Qirg‘izistonda oltin konlarini izlab topish va qazib olish uchun 471ta litsenziya berilgan

44
0

Qirg‘izistonda oltin konlarini izlab topish va qazib olish uchun 471ta litsenziya berilgan

 Sanoat, energetika va er resurslari bo‘yicha mamlakat komiteti rayisining o‘rinbosari Karibek Ibraev Qirg‘izistonda konlarni izlab topish va kavlab olish uchun hammasi bo‘lib 2415 litsenziya berilganini ma’lum qildi.

 Uning bayonotiga ko‘ra 471 litsenziya oltin qazish uchun, 102 litsenziya uran va boshqa metallar qazish uchun,337 litsenziya ko‘mirga, 1039 litsenziya qurilish materiallari uchun berilgan.

 Uning ta’kidlashicha bu litsenziyalarning aksari chet el kompaniyalariga berilgan, hozirda bu litsenziyalarni inventarizatsiyalash ishlari borayapti. Manba: “Azattыk unalgыsы”

 Tahlil: Yuqoridagi rasmiy bayonotga ko‘ra 471 litsenziyaning aksari xususiy korxonalarga berilgan. Undan ham ko‘proq qismi chet el korxonalariga tegishli. Lekin bu korxonalarning Qirg‘iz korxonalariga tegishlisi ham chet el korxonalari bilan hamkorlikda ishlatiladi yoki ularga ijaraga berilgan. Chunki Qirg‘iziston o‘z fuqorolari uchun oltinni qazib chiqarish uskunalarini ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoatga ega emas.

Bundan tashqari xalqaro tashkilotlar Qirg‘iziston tadbirkorlarining emas, balki xalqaro investorlarning manfaatidan kelib chiqib, ya’ni ularni manfaati asosida xalqaro qonunlar ishlab chiqadi. Xalqaro qonunlar Qirg‘iziston o‘z boyliklarini o‘zi qayta ishlay olmaydigan va uni chet el korxonalari va investorlariga tobe qilish asosida ishlab chiqiladi. Shuning uchun Qirg‘iziston hukumati xalqaro siyosatni rozi qilish uchun mahalliy boylarni va oligarxlarni korruptsiyada ayblash va ular ishga solmoqchi bo‘layotgan har qanday ishlab chiqarish harakatlarini siquvga olish asosida ish olib boradi.

Natijada Qirg‘iziston fuqorolari o‘z boyliklarini yashirishga, chet elga olib chiqib o‘sha tomonda biznes yuritishga harakat qilishadi. Qirg‘izistonda qolganlari ham, o‘z mulklarini himoya qilish maqsadida hokimiyat bilan hamkorlik qilishga yoki o‘zlari pul sarflab bo‘lsa ham, deputat bo‘lishga harakat qilishadi. Tabiiyki bu deputatlar faqat o‘z manfaatlarini himoyasi uchun xalq manfaatini suyiste’mol qilishadi. Ular o‘ta savodsiz, jur’atsiz va hokimiyatga tobe bo‘lib, yuqori mansabdagi siyosatchilarga, shuningdek etakchi guruhlarga o‘ta itoatkor bo‘lishadi.

Qirg‘izistonda shakllanib borayotgan ushbu buzuq boshqaruv mexanizmi, kapitalizmga asoslangan olamiy boshqaruv sistemasi kasofatidan kelib chiqqan bo‘lib, etakchi davlatlar xalqaro siyosat quvvatidan foydalanib, kichik davlatlarni sanoatlashtirmaslik asosida ish olib borishadi! Ular olamdagi bor imkoniyat va salohiyatlarini o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadi sari yo‘naltirishadi. Bizning etakchi guruhlar ham bor imkoniyat va salohiyatlarini ularning manfaatlarini ro‘yobi uchun sarflashadi. Aks holda bizning oligarxlar etakchi davlatlar tarafidan bosimga uchrashlari ta’yin. Ishdan ketishlari bilan voqeda ko‘rib turishgan avvalgi etakchilar boshiga tushgan kun bularnikiga ham tushadi!

Shuning uchun mahalliy boshqaruv sistemasini o‘zicha, alohida isloh qilib bo‘lmaydi. Albatta olamiy boshqaruv sistemasi ta’siri ostidan chiqa oladigan, uni inkor qila oladigan boshqa boshqaruv sistemasiga o‘tishimiz kerak. Aks holda bu muammolarni bartaraf etib bo‘lmaydi. Inqilob qildim deb, bir qator shaxslarni hokimiyatdan bartaraf qilib, boshqalari bir oz vaqt o‘tishi bilan yana avvalgilarining xatolaridan davom etaverishadi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.