Qozog‘iston fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda Xitoy tajribasini qo‘llaydi

38
0

Qozog‘iston fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishda Xitoy tajribasini qo‘llaydi

 Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi. “Kursiv” nashrining xabar berishicha, poytaxtni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident bu haqda ko‘rsatma bergan.

 Tokaevning aytishicha, Xitoyga safari chog‘ida Hikvision ofisiga borgan va kompaniya faoliyati unda katta taassurot qoldirgan.

 “Ularda texnika juda ilgarilab ketgan. Raqamlashtirish juda rivojlangan. Qanchalik rivojlanganini aytib o‘tirmayman. Ekranga bossangiz, kishi haqidagi deyarli barcha ma’lumot chiqadi – institutni qachon tugatgan, bo‘sh vaqtida qaerga boradi, qancha krediti bor. Biz ham shu yo‘nalishdan borishimiz kerak”,- dedi prezident.

 Xitoy hukumati Shinjondagi uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz musulmonlarini “qayta tarbiyalash lagerlari”ga tashlashda ayni shu kuzatuv kameralaridan foydalanib keldi. Bugunga kelib mushrik hukumat Shinjonda qo‘llagan tajribasini Markaziy Osiyo davlatlariga ham olib kirish yo‘lida harakatini boshlab yubordi. Qirg‘izistonda “xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishga kirishgan bo‘lsa, O‘zbekistonda “aqlli kameralar” o‘rnatilishiga 1 milliard dollar ajratadigan bo‘ldi. Endi esa o‘z tajribasini Qozog‘istonda ham amalga oshirishga kirishmoqda. Agar shu ketishda bo‘lsa yaqin kelajakda qirg‘iz, qozoq va o‘zbek musulmonlar haqidagi barcha ma’lumot va dalillarni Xitoy maxsus xizmatlari nazorat qila boshlaydi hamda keyinchalik bu dalillarni o‘zimizga qarshi ishga solib, yangi vujudga kelishi ehtimoli uzoq bo‘lmagan “siyosiy lagerlar”ga tashlanadigan musulmonlarni saralab ola boshlaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.