Stoltenberg: NATOning barcha a’zolari mudofaa sarflarini oshirishlari shart

388
0

Stoltenberg: NATOning barcha a’zolari mudofaa sarflarini oshirishlari shart

 NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg payshanba kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan alьyans ishtirokchilari mudofaa harajatlarini hamda o‘ta muhim infratuzilma himoyasini muhokama qildi, deyiladi Oq uy bayonotida.

Xabardan xulosa qilsa bo‘ladiki, AQSh prezidenti NATO bosh kotibini alьyansga kiruvchi mamlakatlar mudofaa uchun harajatlarini oshirishlari shartligiga ko‘ndira olgan.

Aniq raqamlar ham keltirib o‘tilgan. Xabarga ko‘ra, “Tramp va Stoltenberg barcha ittifoqdoshlar yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa sarflariga ajratishlari kerak, degan xulosaga kelishgan”.

 Amerika prezidenti Donalьd Tramp ilgarigi chiqishlarida ham ko‘plab marotaba NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarga murojaat qilib ularga harbiy byudjet miqdori oshirilishini kutayotganini ma’lum qilgan.

 Izoh: AQSh bilan dunyo etakchiligini talashuvchi davlat deyarli qolmadi. Shu sababli u endi dunyo etakchiligini o‘z qo‘lida saqlab turish uchun zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlaridan birin-ketin bosh tortib boryapti. Endi, hatto zayif davlatlarni sun’iy paydo qilingan xavf xatarlardan himoya qilayotgani uchun ham ulardan haq talab qila boshladi. Bu talab, urush bo‘layotgan holatda qo‘yilgan taklif bo‘lganida, harbiy ittifoqchi, yordamchi yoki hamkor deb ifodalanishi mumkin bo‘lar edi. Lekin tinchlik holatida favqulodda bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ammo hozirda yo‘q harbiy tahdid uchun haq talab qilishni faqat talonchilik, zo‘ravonlik deb nomlash mumkin. Chunki dunyoning deyarli barcha davlatlariga joylashtirilgan AQSh harbiy bazalari, faqat uning manfaatlari, olamiy etakchiligining kafolati uchun xizmat qiladi. Shu sababli ham AQSh o‘sha mamlakatlarga moliyaviy va boshqa moddiy yordam ko‘rsatib kelar edi. Ammo so‘nggi yillarda, AQSh xuddiki bu davlatlardagi tinchlikni saqlab berayotganidek, ulardan haq talab qilib, hatto ularga tahdid qilish yo‘liga o‘tdi.

 2018-yili Tramp Virjiniya shtatida so‘zlagan nutqida, “Men Saudiya Arabistonini yaxshi ko‘raman. Bugun ertalab qirol Salmon bilan uzoq suhbatlashdik. Men unga sening trillionlagan dollarlaring bor. Agar mamlakat hujumga uchrasa, nimalar bo‘lishini yolg‘iz Xudo biladi, dedim”, – degan edi.

 Endi esa, AQSh o‘zining olamiy jandarm vazifasini bajarishida NATOga a’zo davlatlardan ham harbiy harajatlarini oshirishni talab qila boshladi. Aslida, NATO tashkiloti AQShning Evropa mintaqasidagi manfaatlarini va mintaqa chegaralarini himoya qilish, shuningdek, kapitalistik mabda asosidagi g‘arbiy lagerni Sovet ittifoqining harbiy va kommunistik mabdaiy yurishlaridan himoya qilish uchun tuzilgan harbiy blokdir.

 Sovet ittifoqi qulagach, AQSh bu alьyansni saqlab turish uchun, Eronga qalbaki islomiy tus berib, uni agressiv mamlakatga aylantirdi. So‘ngra Rossiyadan Ukrainani tortib olish orqali, Rossiyani ham Evropaga qarshi qo‘ydi va bu orqali Evropani yana NATOga bo‘lgan ehtiyojini paydo qilishga muvaffaq bo‘ldi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.