Moskvada terakt uyushtirishga uringanlikda ayblangan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

444
0

Moskvada terakt uyushtirishga uringanlikda ayblangan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Moskvaning Cheryomushki sudi qarori bilan qirg‘izistonlik 30 yoshli Talant O‘nurov hibsga olindi. Tergov qo‘mitasi uni terror xuruji hozirlaganlikda ayblamoqda. Moskva tergov qo‘mitasi vakilasi Yuliya Ivanovaga ko‘ra, O‘nurov aybini tan olgan.
“Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasidan bo‘lgan shaxs 2019 yil sentyabrida terror xuruji sodir etish maqsadida poytaxt (Moskva) hududiga kelgan. Bir oy davomida u o‘ziga sherik izlagan, adabiyotlarni o‘rgangan, o‘quv videoroliklarini tomosha qilgan hamda noma’lum shaxslarga qarshi qaratilgan qonunga zid harakatlarni sodir etish uchun joy qidirgan. So‘roq paytida u aybini tan oldi”, degan Ivanova O‘nurov terror xurujini aynan qaerda sodir etmoqchi bo‘lganini ochiqlamagan.
Mazkur ayblov bo‘yicha qirg‘izistonlik yigit 15 yilgacha qamalishi mumkin. Hozircha u 2020 yilning 1 yanvarigacha hibsga olingan.
TASS agentligi manbasi O‘nurov 1 noyabrь kuniyoq qo‘lga olingani va u go‘yo radikal islom tarafdori ekanini bildirgan.

Tahlil: Rossiya aka-uka Azimovlarga tuxmat qilgani dalillar bilan ochiqqa chiqqaniga qaramay ularning sud jarayonini davom ettiryapti. Ustiga ustak yana Qirg‘iziston fuqorosini hali amalga oshirmagan qo‘poruvchilik amaliyotida ayblamoqchi. Demak Rossiya Qirg‘izistonga yoki Markaziy Osiyoga nisbatan qandaydir siyosiy bosim uyushtirmoqchi bo‘layapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.