Xalqaro siyosatdagi “muhim-birlamchi maydon” haqidagi savoliga javob

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Muhammad Iyod (محمد عياد)ning xalqaro siyosatdagi “muhim-birlamchi maydon” haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Alloh Taolo sizga yordam bersin hamda sizu bizning qoʻlimiz bilan yaxshilikni joriy qilsin. Alloh bizni Xalifalik bilan aziz qilsin hamda uning guvohlari va qoʻshini boʻlishni nasib etsin.

Mavzu: Xalqaro siyosatdagi “muhim-birlamchi maydon”.

Yirik va faol davlatlar manfaatlarini roʻyobga chiqarishda birlamchi eʼtiborini qaratadigan faoliyat maydonini belgilab oladi va uni “muhim-birlamchi maydon”, deb ataydi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir ham qaysidir bir joyni faoliyat maydoni qilib belgilaydi, toki u yerda daʼvat markazlashib, Islomiy davlat tiklansin.

Savol shuki, Allohning izni bilan tiklanajak xalifa Islom davlati uchun olamga Islomni daʼvat va jihod bilan yetkazishda birlamchi eʼtibor qaratadigan “muhim-birlamchi maydon” belgilaydimi? Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Alloh bizga qilgan yaxshi duoyingiz uchun sizni barakotli qilsin, biz ham sizga yaxshilik bilan duo qilib qolamiz…

Siz  savolingizda oʻzingiz ishora qilgan maʼnodagi “muhim-birlamchi maydon” xalqaro maydonda faoliyat qilayotgan har qanday davlatga nisbatan muhim ish hisoblanadi… Xalifalik davlati mabdaiy davlat, shuningdek u mahalliy emas, balki olamiy davlatdir. Chunki uning aqidasi inson uchun nozil boʻlgani bois olamiy aqidadir. Shuningdek, uning nizomi insonlarga oid boʻlgani uchun olamiy nizomdir.

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِلنَّاسِ بَشِيراً وَنَذِيراً

“Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga: (moʻminlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi boʻlgan holingizda, paygʻambar qilib yubordik”  [Sabaʼ 28]

Imom Buxoriy Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday deydi:

“أُعْطِيتُ خَمْساً لَمْ يُعْطَهُنَّ أَحَدٌ مِنْ الْأَنْبِيَاءِ قَبْلِي نُصِرْتُ بِالرُّعْبِ مَسِيرَةَ شَهْرٍ وَجُعِلَتْ لِي الْأَرْضُ مَسْجِداً وَطَهُوراً وَأَيُّمَا رَجُلٍ مِنْ أُمَّتِي أَدْرَكَتْهُ الصَّلَاةُ فَلْيُصَلِّ وَأُحِلَّتْ لِي الْغَنَائِمُ وَكَانَ النَّبِيُّ يُبْعَثُ إِلَى قَوْمِهِ خَاصَّةً وَبُعِثْتُ إِلَى النَّاسِ كَافَّةً وَأُعْطِيتُ الشَّفَاعَةَ”

“Menga oʻzimdan oldingi paygʻambarlarga berilmagan beshta narsa berildi. Menga bir oylik masofadan turib qoʻrqitish xislati berildi. Menga yer yuzi masjid va pok joy qilindi. Ummatimdan qaysi biri namoz vaqtini topsa, namoz oʻqisin. Menga oʻljalar halol qilindi. Oldingi Paygʻambarlar oʻziga xos qavmga yuborilgan boʻlsa, men butun insoniyat uchun yuborildim va menga shafoat qilish huquqi berildi”…

Xalifalik davlati butun olamga bir xil qaraydi, barchasini oʻz siyosati va ishlarini yurgizadigan joy deb hisoblaydi. Bu narsa quyidagi hadisda oʻz tasdiqini topadi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“إِنَّ اللَّهَ زَوَى لِي الأَرَضَ فَرَأَيْتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا، وَإِنَّ مُلْكَ أُمَّتِي سَيَبْلُغُ مَا زُوِيَ لِي مِنْهَا”

