Hindistonda millionlab musulmonlar lagerlarga joʻnatilishi mumkin

47
0

Hindistonda millionlab musulmonlar lagerlarga joʻnatilishi mumkin

 Hindistonda aksarini musulmonlar tashkil etuvchi 4 milliondan ortiq kishi noqonuniy immigrant deb eʼlon qilinishi va vaqtinchalik saqlash lagerlariga joʻnatilishi mumkin.

 “Nьyu York Tayms” nashrining xabar berishicha, Mьyanma va Bangladesh bilan chegaradosh Assam shtatida aholini roʻyxatga olish boshlangan va millionlab kishi aholi roʻyxatiga kiritilmagan. Roʻyxatga kirish uchun esa ulardan ajdodlari 1971 yilgacha Hindistonda yashagani haqida hujjat taqdim etish talab qilinyapti, ayniqsa qishloqda yashaydiganlar bunday hujjatni koʻrsata olmayapti.

 Assamlik yuzlab kishi allaqachon “noqonuniy immigrat” sifatida qoʻlga olingan. Hujjati yoʻqlar katta ehtimol bilan Hindiston hukumati tashkil etadigan vaqtinchalik saqlash lagerlariga yuboriladi va kelgusida deportatsiya qilinadi.

 Aholini roʻyxatga olish ishi 31 avgustda yakunlanadi.

 Izoh:

قال صلى الله عليه وسلم:  يُوشِكُ أَنْ تَدَاعَى عَلَيْكُمُ الأُمَمُ مِنْ كُلِّ أُفُقٍ كَمَا تَتَدَاعَى الأَكَلَةُ عَلَى قَصْعَتِهَا، قُلْنَا: مِنْ قِلَّةٍ بِنَا يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: لا، أَنْتُم يَوْمَئِذٍ كَثِيرٌ، وَلَكِنَّكُمْ غُثَاءٌ كَغُثَاءِ السَّيْلِ، يَنْزَعُ اللَّهُ الْمَهَابَةَ مِنْ قُلُوبِ عَدُوِّكُمْ وَيَجْعَلُ فِي قُلُوبِكُمُ الْوَهَنَ، قِيلَ: وَمَا الْوَهَنُ؟ قَالَ: حُبُّ الْحَيَاةِ وَكَرَاهِيَةُ الْمَوْتِ) [رواه أبوداود

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

“Eb toʻymas ochofatlar oʻz tovogʻiga tashlangani kabi yaqinda millatlar sizlarning ustingizga tashlanadi. Shunda bir kishi oʻsha paytda sonimiz kam boʻlganidan shunday boʻladimi? – deb soʻradi. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: Sizlar u paytda koʻp boʻlasizlar. Lekin selning koʻpigi kabi koʻpik boʻlasizlar. Alloh dushmanlaringiz qalblaridan sizlardan boʻlgan qoʻrquvni olib qoʻyadi, sizlarning qalblaringizga esa, vahnni solib qoʻyadi, dedilar. Shunda bir kishi ey Rosululloh vahn nima? – deb soʻragandi, u zot: Dunyoni yaxshi koʻrish, oʻlimni yomon koʻrish, deb javob berdilar” (Abu Davud rivoyati).

 Darhaqiqat, paygʻambarimiz bashorat qilgan kunlar boshimizga tushdi. Foydadan boshqa narsani hisobga olmaydigan mustamlakachi kofirlar yerimiz va molimizga ega chiqib, boyliklarimizni oʻzlari xohlagandek tasarruf qila boshlashdi. Biz musulmonlar Alloh tomonidan inʼom etilgan tabiiy boyliklar serob boʻlgan yerlarda yashishmizga qaramay bir burda non ortidan yugurishga hamda mustamlakachilar ajratgan sariq chaqalarga rozi boʻlib kun kechirishga majbur boʻldik.

 Ammo kofirlar boyliklarimizga ega chiqish bilan kifoyalanib qolmay bizlarni taʼqibga oldi, yurtlarmizni tashlab chiqib ketishga majbur qilishdi, qonlarimizni daryo qilib oqizishdi. Zulm, qiynoq va qatliomlar Suriya, Iroq, Birma va Markaziy Afrikadan tortib, boshqa yurtlarimizdagi barcha musulmonlargacha yetib bordi. Oʻzlarini islomiy yurtlar rahbarlari deb hisoblovchi qoʻgʻirchoq rahbarlar va armiyalari sukuti kofirlarni yanada quturishlariga olib keldi. Kofirlar Allohga boʻlgan iymonidan voz kechishga majburlash uchun minglab, millonlab musulmonlarni qamoqqa tashlashdi. Mushrik Xitoy hukumati ham “qayta tarbiyalash” bahonasi bilan millonlab uygʻur, qirgʻiz, qozoq musumlonlarini maxsus lagerlarga tashladi. Bizlar esa dindosh birolarlarimiz taqdiriga befarq boʻldik. Xitoyning bu zulmiga musulmonlar tomonidan hech qanday aks-sado bildirilmaganidan ruhlangan yana bir mushrik hukumat bugunga kelib millionlab musulmonlarni lagerlarga tashlashga tayyorgarlik koʻrmoqda.

قال صلى الله عليه وسلم:  مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِي تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ مَثَلُ الْجَسَدِ؛ إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:

 “Moʻminlarning bir-birlariga muhabbat qilib, rahmdil boʻlishlarining va mehribon boʻlishlarining misoli bir jasadga oʻxshaydi. Agar undan bir aʼzo kasallansa jasadning boshqa aʼzolari bir-birlarini bedorlik va istmalash bilan yordamga chaqiradilar”, deganlar.  (Muttafaqun alayh).

 Agar biz bunga ham sukut saqlaydigan boʻlsak, boshqa yurtlardagi dindosh birodarlarimiz boshdan oʻtkazayotgan bu zulmlar yaqin kunlarda bizlarning ham boshimizga tushishi mumkin, bundan Alloh saqlasin.

 Bizlar nafaqat musulmonlarni, balki barcha insoniyatni kapitalistik tuzum iskanjasidan Islom adolatiga olib chiquvchi Xalifalik davlati qayta barpo boʻlishini hayot-mamot masalamiz qilib belgilab olib, bu yoʻlda molimiz va jonimiz bilan harakat qilmagunimizcha bu xorliklar bizlarni tark etmaydi. Bizlar paygʻambarimiz aytganlaridek, bir jasad ekanligimizni namoyon qilib davlat rahbarlari, vazir va armiya qoʻmondonlaridan Xitoy, Hindiston… hukumatlariga bosim oʻtkazib, musulmonlarga boʻlayotgan zulmlarni toʻxtatishlarini talab qilishimiz zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.