Goʻyo Livan minglab ayollar va bolalar koʻchib kelishidan oldin eng yaxshi vaziyatda boʻlgandek…!

507
0

Goʻyo Livan minglab ayollar va bolalar koʻchib kelishidan oldin eng yaxshi vaziyatda boʻlgandek…!

25 mingdan ziyod suriyalik qochqin Arsol mintaqasida joylashgan hududiy lagerlarning birida taxminan 1400ta beton xonada yashab kelmoqda. Bu mintaqa taxminan 60 ming nafar qochqin yashayotgan 126 mingga yaqin lagerni oʻz ichiga oladi.

10 may kuni oliy mudofaa kengashi qochqinlar lagerlaridagi beton binolar buzib tashlanishi kerakligi toʻgʻrisida qaror chiqardi. Qarorga koʻra, beton xonalar buzilganidan keyin 24 soat ichida har bir oilaga gazlama (brezent)li chodir va taxta doskalar berilishi kerak edi. Biroq bu ishlar amalga oshmadi.

Livanning Arsol mintaqasidagi qochqinlar ochiq osmon ostida yashashmoqda. Biroq bu safar bunga suv toshqinlari, kuchli shamol kabi tabiiy ofatlar, shuningdek xavfsizlik va himoya vositalari yoʻq boʻlgani uchun kelib chiqadigan yongʻinlar sabab boʻlmadi. Balki, bir tomondan Livanda amal qilinayotgan qonunlarda insoniylikning yoʻqligi, boshqa tomondan irqchilik va qochqinlar joylashtirilishiga qarshi chaqiriqlar sabab boʻldi. Goʻyo yaydoq mintaqadagi qor va yomgʻirdan saqlaydigan beton devorli uylar yeri va rizqi tortib olingan kimsaning mazkur narsalarini qaytarib olishiga toʻsiq boʻladigandek! Goʻyo ushbu saxovatsiz beton devorlar inson u yerda umr boʻyi yashashga harakat qiladigan vatan hisoblanadigandek!

Milliondan ortiq qochqin turli siyosiy tomonlar oʻrtasida qoldi, bu tomonlarning har biri oʻz manfaati uchun qochqinlarni oʻz tomoniga tortmoqda. Milliondan ortiq qochqin muzokara stoliga tashlanadigan ixtilofli masalalardan biriga aylanib qoldi. Vazirlar yigʻilishida yoki parlament sessiyasida har bir tomon taklif qilinishi va ijro qilinishi belgilangan siyosiy yechimda oʻz shartlarini yaxshiroq qoʻyib olish uchun qochqinlar masalasidan foydalanadigan boʻlib qoldi. Siyosatchilarning “xavfsizlik masalalari izdan chiqmasligi uchun” va “yurt parchalanib ketmasligi uchun” degan gap soʻzlari orasida milliondan ortiq qochoqlar masalasi asosiy mavzuga aylandi. Populistik xitoblar bilan bir qatorda hozirgi kunda boʻlgan va uni mahkam ushlanishi kerak boʻlgan axloqiy va insoniy xitoblarni ham eshityapmiz. Populistik xitoblarda Livan iqtisodi va mehnat bozoridagi ahvol yomonlashganidan hamda odamlarning turmush darajasi pastlab ketganidan qochoqlar javobgar qilib koʻrsatilmoqda. Hatto Shom zolimidan qochib chiqqan qochoqlar ishsizlikdan, Livan byudjeti ulkan ziyonlarga uchraganidan, atrof muhit ifloslanishidan va elektr taʼminotining uzluksiz toʻxtab qolishidan javobgar boʻlib qoldilar. Goʻyoki Livan eng yaxshi sharoitda boʻlgandek!

Ey Livan ahli, sizlar koʻr, kar va soqov boʻlib korruptsiyachi rasmiylar qoʻlidagi oʻyinchoqqa aylanib qolmanglar. Ularning uzoq yillik zolim boshqaruv davomida tutib kelgan anʼanaviy yoʻli oʻzlaridan javobgarlikni soqit qilishdir. Chunki ular oʻzlari javobgarlikdan qutulib qolish uchun javobgarlikni boshqalarga yuklaydilar. Ayniqsa, ular qaror markazlarida ekan, kamchiliklardan ular javobgardir va ulardan hisob soʻralishi lozim. Bu kamchiliklardan oʻlimdan qochib kelgan, quvgʻinga uchragan nochor qochoq insonlar javobgar emas. Livan siyosatchilarining maraz, gina-adovatga toʻla qalbiga jirkanch irqchilik oʻrnashib olgan. Alloh Taolo aytadi:

أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَٰكِن تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ

“Axir ular (yaʼni Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi, (ana oʻshanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar boʻlur edi. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmas, balki koʻkraklaridagi koʻngillar koʻr boʻlur” [Haj 46]

Ey Livandagi musulmonlar: Bilingki, rizq yolgʻiz Allohning qoʻlidadir. Biz boshdan kechirayotgan iqtisodiy tanglik va turmush qiyinchiligiga boshqaruvda Allohning shariati yoʻqligi va boyliklarning korruptsiyachi sinflar oʻrtasida taqsimlanishi sababchidir. Bu korruptsiyachi toʻda odamlar hamyonidan oʻgʻirlangan boyliklar hisobiga yashamoqda. Bilingki, Robbimiz shariati suriyalik qochoq birodarlarimiz tomonda turishimizni vojib qiladi.

إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ

(Ey insonlar), sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir dindir (yaʼni Islomdir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar! (Odamlar) esa, ishlarini (yaʼni dinlarini) oʻzaro parchalab-boʻlib oldilar. Barchalari Bizga qaytguvchidirlar” [Anbiyo 92]

Shunday ekan, musulmonlar yurtlarini parchalagan ushbu chegaralarni davlatchalarga aylantirib olmanglar. Bu chegaralar suriyalik birodarlaringizga zulm qilishga sababchi boʻlib qolmasin va oʻz birodarlaringizga qarshi zolimlarga yordamchi boʻlib qolmang. Allohning shariatini hokimiyatga olib chiqish, adolat oʻrnatish va mazlumlardan zulmni koʻtarish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo qilish uchun harakat qiling.

وَقُلِ اعْمَلُوا فَسَيَرَى اللهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُ وَالْمُؤْمِنُونَ

“Ayting: “(Xohlagan) amalni qilinglar. Bas, Alloh, Uning paygʻambari va moʻminlar qilgan amallaringizni koʻrib turar”   [Tavba 105]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi – ayollar qismi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.