Rejimlarni adolat qoʻriqlaydi favqulodda holat emas

395
0

Rejimlarni adolat qoʻriqlaydi favqulodda holat emas

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati nashr qilgan matbuot bayonotida bunday deyiladi:

Sudan rahbari Umar Bashirning favqulodda holat eʼlon qilishi odamlar ogʻzini yopish va ularning rejimdan qilmishlari uchun hisob soʻrashlariga yoʼl qoʻymaslik maqsadiga qaratilgan. Zotan, Sudanni hayotning turli sohalarida ayanchli ahvolga olib kelgan narsa ularning mana shu qilmishlaridir…

Bu bir xavfsizlik yechimi boʻlib, undan rejimning likillab qolgan taxtini saqlab qolish koʻzlangan. Bu yechimning odamlar hayotini jahannamga aylantirgan boʻhronlarga hech qanday aloqasi yoʼq…

Rejim oʻz xavfsizlik kuchlari tizginini boʻshatib, faqat shubha asosida odamlarni terror qilishga, qamoqlarga otishga, mol-mulklarini musodara qilishga qoʻyib berdi. Bu esa, Islom shariatiga zid boʻlgan oʻrmon qonunidir. Zero, Islom shariatida insonlarni shubha asosida qamoqqa olish haromdir…

Ishlamayotgan dastur qonunlari bilan favqulodda holat oʻrtasida farq yoʼq. Chunki bu qonun va dasturlarning bari rejimdagi mulozimlarning istak-xohishlari asosida oʻzlari tomonidan tuzilgan. Toʻgʻri yoʼldan ozgan bu rejim hamon zalolatda davom etmoqda, nasihatlarni tinglagisi kelmayapti. Bilmayaptiki, rejimlarni qoʻriqlovchi xavfsizlik kuchlari ham, favqulodda holat ham emas, balki Islom adolati va ahkomlaridir. Shuning uchun ushbu Ummatning xolis-halol farzandlari zimmasida yurt hukmdorlarini zalolatdan toʻxtatib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini qayta barpo etish uchun faoliyat olib borayotganlar bilan birga faoliyat qilish vazifasi turibdi. Chunki nafaqat bu yurtdagi, balki bu adashgan dunyodagi mavjud barcha muammolarni hal etishga yolgʻiz ushbu davlatgina qodirdir.

Roya gazetasining 2019 yil 6 mart chorshanba kungi 224-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.