Jeenbekov: Xitoy bilan munosabatlarimizni buzishga urinayotganlarning istaklari amalga oshmaydi

628
0

Jeenbekov: Xitoy bilan munosabatlarimizni buzishga urinayotganlarning istaklari amalga oshmaydi

“ Jeenbekov: Xitoy bilan munosabatlarimizni buzishga urinayotganlarning istaklari amalga oshmaydi”,- deya ta’kidlab o‘tdi prezident Soronbay Jeenbekov 9-yanvar kuni Sokuluk tuman aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Uchrashuvda Sokuluk tumanining turg‘uni 7-yanvar kuni Bishkek shahrining markaziy maydonida Xitoyga qarshi o‘tgan norozilik namoyishini esga olib, “(bunday namoyishlar) eng yirik iqtisodiy hamkor – Xitoy bilan munosabatlarni buzib yubormaydimi”, deya o‘z xavotirini bildirgan.

Prezident Sooronbay Jeenbekov Xitoy shartnomalarga muvofiq Qirg‘iziston uchun kredit-grantlar ajratyotganligi va ular ajratgan mablag‘larni qanday ishlatish bu davlatning ichki muammosi ekanligini ta’kidladi.

“Muammo bizdagi hokimiyat tepasidagilarda bo‘lmoqda. Biz bilan hamkorlik qilayotgan va bizga yordam berayotgan Xitoy tomonga biz raxmat aytishimiz kerak. Masalani siyosiylashtirib, xalqaro aloqalarni buzgisi kelayotganlar va barqarorlikka zarar yetkazishni istayotganlar kim ekanligi va ularning harakatlari nazorat ostida. Ular qonun doirasida javobgarchilikka tortiladi. Hokimiyat, qonun o‘z ishini qiladi. O‘g‘irlamasak, xalqqa qarshi harakat qilmasak, hech narsadan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q. Barchasiga chora ko‘ramiz, xavotir olmanglar. Masala nazorat ostida. Organlar ishlayapti, ishlamaganlar, tartibni buzishga yo‘l qo‘yganlar javob beradi”, dedi prezident.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.