Sudan-Amerika soʻzlashuvlari va Sartr tashrifi

562
0

Sudan-Amerika soʻzlashuvlari va Sartr tashrifi

Yozilgan satrlarda nimani oʻqish mumkin

Ustoz Ahmad Rashod – Xartum

Amerika prezidentining maxsus yordamchisi Siril Sartr boshchiligidagi delegatsiyasi 2019 yil 20 fevral chorshanba kuni Xartumga tashrif buyurdi. Unga milliy xavfsizlik departamentining Afrika rahbari direktori hamrohlik qildi. Ular tashrif chogʻida Sudan tashqi ishlar vaziri Dardiriy va prezident yordamchisi Faysal Hasan Ibrohim bilan uchrashishdi. Taraflar Sudanni terrorni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatidan chiqarish borasida soʻzlashuv olib bordilar. Eslatib oʻtish joizki, Sudan 1993 yil, yaʼni Amerika uni terrorchilarga boshpana berishda ayblagandan beri shu roʻyxatda qayd etilib keladi. Ushbu va undan oldingi tashriflar ikki mamlakat oʻrtasida boʻlib oʻtgan soʻzlashuvlar yakunidir. Shunday ekan, nima uchun tashrif mana shu vaqtda yuz bermoqda? Ushbu savolga javob berishdan oldin ayrim haqiqatlarni quyidagi tarzda isbotlash lozim:

Birinchi haqiqat shuki, Amerika yetakchiligidagi Gʻarb davlatlarida Islomni terror bahonasida ushbu Ummat hayotidan butunlay oʻchirib yuborish loyihasi ancha oldin ishlab chiqilgan. Bu haqda Amerika prezidenti shunday degan edi: “Eski ittifoqlarimizni qoʻllab-quvvatlaymiz, ularni yangidan shakllantiramiz, islomiy terrorga qarshi olamni birlashtiramiz va uni yer yuzidan yoʻq qilamiz”.

Ikkinchi haqiqat shuki, Gʻarb siyosatchilari terror deganda hayot nizomi boʻlgan va Gʻarb hazoratiga zid yashash tarzi hisoblangan Islomni nazarda tutishadi. Ular nazdida Islom va terror oʻrtasida hech qanday farq yoʻq hamda ikkisi bir ishdir.

Uchinchi haqiqat shuki, islomiy yurtlardagi rejimlar Gʻarbga tobe rejimlardir. Sudandagi inqoz rejimi ham Amerikaga malay rejim boʻlib, u Amerikaning qurolidir. Amerika bu rejim orqali Sudanga qarshi fitnalarini amalga oshiradi. Sudanning sobiq tashqi ishlar vaziri Gʻandurning bayonoti bunga yaqqol dalildir. U shunday degan edi: “Janubni boʻlish aslida bizga qarshi til biriktiruv boʻlgan edi”.

Ushbu haqiqatlarga tayanib va Islom nuqtai nazaridan kelib chiqib aytamizki, Amerika va Sudan oʻrtasidagi aloqalar uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Inqoz yetakchilari Amerika bilan hamkorlik qilish ortidan yelib yugurishmoqda. Umar Bashir bu haqda shunday deydi: “Sudandan Amerika jazo choralarini olib tashlashi eski vaʼdadir. Chunki u 2000 yildan oldin boshlangan”. Soʻzlashuvlar shu davrdan boshlab koʻp punktlarda boʻlib oʻtdi. Ulardan eng koʻzga koʻringani 2016 yil boshida boʻldi. Unda besh talab asosida Obama hukumati bilan ittifoq tuzildi. Amerika xayrixohligiga erishish va 1997 yildagi jazo choralarini olib tashlash uchun Sudan hukumati ularga vafo qilishi shart boʻldi. Bu talablar “Terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilish, Sudan va Sudan janubida tinchlik oʻrnatish, kelishmovchiliklar boʻlayotgan mintaqalarga insonparvarlik yordamlari yetib borishi uchun qulayliklar yaratish va Uganda armiyasiga qarshi kurash mavzulari” edi. Sudan hukumati ushbu talablarni bajarish yoʻlida fidoiylik koʻrsatdi. Natijada, 2017 yil oktyabr oyida iqtisodiy jazo choralari olib tashlandi. Lekin Sudan terrorni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatidan chiqarilmadi.

