Putin va Erdogon iqtisodiy va harbiy hamkorlik masalalarni muhokama qilishdi

51
0

Putin va Erdogon iqtisodiy va harbiy hamkorlik masalalarni muhokama qilishdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdogon Kremlda muzokaralar olib bordi.

 Rossiya prezidenti Turkiyadagi “Akkuyu” atom elektr stantsiyasi qurilishini ikki mamlakatning energetika sohasidagi muhim loyihalardan biri deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, AESning birinchi bloki 2023 yilda, Turkiya Respublikasining yuz yillik yubileyiga ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 Putin shuningdek, “Turk oqimi” gaz oʻtkazgichini ishga tushirishga tayyorgarlikka ham eʼtibor qaratdi. Uning qayd etishicha, gaz oʻtkazgich shu yil ishga tushishi uchun Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi qabul terminali qurilishini yakunlash lozim.

 Erdogon “Turk oqimi”ning quruqlikdan oʻtadigan qismi yil oxirigacha qurib bitkazilishini bildirdi.

 Rossiya va Turkiya prezidentlari gaz narxini ham muhokama qilishdi. Putin Anqara maʼlum bir narxni aytayotganini, “Gazprom” esa gaz narxini bozordan kelib chiqib belgilashini qayd etdi.

 Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Turkiya bozorini qadrlaydi va shu bois bu borada umumiy qarorga kelinadi.

 Bundan tashqari prezidentlar harbiy hamkorlik masalalarni ham koʻrib chiqishdi. Putin harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini qayd etdi.

 “Birinchi oʻrinda gap S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlarini yetkazib berish boʻyicha shartnomani amalga oshirish haqida bormoqda”,- dedi Putin.

 U shu bilan birga Turkiyaga harbiy mahsulotlar yetkazib berish boʻycha boshqa loyihalar ham borligini taʼkidladi.

  Shuningdek, Turkiya prezidenti Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish zarurligini aytdi.

 “Biz Suriyada Rossiya bilan hamkorlikda ishlamoqdamiz, terrorchi unsurlar borligi sababli ishimiz murakkab kechmoqda. Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish juda muhim. Hamkorligimizni aynan mana shu yoʻnalishda saqlab qolishimiz lozim”, – dedi Erdogon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.