Sudan qoʻzgʻolonining oʻgʻirlanishini qanday oldini olamiz?!

470
0

Sudan qoʻzgʻolonining oʻgʻirlanishini qanday oldini olamiz?!

Ustoz Abdulloh Abdurrohman Tandiliy

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati majlisi aʼzosi

2018 yil dekabr oyi oʻrtalarida Sudanning Sinnor, Dindir, Xartum, Atbara, Dongola, Qazorif, Port-Sudan, Vad-Madaniy kabi shaharlarida “Inqoz” hukumatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi. Sudandagi ahvolni shu darajaga tushirgan hukmron rejimga qarshi bunday qoʻzgʻolon boshlanishi tabiiy, albatta. Buning boshqa sababi yoʻq, chunki odamlar non va yoqilgʻi mahsulotlari sotib olish uchun soatlab navbat kutishmoqda… Banklar odamlarga mablagʻlarini bermayapti, odamlar Bank tizimi boʻyicha muomala qilishga majburlanyapti, tovarlar bilan toʻlgan bozorlarga oʻt ketishi shubha uygʻotmoqda… Bunga qadar narx-navolar osmonga chiqib ketdi… Qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish kabi sektorlarda turli xil soliqlar solindi… Shularning oqibatida, qishloq xoʻjaligi loyihalari muvaffaqiyatsizlikka uchrab, mazkur sektorlarda ishsizlik yuzaga keldi… Minglab zavod-fabrikalar yopilib ketdi, savdo faoliyati kasodga uchradi… Xizmat koʻrsatish sohasiga kelsak, masalan, yetmishinchi yillar oxirlarida Quddusi Sharifga aviachiptalar narxi ellik junayh boʻlgan boʻlsa, bugungi krizisgacha va undan keyin bu narx oʻnlab millionga yetdi!

Inqoz hukumati maʼlum qonunlarni oʻz rejimiga hamda mana shunday qilmishlariga qonuniylik tusini beradigan shaklda ishlab chiqqan. Ammo bu borada 1989 yilda hokimiyat tepasiga kelganda koʻtarib chiqqan shiorlariga zid yoʻl tutmoqda. Darvoqe, oʻsha paytdagi shiorlari “Dunyo uchun emas, livo uchun harakat qilamiz” (Rosulullohning livolarini nazarda tutishgan), “Allohdan oʻzgaga tiz choʻkmaymiz”, “Amerika va Rossiya azobga yaqin qolishdi” kabi edi. Biroq hukumat Islomni oʻziga asos qilib olmadi, aksincha, kapitalizmni jirkanch va eng jirkanch suratda tatbiq qildi… jirkanchliligi oʻzi ishlab chiqqan qonunni oʻzi oyoq osti qildi… eng jirkanchliligi esa, dinni boshqaruvdan ajratgani boʻldi.

Amerika Sudan davlati siyosatiga oʻzining Xalqaro Valyuta Fondi kabi muassasalari orqali aralashdi. Xalqaro Valyuta Fondi hatto moliya vazirligidan oʻziga maslahat byurosi, deb atalgan boʻlim ham ochib olgan. Amerikaning bu aralashuvi hukm chiqarish Allohga emas, bandasiga beriladigan demokratik qolipdagi qonunchilik asosida qonuniylashtirildi. Uni davlat rayosati oʻzining vazirlar majlisi orqali qabul qilib, kuchga kiritilishi uchun parlament (milliy kengash)ga taqdim qildi. Natijada, bu narsalar armiya kuchi va qonunning qattiqqoʻlligi yordamida odamlarga majburan oʻtkazilmoqda… Bu shunday bir jirkanch narsaki, Amerika shu narsalar orqali Sudan ahlini tang ahvolga giriftor qilmoqda. Bunga soliqlarni oshirish, asosiy tovarlardan qoʻllab-quvvatlovni olib tashlash, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasida hukumat xarajatlarini kamaytirish, mahalliy valyuta bahosini pasaytirish va xususiylashtirish…ni misol qilsa boʻladi.

Hukumatning qonunbuzarligiga kelsak, buni ulkan monopoliyada koʻrish mumkin. Zotan, dinni hayotdan ajratgan kapitalistik tuzumning negizi monopoliyadan iborat. Darhaqiqat, bu tuzum hayotni shu darajada dahshatli holga olib keldiki, boylikni taqsimlashda shu tuzum tarafdorlaridan boʻlgan muayyan sinfga barcha boylik zaxiralarini berib qoʻydi. Masalan, xorijdan import qilinuvchi shakar, sement, temir, un kabi. Aslida, birgina bugʻdoy yoki shakarni Sudandek bir yurtda xorijdan import qilishga biror bir sabab yoʻq. Dori-darmonlar, minerallar va koʻplab xizmat koʻrsatishlarni monopoliya qilish ham shunday. Yaʼni, bu bilan bir siqim sinf barcha mol-mulkni oʻz qoʻliga gʻaram qilib olishdi, oʻz navbatida, bu mazkur toʻrtta iqtisodiy sektordan quvilgan yoki asli ishsiz boʻlgan yoxud ishga yaroqsiz boʻlgan shaxslarning qashshoqlashishiga olib keldi. Inqoz hukumatining oʻzi chiqargan qonunini oʻzi oyoq osti qilishlaridan yana biri, valyutani hech bir asos bilan qoplab olmasdan chop etishidir. Uning oʻzi pul zavodiga kelib olib, yirik miqdorda pul chiqardi, bu esa, Sudan junayhining sotib olish quvvatini parchalab tashladi, junayhning qiymati ham AQSH dollari, ham boshqa valyutalarga nisbatan tushib ketdi. Bu bilan hukumat 2017 yil byudjetida qayd etilgan qonunni buzdi. Unda junayhning oʻsha paytdagi mavjud seriyasidan 18 %ga qadar chop etish mumkinligi aytilgan. Biroq hukumat 57 % chop etdi, bu esa muqarrar ravishda narx-navoni osmonga sakratib yubordi, bunga soliqlar, bojxona toʻlovlari va monopoliya qoʻshimcha boʻldi!

