahalliy harakat olib borayotgan mamlakat hisoblanadi. “Terrorizm”ga qarshi kurashda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan va qo‘shib boryapti. Hozirgi vaqtda 80 dan ortiq mamlakatda biometrik pasport ishga tushgan emas. Lekin vizani cheklash, faqat tanlangan ayrim davlatlargagina qo‘llanilyapti.” – deya bayonot berdi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi. 

Izoh: Qirg‘iziston xalqaro siyosatda o‘ta nufuzsiz davlatlar qatorida turadi. Etakchi davlatlar Qirg‘izistonda biror arzimas manfaati ro‘yobga chiqmay qolishi bilanoq uni har xil yo‘llar bilan tahqirlashadi. Ayni paytda Qirg‘iziston Rossiya uchun AQSh va Xitoy manfaatlariga qarshi strotegik ahamiyatli mintaqa bo‘lib turibdi. Shuning uchun Qirg‘iziston o‘z manfaatlaridan kelib chiqib ixtiyoriy ravishda harakat olib bora olmaydi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonning “terrorizm”ga qarshi kurashayotganini minnat qilib gapirayotganiga e’tibor qaratsak, davlat o‘z fuqorolari ustida olib borayotgan “antiterror” harakatlarining barchasi AQSh singari yirik davlatlar manfaati va talabi ostida olib borilishi zimdan tan olinyapti. Vazir, “biz AQSh uchun zaruriy manfaatlarni ro‘yobga chiqarib borayotganimizga qaramay u bizni vizadan cheklash bilan tahqirlayapti” demoqchi.

Demak AQSh-Qirg‘iziston o‘rtasida yana boshqa kelishmovchiliklar ham mavjud. Shuningdek Qirg‘iziston va EvroOsiyo ittifoqi o‘rtasida ham jiddiy kelishmovchiliklar bor. Lekin bu tarmoqda ham Qirg‘iziston Rossiya bilan aloqalarining buzilishdan qo‘rqib, ziyonlarni yashirib keladi. Shunga qaramay Rossiya Tojikiston va Qozog‘iston chegaralarida Qirg‘iziston uchun bir qator muammolar yaratib kelayapti. Har bir ichki va tashqi fitnalar va cheklovlar ortida shu kabi tashqi quvvatlarning biror manfaati yotadi!

Rossiyaning inqirozi va xalqaro siyosatda tarang va keskin holatlar paydo bo‘lib borayotgan bir paytda Qirg‘iziston o‘rtada qolib, o‘z manfaatlarining oyog‘ osti bo‘lishiga giriftor bo‘ldi. Qirg‘iz hukumati biror loihada o‘zining mamlakat manfaatini asos qila olmay qoldi. Mamlakatni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan har bir loiha, xalqaro siyosatdagi biror yirik davlatning manfaatiga zid kelib qolish ehtimoli hisobga olinadi. Har bir iqtisodiy qadam, loiha, xalqaro siyosat manfaati asosida yuritiladi. Aks holda mamlakatga yuqoridagi singari cheklov sanktsiyalari qo‘llanilinishi mumkin!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.