Tramp: Erdogan bilan aloqam juda yaxshi

84
0

Tramp: Erdogan bilan aloqam juda yaxshi

Turkiyaning Rossiyadan sotib olayotgan S-400 raketa mudofaa tizimi kun tartibidagi asosiy mavzularning biriga aylandi. Avvalida AQSh bunga aks munosabat bildirgan boʻlsa, hozirda AQSh perzidenti Donald Tramp bu borada Obama maʼmuriyatini ayblab, Turkiya bu ishga majbur boʻlganligini bildirdi.

“Prezident Erdogan bilan aloqalarim yaxshi. (Turkiya) bizdan raketa tizimini sotib olishni xohladi, ammo biz sotmadik. Soʻngra Erdogan istamagan holda Rossiya bilan raketa tizimi boʻyicha bitim tuzishga majbur boʻldi. Biz Turkiyaning Rosiyadan raketa tizimi sotib olishini payqab, “boʻpti sizga patrol raketa tizimini biz sotamiz deyishni boshladik. Ammo bu paytda Turkiya Rossiya bilan bitim tuzib boʻlgan va va pulini ham toʻlab boʻlgan edi. Mana, hozir Turkiya bizdan ham 100dan ortiq F35 samalyoti uchun buyutma berdi. Yana koʻproq olishni ham rejalashtirmoqda”, dedi Tramp.

Yevropa Ittifoqi tarafidan Turkiyaga qarshi qoʻllanishi aytilayotgan sanktsilarga nisbatan munosabat bildirgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli ruslardan sotib olinayotgan S-400 mudofaa tizimini juda jiddiy qabul qilishning hojati yoʻqligini ilgari surdi.

“Biz rossiyadan sotib olayotgan S-400 mudofaa tizimi NATO tizimlariga, jumladan F-35 tizimiga ham tahdid tugʻirmaydi. Bu butunlay bizning nazoratimiz ostida boʻladigan tizimdir. Ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Bu bitim allaqachon tamomlandi. Endilikda uni qabul qilish jarayoni boshlandi”, dedi Chavushogʻlu.

Turkiya hukumati S-400 mudofaa tizimini oʻz hudularida duch kelishi mumkin boʻlgan xatarlarga qarshi sotib olayotganini daʼvo qilmoqda. Lekin shunday savol tugʻilishi tabiiy: AQSh Turkiyaning doʻsti boʻlsa, Yevropa, Rossiya va (Isroil) kabi Islomga dushman boʻlgan davlatlar Turkiyaning hamkori boʻlsa, dunyoning boshqa davlatlari esa AQShning yoki Yevropaning ogʻziga qarab tursa, Turkiyaga kimdan tahdid kelishi mumkin?! 2,5 milliard dollarga olingan bu raketa tizimini dushmanga qarshi ishga tushirish u yoqda tursin, oʻrnashtiriladigan oʻrni ham hali maʼlum emas.

Aslida, Turkiyaning S-400 mudofaa tizimini Rossiyadan sotib olish bitimi AQSh buyrugʻi bilan amalga oshgan edi. Maʼlumki, AQSh Idlib borasida Rossiyani oʻz yoʻlidan yuritish uchun, Turkiyani ishga soldi. Sanktsiyalardan qiynalgan va Suriya urushida ulkan xarajat sarflagan Rossiyani Turkiya orqali iqtisodiy tomondan tuzoqga ilintirdi. Yaʼni ushbu “S-400” bitimi orqali Rossiya Turkiyaning siyosiy takliflarini kabul qiladigan boʻlib qoldi. Turkiya takliflari esa AQSh siyosatining aynan oʻzidir.

Masalaga yorqinroq nazar tashlaydigan boʻlsak, NATOga aʼzo bir davlatning Rossiyadan S-400 raketa mudofaa tizimini sotib olishi voqelikka umuman toʻgʻri kelmasligi ayon boʻladi. Chunki S-400 raketa mudofaa tizimiga NATO davlatarining harbiy samolyotlarini dushman deb qabul qilish sxemasi oʻrnatilgan. Shuning uchun agar Turkiya S-400 mudofaa tizimini oʻrnatib, aktiv holga keltirsa, bu tizim NATOga aʼzo barcha davlatlarning, jumladan oʻzining ham samolyotlarini urib tushiradi. Shuning uchun baʼzi mutaxassislari S-400 mudofaa tizimining doʻst-dushmanni ajratish xususiyatini NATO davlatlari samolyolarini nishonga olmaydigan qilib oʻzgartirish kerakligi haqida bayonot berishdi.

Garchi bu jihatni oʻzgartirgan taqdirda ham, masalaning yana bir jiddiy tomoni bor. NATOga aʼzo davlatlar oʻrtasida LINK-16 nomli strategik aloqa tizimi mavjud. Bu tizim NATOga aʼzo barcha davlatlarni bogʻlab turuvchi va oʻzaro maʼlumot almashuvchi koordinatsion tizimdir. Turkiya S-400 mudofaa tizimini aktiv holga keltirish uchun uni bu tizimga bogʻlashi shart. Agar Turkiya bunday qilsa, ruslar NATO davlatlari orasidagi sirli maʼlumotlarni oʻgʻirlash imkoniga ega boʻladi. Bunga esa AQSh ham, boshqa davlatlar ham aslo rozi boʻlmaydi. Masalan AQSh oʻzining F-35 samolyotlarini hech bir radarga tushmaslik xususiyati bilan maqtanib keladi. Agar Turkiya S-400 mudofaa tizimini ishga tushirish uchun LINK-16 aloqa tizimiga bogʻlasa, ruslar buning sirlaridan voqif boʻlishi turgan gap.

Agar Turkiya S-400 mudofaa tizimini oʻz tizimiga bogʻlayman desa, buning uchun NATOdan chiqishi kerak boʻladi. Hatto baʼzi tushuncha tashkilotlari AQShda bu haqida bahs ham qilishdi. Ammo NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg buni keskin rad etdi. U Turkiyaning S-400 mudofaa tizimini sotib olish jarayonini yaqindan kuzatib borayotganini va bu borada oʻzaro kelishib olganligini taʼkidlar ekan, Turkiyaning NATOga qoʻshgan hissasi va uning “terrorizm”ga qarshi kurashdagi muhim roliga alohida urgʻu berdi.

Shuning uchun ayta olamizki, bu bitim orqali AQSh Suriyada Rossiyani oʻz izmida ushlab turibdi. Ammo AQSh buni Turkiyaning qoʻli bilan amalga oshiryapti yaʼni oʻzi toʻlash kerak boʻlgan mablagʻlarni Turkiyaga toʻlatyapti.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.