Tramp: Saudiya boʻlmaganida, (Isroil) katta muammo ichida qolgan boʻlar edi

580
0

Tramp: Saudiya boʻlmaganida, (Isroil) katta muammo ichida qolgan boʻlar edi

AQSh prezidenti Donald Tramp “shukrona” kuni munosabati bilan Floridadagi Mar-a-Lago binosida Saudiyaning AQSh va (Isroil)ga qilgan xizmatlarini maqtab bayonot berdi. Tramp Vashington Post yozuvchisi Jamol Qoshiqchining oʻldirilganligi haqidagi savollarga javob berar ekan, bu holat AQSh-Saudiya aloqalariga taʼsir qilmasligini va AQShning Sudiya bilan doʻstona munosabatlari davom etishini taʼkidladi.

“Agar Saudiya Arabistoni boʻlmaganida, Yaqin Sharqda katta bazamizga ega boʻlmas edik. (Isroil)ga bir qarang, agar Saudiya Arabistoni boʻlmaganida, (Isroil) katta muammo ichida qolgan boʻlar edi. Bu nimani anglatadi? (Isroil) u yerdan chiqib ketyaptimi? Siz (Isroil)ni u yerdan chiqib ketishini istaysizmi? Saudiya Arabistonida juda kuchli ittifoqdoshmiz bor”, dedi Tramp.

Saudiya Arabistonining Valiahdi Muhammad bin Salmonni Qoshiqchi oʻlimida ayblash uchun yetarli dalillar yoʻqligini bildirgan Tramp “(Qoshiqchining oʻldirilishida) ehtimol butun dunyo javobgar boʻlishi kerakdir. Chunki dunyo iflos joydir”, deya izoh berdi.

 “Men bu voqeadan nafratlanaman. Voqeani yashirishga harakat qilinganidan ham nafratlanaman. Shuni aytishim mumkinki, Saudiya avliahdi bu vaziyatdan mendan koʻra koʻproq nafratlanadi”, deya qoʻshimcha qildi u.

Bundan bir necha kun avval Tramp inson huquqlariga doir har qanday tashvishlar Amerikaning milliy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlaridan ustun turmasligini bildirgan edi.

“Saudiya Arabistoni masalasida nodonlarcha ish tutib, dunyo iqtisodi va davlatimiz iqtisodini xavf ostiga qoʻymayman”, degan edi AQSh prezidenti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.