Oxirgi 3 yil ichida ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 10 mlnga koʻpaydi

657
0

Oxirgi 3 yil ichida ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 10 mlnga koʻpaydi

 Oxirgi 3 yil ichida dunyoda ocharchilik darajasi sekin boʻlsa-da oshib bormoqda, ocharchilikdan aziyat chekayotganlar soni 10 mln kishiga koʻpaygan. Bu haqda BMTning “Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va ozuqa sohasidagi vaziyat” deb nomlangan dokladida aytilgan.

 Ochlikdan aziyat chekayotganlar iqtisodiy oʻsish sekinlashgan hamda dunyo xom ashyo savdosiga kuchli bogʻliq boʻlgan davlatlarda eng koʻp paydo boʻlmoqda. Ocharchilikdan Janubiy Osiyo davlatlari aholisi eng koʻp aziyat chekmoqda, bu muammo ushbu mintaqada 500 mln kishini qamrab olgan. Doklad mualliflari Afrikadagi vaziyatni eng xavotirli deb atashgan. Bu yerda ocharchilik oʻsishining eng yuqori darajasi qayd qilinib, undan 256 mln kishi aziyat chekmoqda.   

 2018 yilda 820 mln kishi yetarli miqdorda oziq-ovqatga ega boʻlmagan.

 Bugungi kunda butun olamda yuz berayotgan ogʻir iqtisodiy vaziyat uchun kapitalizm javobgar ekanligi inkor qilib boʻlmas haqiqatdir. Chunki bunday ogʻir iqtisodiy sharoitda minglab insonlar yashab, aksari ochlik natijasida oʻlmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, dunyoda har soniyada bir shaxs ochlikdan halok boʻladi. Xalqaro Bank va Xalqaro Valyuta Fondi kapitalizmning asosiy qurollari boʻlib, ular rivojlanayotgan davlatlardagi yomon iqtisodiy ahvoldan bevosita javobgardir. Ular vositasida bir xovuch shaxslar dunyo boyliklarining asosiy qismiga ega chiqib, qolgan insonlarni ochlik va qashshoqlik iskanjasiga uloqtirmoqda. Kapitalizm yer yuziga qashshoqlik, kasallik, urush va ocharchilik olib keldi.Kapitalistlar moddiy manfaat topish maqsadida bu kabi iqtisodiy qiyinchilik va ocharchiliklarni sunʼiy ravishda ham vujudga keltirishadi.

 Olamning kapitalistlar zulmidan qutqarishning yagona yoʻli yer yuzida adolat bilan hukm yurituvchi paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini vujudga keltirishdir. Chunki, Islom har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini qondirishga kafildir. Islom yer yuzida tatbiq qilinib, uning ustidan hukmronlik qilgan paytda qashshoqlikka qarshi kurashib, unga barham bergan. Chunki Islom shaxsni mehnat qilish, rizq topish va unga harakat qilishga undaydi, qarindoshlarga aloqador nafaqani farz qildi. Zakot va sadaqalar hamda umumiy va davlat mulkidan kambagʻallar uchun nafaqa belgilagan.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:

 “Qoʻshnisi och boʻla turib, toʻq holda tong ottirgan kishi menga imon keltirmabdi”, deganlar.

 Islom jamiyatdagi ocharchilik va qashshoqlikka qarshi qattiq kurashadi hamda ularga qarshi kurashishni Allohga boʻlgan imonning bir qismi deb hisoblaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.