“Alloh yerni menga yigʻib koʻrsatdi, shunda uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini koʻrdim. Aniqki, Ummatim mulki menga yigʻib koʻrsatilgan joylargacha yetib boradi”. Lekin shunday boʻlsada, bu Xalifalik davlati oʻzining tashqi siyosatida qoʻyadigan rejalari boshqa davlatlar bilan bir xil degani emas. Shuningdek, bu Xalifalik davlati barcha davlat va mintaqalarga bir xil eʼtibor beradi degani emas. Balki Xalifalik davlati daʼvat manfaati hamda siyosiy, iqtisodiy va harbiy foydalarga qarab “muhim-birlamchi maydon”ni belgilaydi. Shuningdek oʻzi uchun belgilab olgan “muhim-birlamchi maydon”da ulkan va markazlashgan siyosatlar olib boradi… Bu “muhim-birlamchi maydon” maqsadlarni roʻyobga chiqishi hamda voqe oʻzgarishi va daʼvat manfaatiga qarab oʻzgaradi…

Rosululloh ﷺ va sahobalar siyratini chuqur oʻrganish orqali shu narsa ayon boʻladiki, Rosululloh ﷺ Madinada davlat tiklaganlaridan keyin, Arab yarim orolini davlat uchun “muhim-birlamchi maydon” qilib belgiladilar. Arab yarim orolida koʻplagan gʻalabalarga erishgach, davlatning “muhim-birlamchi maydon”i Shom va Iroq yurtlari boʻlib qoldi… Roshid xalifalar zamonida esa Shom, Iroq va Fors fathidan keyin “muhim-birlamchi maydon” Misr Shimoliy Afrika va boshqalarga kengaydi… Shunday qilib, foyda va sharoitlar oʻzgarishiga qarab, hamda davlat erishgan gʻalabalarga muvofiq Xalifalik davlatining “muhim-birlamchi maydon”i oʻzgarib boraverdi…

Shunga koʻra, Allohning izni bilan ikkinchi roshid Xalifalik davlati tiklangan kunda avvalgi islomiy davlatning siyratini takrorlaydi. Chunki u strategik rejalar tuzadi hamda daʼvat, voqealar va foydalarga qarab “muhim-birlamchi maydon”ni belgilaydi… Bundan tashqari Islomni olamga yetkazish va yoyish uchun oʻzi belgilagan “muhim-birlamchi maydon”ni nazorat qilgan holda vosita va uslublarni ishga soladi. Shuningdek daʼvat, oʻzgarish va foydalarga qarab ushbu “muhim-birlamchi maydon”ni qayta koʻrib chiqadi. Islomiy davlat kitobining “Islomiy davlatning tashqi siyosati” temasida davlat oʻz siyosatlarini roʻyobga chiqarish uchun reja va uslublarni belgilashda foydali jihatlariga eʼtibor berishi haqida aytilgan. Quyida oʻsha iboralarni keltiramiz:

(Shunga koʻra Islomiy davlatning boshqa davlatlar, xalqlar va ummatlar bilan boʻladigan aloqasidagi siyosiy tushuncha ular orasida Islomni yoyish, daʼvatni olib borish va jihod qilish boʻladi. Bundan tashqari davlat reja va uslublar ishlab chiqadi hamda ularni ijro qilish uchun vosita va qurollarni ishga soladi. Masalan, davlat ayrim dushmanlar bilan vaqtinchalik yaxshi qoʻshnichilik kelishuvini tuzsa, ayrimlari bilan urush bitimini tuzadi. Paygʻambarimiz ﷺ Madinaga kelgach, shunday qildilar. Yoki Abu Bakr Iroq va Shomga bir paytning oʻzida qoʻshin yuborganidek barcha dushmanlariga qarshi urush eʼlon qiladi. Yoki Rosululloh ﷺ Hudaybiyada qilganlaridek daʼvat borasida raʼyi om paydo boʻlishi uchun vaqtinchalik bitim tuzadi… Davlat daʼvat foydasi uchun ayrim davlatlar bilan tijorat shartnomalari tuzsa, ayrimlari bilan tuzmaydi. Daʼvat uchun belgilangan rejaga koʻra ayrim davlatlar bilan aloqa oʻrnatsa, ayrimlari bilan aloqani uzadi. Ayrim davlatlarga nisbatan daʼvat va tashviqot uslublarini qoʻllasa, ayrimlariga nisbatan rejalarni fosh qilish va sovuq urush uslubini qoʻllaydi.

Davlat shunday qilib daʼvat manfaati va ishning turiga qarab rejalar tuzadi va uslublar belgilaydi… Lekin bularning barchasi Islomni yoyish uchun boʻladi va uning tariqati Alloh yoʻlidagi jihod hisoblanadi). iqtibos tugadi. Davlatning “muhim-birlamchi maydon”ni belgilashi Islomiy davlat kitobida kelgan ushbu iboralarda tiniq bayon qilingan.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

25 zul-hijja 1440h

26 avgust 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.