2017 yil noyabr oyida, yaʼni iqtisodiy jazolar olib tashlanganidan 40 kun oʻtib, Amerika tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Jon Sallivan Sudanga keldi. Shunda terrorni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxati borasida soʻzlashuv boshlandi. Shuningdek, diniy erkinlik mavzusi koʻtarildi. Ehtimol Umar Bashirning jamoat tartibi toʻgʻrisidagi qonun haqida gapirishi va uni islomiy shariatga 180 gradus teskari deb baholashi shu borada boʻlsa kerak. Amerika tashqi ishlar vazirligiga yaqin manba bu borada tarqatgan xabar yanada tashvishlidir. Unda aytiladiki: (Vashington bu safar Xartumdan xalqaro qonun va printsiplarga rioya qilishi hamda oʻzining zoʻravon va shafqatsiz qonunlarini oʻzgartirishini talab qiladi). Yaʼni, Amerika Sudandan qonunlarni bekor qilishni emas, balka ularni oʻzgartirishini xohlaydi. Shundan soʻng hukumat tomonidan qonunlarni oʻzgartirish uchun jiddiy kirishilganini tasdiqlaydigan harakatlar boshlandi. Biz quyidagi sabablarga koʻra shu xulosaga keldik:

a)      Sudan yustitsiya vazirligidagi davlat vazirasi 2017 yil 23 mayda AQSh davlat departamentidagi diniy erkinliklar va dinlar boʻyicha masʼul shaxsga Sudan hukumati jinoiy kodekslarni xalqaro hujjatlarga mos ravishda oʻzgartirishga kirishganini yetkazdi.

b)     Yustitsiya vazirligi oʻtgan yil aprel oyida Ayollarga qarshi zoʻravonlikka barham berish (CEDAW) konventsiyasi va zoʻravonlikka qarshi kurash konventsiyasini tasdiqladi.

v)      2019 yil 31 yanvar Xartumda oʻtkazilgan seminarda parlamentdagi diniy erkinliklar kengashi raisi shunday dedi: (… Ochiq-sochiq kiyinish haqidagi moddani oʻzgartirish lozim, chunki bu modda Sudanni huquqlarni poymol qiluvchi qilib koʻrsatmoqda. Shuning uchun qonunni oʻzgartirish boʻyicha konstitutsion kengashga tavsiya beriladi).

Amerika Sudanga nisbatan shunday loyiha ishlab chiqqanki, u mana shu loyiha orqali ikki ishni qilmoqchi. Birinchisi: Sudanni Islomga umuman aloqasi boʻlmagan ilmoniy konstitutsiya orqali ilmoniylashtirish. Parlament qoshidagi oʻzgartirish guruhi raisi oʻrinbosari shunday dedi: (Milliy dialog xulosalarida aytilayotgan dastur xoh islomiy, xoh boshqa din boʻlsin diniy merosdan xoli boʻladi. Ikkinchisi: Sudanning qolgan qismini ham irqiy va etnik asosda yoki Bernard Luis aytganidek qonli chegaralar asosida parchalash. Umar Bashir Moskvaga tashrif buyurar ekan, shunday dedi: (Bizda Amerika Sudanni besh davlatga boʻlib yuborishga harakat qilayotgani haqida maʼlumotlar bor).

