Abdulla Aripov Qirgʻizistonga keladi

804
0

Abdulla Aripov Qirgʻizistonga keladi

 Oʻzbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 18 dekabr kuni Qirgʻizistonga tashrif buyuradi.

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Aripov Oʻshda Qirgʻiziston respublikasi bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev bilan uchrashadi.

 “Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev raisligida 2018 yilning 18 dekabr kuni Oʻsh shahrida Oʻzbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirgʻiziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi”,- deyilgan xabarda.

 Oʻzbekiston chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 5-6 sentyabr kunlari Bishkekka amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar bilan tashkil etilgan.

 Ushbu kengashning birinchi yigʻilishi 2018 yilning 29-30 mart kunlari Fargʻonada boʻlib oʻtgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.