Kapitalizm hazoratining «mevalari»dan

406
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizm hazoratining «mevalari»dan

«Frantsiya Senati o‘quvchi qizlarning maktab sayohatlari paytida ro‘mol o‘rashlarini taqiqlash bo‘yicha yangi qonun loyihasiga ovoz berdi. Ilmoniy dunyoqarashga zid diniy ramz, deya dastaklangan bu qaror Frantsiya davlat maktablaridagi ilmoniylik printsiplari to‘g‘risidagi 2004 yil qabul qilingan qonunga tayandi.

Shunga asosan, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«G‘arb siyosatchilari shaxs erkinliklari haqida og‘iz ko‘pirtirib, nog‘ora qoqishlariga qaramay, ro‘molni taqiqlash va uni jinoyatga chiqarish uchun qonunchilikning hamma eshiklardan kirib, qonunlar qabul qilib ko‘rishyapti. Buni ro‘mol Islom ko‘rinishlaridan biri bo‘lgani uchun qilishyapti!». Bayonotda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

«G‘arb hazoratida ayol erkinligi, degan narsa ulug‘lanib, shunga da’vat qilinar ekan, bundan ayolning yalang‘ochlanishi erkinligi maqsad qilingani kundek ravshan. Ayolning Islom buyurgandek o‘ranishi va hurmatini saqlashi esa, G‘arb toqat qilolmaydigan narsa. Chunki bu holat ayol kishi va uning jamiyatdagi roli haqidagi G‘arb falsafasiga zid. G‘arb nazdida ayol kishi tovardir… U qanchalik tanasini ochsa va qanchalik fitna joylarini bozorga solsa, shunchalik qiymati oshadi. Darhaqiqat, bunday illat falsafa Evropa boshiga juda ko‘p balolar soldi… Ayollari turmushga chiqish va farzand ko‘rishdan bosh tortishdi, fohishalik keng tarqaldi, oilalar buzilib, Evropa qarib-qartayib, yoshlik vaqtiga qaytolmaydigan bo‘lib qoldi». Bayonotda quyidagi savollar o‘rtaga tashlandi:

«Shunday ekan, musulmonlar o‘z hukmdorlarining G‘arbga ergashayotganlarini, u bilan turli shartnomalar imzolashayotganlarini biladilarmi?! Bu shartnomalardan biri «CEDAW» (ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi deklaratsiya) bo‘lib, Falastin rejimi unga 2014 yil imzo chekkan.

G‘arb bizga yaxshilik bo‘lishini aslo xohlamaydi, ayol kishining bebaho dur-gavhar misol asraluvchi mukarrama bo‘lishiga toqat qilolmaydi. Aksincha, G‘arb uchun ayol kishi arzon tovar bo‘lishi, yoshi o‘tib-keksayganda qariyalar uyiga uloqtirilishi, holidan hech kim xabar olmay, uni hech kim eslamay-unut bo‘lishi kerak. U shuni istaydi». Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

Barcha yaxshilik Islomda. Chunki Islom ayol kishi masalasida qabul qilgan samoviy qonunlari bilan ayol kishini aziz-mukarram qildi hamda itoatda erkaklar bilan baslasha oladigan, haq-huquqlari kafolatlangan, oilani sokinlik bilan o‘rab, islomiy jamiyatga rushdu hidoyat keltiruvchi faol shaxsga aylantirdi. Hamma yomonlik esa, siyosiy va fikriy jihatdan G‘arbga ergashishdadir».

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.