Imron Xon vositachi bo‘lish uchun Eron va Saudiya Arabistoniga safar qilmoqchi

119
0

Imron Xon vositachi bo‘lish uchun Eron va Saudiya Arabistoniga safar qilmoqchi

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin azaliy raqiblarni yarashtirish uchun 13 oktyabrda Tehronga, so‘ngra Saudiya Arabistoniga boradi, deya xabar tarqatdi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining neftь inshootlariga 14 sentyabrda uyushtirilgan va ko‘p zarar etkazgan hujumdan so‘ng Xondan ikkita musulmon mamlakati o‘rtasidagi tanglikni yumshatishda vositachi bo‘lishni iltimos qilgan edi.

Vashington, Riyod, shuningdek, arab davlatlarining boshqa hukumatlari Eronni hujum qilganlikda ayblamoqda, Tehron esa buni rad etmoqda.

‒ Saudiya Arabistoni strategik hamkorimiz, Eron esa – do‘stimiz va qo‘shnimiz. Biz ikki musulmon mamlakati o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni muzokaralar orqali bartaraf etishga intilyapmiz ‒ degan edi Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy joriy hafta boshida.

U mintaqada urushga yo‘l qo‘yish kerak emasligini alohida ta’kidlagan edi.

Tashqi ishlar vazirligi vakilining qayd etishicha, Xonning tashabbusi “Pokiston Bosh vazirining mintaqada tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaridir”.

Eron axborot vositalari xabariga ko‘ra, “Sobitiy” tankeriga 11 oktyabrda Qizil dengizda, Saudiya Arabistoni hududidan tashqarida hujum qilingan. Hali mustaqil ravishda tasdiqlanishi shart bo‘lgan noxush hodisa Qizil dengiz va Fors ko‘rfazida tankerlarga qarshi hujumlarning so‘nggisidir.

Buning Yamandagi urushda bilvosita qatnashayotgan mintaqadagi raqib mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirib yuborishi taxmin qilinmoqda.

Tahlil: xalqaro siyosatni yo‘naltiruvchi yirik davlatlar zayif va mustamlaka mamlakatlarni o‘z ta’siri ostida ushlab turish maqsadida, ular o‘rtasida atayin keskinliklar paydo qilishadi. Mustamlakachi vaziyatni mumkin qadar harbiy urush holatiga yaqinlashtirib, so‘ng o‘zi o‘rtakashlik qilib, muammoni bartaraf qilib berish orqali har ikki tomonni o‘ziga tobeligini yanada oshirib oladi.

AQSh oxirgi o‘n yillikda Yaqin Sharqda g‘oyriinsoniy repressiv ish harakatlar olib boryapti. U Suriyani vayron qilib, Yamanni gumanitar ommaviy ocharchilik bilan o‘limga mahkum qilyapti. AQSh bu ishishlarni Eron bilan Saudiyaning qo‘llovi va hamkorligisiz amalga oshira olmaydi. Bu davlatlar Musulmonlar zulmni his qilib, kufrga qarshi birlashib, butun nafratini olamiy kufr boshqaruv sistemasi tomonga qaratmasliklari uchun ularni chalg‘itib, mazhablararo (shiya – sun’iy o‘rtasida) keskinlik va o‘zaro urushlar paydo qilish bilan kufrga yordam berib borishyapti! Islomiy o‘lkalarning deyarli barchasi shu holatda.

Butun dunyoda mana shu singari iflos, xoin va aldov asosidagi siyosat hukm surmoqda. Buning uchun ular avval musulmonlar o‘rtasida o‘ta qattiq va yopiq chegaralar paydo qilishadi. So‘ng vatanparvarlik, millatchilik va diniy mazhabparastlik tuyg‘ularini kuchaytirish uchun bor imkoniyatlaridan foydalanib, mintaqalarda keskin vaziyatlarni atayin ushlab turishadi. Oqibatda har bir islomiy mamlakatlarda, ularga qulay va manfaatli bo‘lgan vaziyatlar paydo bo‘ladi. Yirik davlatlar bu keskinliklardan foydalanib, ularni bir birlariga qarshi yo‘naltirish bilan o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishadi.

Shiyalar hududi yoki masjidini portlatib yuborish, mamlakatlarda yoki ular o‘rtasidagi chegaralarda atayin provokatsiya ishlari va qo‘poruv amaliyotlari uyushtirish shular jumlasidan.

Abdurazzoq Mo‘’min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.