Sartrning Sudanga tashrif buyurishi Sudanni Amerika loyihasi boʻyicha yurishini taʼminlashdir. Chunki bu loyiha qabul qilinajak konstitutsiyadan islomiy hukmlarni oʻchirish uchun Islomga chek qoʻyishni talab qiladi va bekor qilingan hukmlarga qarshi kurashadi. Bu ularning qalblaridagi hasadi tufaylidir. Alloh Taolo bu haqda shunday deydi:

وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً

“Ular oʻzlari kofir boʻlganlari kabi sizlar ham kofir boʻlib, ular bilan barobar boʻlib qolishlaringizni istaydilar” [Niso 89]

Ammo tashrifning aynan shu vaqtga belgilanishiga kelsak, rejimni qulatishni talab qilayotgan namoyish va noroziliklar Amerika manfaati va loyihalari uchun xatarlidir. Shuning uchun Amerika Bashirning favqulodda holat eʼlon qilganidan koʻz yumdi. Favqulodda holat Sartr chiqqan uchoq Vashingtonga qarab uchganidan 48 soat oʻtib, yaʼni 2019 yil 22 fevralda eʼlon qilindi. Sartr bergan bayonot ham buni tasdiqladi. U aytdiki: (Sudan hukumati katta sabr orqali siyosiy yechimga erishadi).

Amerika ushbu yurishi orqali koptokni hukumat oʻyingohiga tashladi. Shuningdek, namoyishlarni toʻxtatish va vaziyatni ushlab qolish uchun hukumatga yashil chiroq yoqib berdi. Hukumat esa, Misr prezidenti Sisiy yordamida harbiylar orqali mamlakat boʻylab qattiq xavfsizlik choralarini ishga soldi. (Ayrim manbalarning yozishicha Sisiy ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma xavfsizlik va razvedka kengashi orqali Bashirni iqtisodiy, axborot va xavfsizlik jihatidan qoʻllab-quvvatlamoqda… Misr hukumati Xartumga ochiq maydonlar, koʻchalar va turli joylarda namoyishchilarga qarshi kurashish rejalariga aloqador xavfsizlik maslahatlarini taqdim etgan). (Arabiy Jadid, 2019 yil 7 mart).

Shundan koʻrinib turibdiki, soʻzlashuvlar, uchrashuvlar, ziyoratlar va jazo choralari Amerika uchun muhim kartalardir. Amerika shirinlik va tayoq siyosatini yaxshi biladi, qaysidir karta ish bermasa, yana oʻnlagan kartalarni ishga soladi. Roʻyxat va jazo choralari jinoyatlarni yashirish va jamoatchilikni chalgʻitish uchun boʻlib, hukumat u orqali sodda odamlarni aldashi oson boʻladi. Masalan, Bashirning 2018 yil 13 noyabrda qilgan nutqi ham shu aldovlar jumlasidandir. Unda Bashir bunday degan edi: (Kim Amerika va Gʻarb kuchiga suyansa va Amerika toʻniga oʻransa, yalangʻoch qoladi).

Kofir Gʻarbning Islom va musulmonlarga qarshi adovati elchilar yoʻliga qanchalar gul sochilmasin oʻzgarmaydi. Bu haqda Alloh Taolo shunday deydi:

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizlardan rozi boʻlmaydilar” [Baqara 120]

Afsuski, odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat shu holatda kun kechirmoqda. Kofir Gʻarb roziligiga yetish uchun ularga xushomad qilayotgan ruvaybizalar Ummatni boshqarmoqda. Shuning uchun biz Allohning buyrugʻiga itoat qilgan va Islomiy Ummatga loyiq hayotni talab qilgan holda, ushbu vaziyatni oʻzgartirish uchun harakat qilmogʻimiz lozimdir.

Bugun Allohning fazli bilan Ummat jismiga jon kirdi va u qoʻzgʻaldi hamda haqiqiy oʻzgartirish uchun harakat qila boshladi. Shuning uchun unga Allohning nurini koʻrsatishimiz lozim. Shunda u Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali oʻz qadr qimmatini qayta egallaydi. Bu haqda Alloh Taolo vaʼda bergan va Rosululloh ﷺ bashorat qilgan.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.