Mustamlakachilar roli shu bilan tugagani yoʻq, balki federalizm, degan narsa keldi. Federalizm birlikni buzib, ashaddiy tarafkashlikni paydo qiladi. Bundan tashqari, uning chiqimlari ham juda katta, xarajatni ozaytirishning imkoni yoʻq. Chunki federalizm bir “vagon” vazirlarni olib keladi. Masalan, qator gubernatorlar va bir necha vazirlar boshqarib kelgan kechagi Sudan bugun oʻn sakkizta viloyatga boʻlinib ketgan… Har bir viloyatning avtonom hukumati bor, bu hukumatlarning alohida qonunchilik kengashi, vazirlari, viloyat va shahar rahbarlari borki, bularning barchasi milliardlagan summada shaxsiy hisoblariga ega. Sudan janubining boʻlingani esa, dard ustiga chipqon boʻldi. Oʻshanda bu boʻlinish AQSH maʼmuriyati tomonidan gʻalaba bayrami sifatida nishonlandi. Hatto Umar Bashirning oʻzi Rossiya prezidenti qonxoʻr Putin bilan uchrashuvi chogʻida janubni boʻlgan Amerika ekanini dunyoga eʼlon qilgandi.

Aynan shu boʻlinish sababli yurtning 2011 yildan beri xonavayronlikdan boshi chiqmay qoldi. Vaholanki, Amerika Inqoz jamoasiga agar uning talablarini bajarsa, hatto osmondagi yulduzlarni ham olib berishni vaʼda qilgan edi. Amerikaning qator talablaridan yaqindagisi Milliy Dialog boʻldi. Millik Kongress, Hizbul Ummat, Asl Federallik, Xalq Kongressi, Isloh va boshqa tashkilotlar hamkorligidagi bu Dialogdan maqsad, Sudanni toʻla ilmoniylashtirish va AQSHning yangi loyihasini tamomlashdan iborat. Zero, bu loyihada barcha islomiy shiorlarni bekor qilishga hamda Islom hidi keluvchi yoki nomi eshitiluvchi har bir qonunni (buzilgan qonun boʻlsa ham) yoʻq qilishga chaqiriladi, masalan nikoh va meros qonunlari kabi.

Mustamlakachilik Sudanda hamon davom etayotganidan gʻaflatda qolmaslik kerak. Chunki mustamlakachilik fikrlari koʻpchilik tomonidan koʻtarib yurilishi va malaylar tomonidan tatbiq etilishi hamda mustamlakachi davlatlar tomonidan himoya qilinishi hanuz davom etmoqda. Shuning uchun bu qoʻzgʻolonning kelib chiqishiga Amerika siyosati sabab boʻlgan boʻlsa, Ummat farzandlarining mol va jonlari qurbon boʻlganidan keyin bu qoʻzgʻolonni bostiradigan ham uning oʻzi boʻladi.

Hukumat bayonotlari qimmatchilik va ogʻir turmush tarzining davom etishi, Alloh nozil qilgan ahkomlardan yanada uzoqlashish, yonilgʻi mahsulotlaridan qoʻllab-quvvatlov olib tashlanishi hamda 2019 yil boshidan valyuta chop etish yanada jadallashishidan ogohlantirmoqda. Biroq biz musulmonlarmiz, demak, bunday ogʻir turmush tarziga sabab boʻlgan narsani yoʻq qilish bizning zimmamizda! Buning uchun Allohning oʻrniga qonun chiqarishga chaqiruvchi demokratik siyosatni ham, gʻayriilohiy boshqaruv bilan hukm qilinadigan harbiy siyosatni ham rad etmogʻimiz darkor. Oʻzgartirish Islomni tatbiq qiluvchi Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun boʻlmogʻi hamda qoʻzgʻolon, mustamlakachilarning iqtisod, boshqaruv, ijtimo, adliya, tashqi siyosat va boshqa sohalardagi nufuzlarini, fikr va tuzumlarini ildizi bilan qoʻporib tashlashga qaratilmogʻi lozim. Ana shundagina oʻzgartirish haqiqiy boʻladi, ana shundagina buyuk Islom ahkomlaridan foydalana olamiz.

Roya gazetasining 2018 yil 2 yanvar chorshanba kungi 215-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.