AQSh va “Tolibon” Afgʻonistondan harbiylarni chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi

94
0

AQSh va “Tolibon” Afgʻonistondan harbiylarni chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi

 AQSh delegatsiyasi va “Tolibon” harakati vakillari Dohadagi muzokaralarning soʻnggi kunida terrorizmga qarshi kurash va Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlari olib chiqib ketish toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasini tuzishdi. Bu haqda TOLOnews telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.

 Ingliz va pushtun tillarida bitilgan kelishuv tafsilotlari maʼlum qilinmagan.

 AQSh 2001 yildan buyon Afgʻonistonda “Tolibon” va boshqa guruhlarga qarshi harbiy operatsiya olib bormoqda. 

 AQSh va toliblar oʻrtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi 25 fevral kuni Dohada boshlandi. Avvalroq AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod oʻzaro muzokaralar sermahsul oʻtayotganini xabar qilgandi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.