Xolis jurnalistlar, ziyolilar, mashhur kishilar, turli faoliyatdagilar va jamoatchilik ishlariga qaygʻuruvchilarga…

26
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

 Xolis jurnalistlar, ziyolilar, mashhur kishilar, turli faoliyatdagilar va jamoatchilik ishlariga qaygʻuruvchilarga…

 Qadrli birodarlar: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh:

 Vaqt oʻtmasdan qoʻzgʻoloningiz kemasini saqlab qoling. Chunki kema yorigʻi kengayib bormoqda… Shahidlaringiz qurbonligi va toʻkilgan qonlarni Jeneva, Ostona va Sochidagi siyosiy fohishalik va jinoyat bozorlarida sotilishidan oldin qutqaring.

 Qanday ahvolga tushib qolganimiz va qanday xatarga qolganimiz sizga ayon. Agar qiladigan ishimizni bilmasak, qoidalarni mahkam ushlamasak, qoʻzgʻolonimiz yoʻnalishini toʻgʻrilamasak, Robbimiz arqonini mahkam ushlamasak, u Zotning buyrugʻini bajarmasak va shariatini tatbiq qilmasak, bizni qanday kelajak kutayotganini koʻrib turibsiz.

 Koʻrib turganingizdek hiyla va til biriktiruvlar bizni har tomondan oʻrab oldi hamda yaqin va olisdagilar bizga koʻppaklardek tashlandi. Farzandlarimiz qilayotgan har qanday toʻgʻri va sodiq amalga barham berish uchun ular oʻldirilmoqda, koʻchirib yuborilmoqda va yurtlarimiz vayron qilinmoqda, bularning barchasi til biriktiruv va muzokaralar orqali amalga oshirilmoqda. Maqsadlari – kufr bilan hukm yuritish hamda avvalda boʻlganidek zulm, zoʻravonlik va bosim bilan qiynash uchun bizni yana jinoyatkor rejim qoʻrgʻoniga qaytarishdir.

 Bizning beparvoligimiz va jim qarab turishimiz tufayli shahidlar qoni sotilishiga va shuncha qurbonlar bekor ketishiga qarab turaveramizmi? Yoki Robbimiz buyurganidek haqni aytadigan, uni mahkam tutadigan, Alloh buyurgan maʼrufga buyurish va munkardan qaytarish vazifasini bajaradigan hamda zolim, sotqin va dushmanlar bilan til biriktirgan kishilarni qaytaradigan rijollardan boʻlamizmi? Agar biz Allohning buyruqlarini bajarsak, Rosululloh ﷺ xabar bergan shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttalib bilan bir xil martabaga ega boʻlamiz. Agar jim tursak va beparvolik qilsak, bizni katta azob kutmoqda.

 Sizlar dushmanlarimiz shahar va qishloqlarimizni nishonga olib, vayron qilayotganini va odamlarni qatl qilayotganini koʻrib turibsiz. Ular bizni til biriktiruvlar orqali chiqargan qarorlari va bizga minnat qilishayotgan yolgʻon xavfsizliklariga koʻndirishmoqchi. Mana, Ostonadagi navbatdagi konferentsiyada ular bufer zona va keng qamrovli sulh kabi ilgari qabul qilgan kelishuvlarini yana zoʻrlab tiqishtirishyapti. Shu orqali xolis qoʻzgʻolonchilarni tor va cheklangan mintaqaga cheklashib qoʻymoqchi. Bu ish ularni yoʻq qilish uchun tashlanadigan navbatdagi qadamdir.

 Biz, yaʼni oʻz ahliga yolgʻon gapirmaydigan Hizb ut-Tahrirdagi birodarlaringiz sizga nasihatgoʻy birodardek xitob yoʻllaymiz. Chunki nasihatgoʻy birodar faqat Robbisining roziligi va foydali ishga chaqiradi.

 Biz sizlarni zulm va zoʻravonlik bilan tortib olingan azmu qaroringizni qaytarishingizga chaqiramiz. Shuningdek, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarish vazifasini ado etishga hamda kelishish va til biriktirish orqali qurbonlarimiz va bolalarimiz qonini sotayotgan barcha kishilar va zolimlarni toʻxtatishga chaqiramiz.

 Biz sizlarni va atrofingizdagilarni “Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik” loyihasiga yordam berishga chaqiramiz. Chunki biz faqat Xalifalik bilan aziz boʻlamiz va dunyoyu oxiratda muvaffaqiyatga erishamiz. Xalifalik bizning saflarimizni birlashtiradi va tarqoqligimizga chek qoʻyadi. Xalifalik bizni haqiqiy xavfsizlikni roʻyobga chiqarish va bizni qiynayotgan zulmdan haqiqatda ozod boʻlish sari boʻlgan yoʻnalishimizni toʻgʻrilaydi. Chunki biz ozodlikka Amerikaning quli boʻlgan mintaqaviy davlatlar orqali emas, balki oʻz harakatimiz orqali erishamiz…

 Dushmanlarimiz bizni yoʻq qilish uchun toʻplandi. Biz Robbimizning arqonini mahkam tutish bilangina najot topamiz. Shuningdek, har birimiz oʻz vazifasini bajarib, bor kuchini ishga solsin hamda saltanatimizni qaytarib olish va yoʻlimizni toʻgʻrilash uchun atrofiga oʻz ahli va birodarlarini jamlasin. Shuningdek, xiyonat konferentsiyasi qarorlari va halokatli sulhlar qarshisida mustahkam-metin qoʻrgʻon boʻlib turaylik hamda “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar kishanlaridan ozod boʻlib, ular chizgan qizil chiziqlarni yoʻq qilaylik.

 Biz sizlarni Robbingizni rozi qiladigan rijollar pozitsiyasini ushlashga chaqiramiz. Shunda sizlar Allohga bergan vaʼdasida sodiq boʻlgan Saʼd ibn Muoz va Saʼd ibn Uboda kabi rijollarga aylanasiz. Birortangiz: (Bu ish menga aloqador emas, men bu ishni amalga oshira olmayman), deb aytmang. Chunki ish oʻta muhim, makr hiyla esa kuchlidir. Barchamiz bitta kemadamiz, yoki barchamiz halok boʻlamiz, yoki barchamiz najot topamiz.

 Togʻut nizomni oʻzgartirib, Islom boshqaruvini tiklash har bir musulmonga vojibdir. Allohning izni bilan koʻzlangan maqsadga yetib borguncha shu tarzda davom etish lozim. Yoʻlning oʻrtasida toʻxtab, oʻrtacha yechim izlash xatodir, aks holda oqibat yomon boʻladi. Misr va Tunisda roʻy bergan ishlar biz uchun saboqdir.

 Shuning uchun dushmanlaringiz makridan ogoh boʻling, ularning bunday fitnali konferentsiyalarida chiqargan qarorlarini qabul qilmang. Saltanatingizni tortib olgan, qarorlaringizdan mahrum qilgan va sizga yordam berish borasida savdolashayotgan kishilarni qoʻlidan tutib, toʻxtatib qoling. Hisob talab qiluvchi kishining ohangida ularga “anavi rejimni agʻdarish nima boʻladi?”, deya dadil savol tashlang. Sizlar birodarlaringiz nasihatiga quloq tuting va Robbingiz xohlagandek boʻling. Chunki gʻalaba, yutuq va najot aynan mana shundadir.

  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

 “Ey moʻminlar, Alloh va Uning paygʻambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʻplanursizlar” [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrir Suriya viloyati

22 zul-hijja 1440h
23 avgust 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.