Makron: Yevropa katta kuchlarning oʻyinchogʻi boʻlmasligi kerak

677
0

Makron: Yevropa katta kuchlarning oʻyinchogʻi boʻlmasligi kerak

Urush qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan Germaniyaga tashrif buyurgan Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron nemis parlamentida nutq soʻzladi. U oʻz nutqida Frantsiya-Germaniya oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish kerakligini bildirar ekan, Yevropa katta kuchlarga qaram boʻlib qolmasligi kerakligiga eʼtibor qaratdi.

“Evropa buyuk davlatlar oʻyinchogʻiga aylanishi mumkin emas”, “Evropaning zimmasida dunyoda tartibsizlikni oldini olish majburiyati bor”, dedi Makron.

Yevropa Ittifoqini kuchaytirish istagini bildirgan Makron sentyabr oyi oxirida qilgan bayonotida Yevropa mudofaa qudratini yaratish, xavfsizlik va “terrorizm”ga qarshi kurash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadi borligini aytgan edi.

Makron nemis deputatlariga nutqini davom ettirar ekan, haqiqiy kuch birlikda ekanligiga urgʻu berdi.

“Bizni toʻxtatishga urinayotgan koʻplab kuchlar bor. Ular muzokaralarimizga aralashib, liberal demokratiyamizga hujum qilmoqda va bizni bir-birimizga qarshi qoʻyishga urinmoqda. Ushbu global tartibda bizning haqiqiy kuchimiz birdamlikdan kelib chiqishini bilishimiz kerak”, dedi u.

Makronning nutqini “taʼsirsi nutq” nutq deb baholagan Germaniya kansleri esa nemis-frantsuz hamkorligi Yevropa kontekstida muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab oʻtdi.

“Biz bir chorrahada turganimizni aytdingiz. Men ham ham aynan shuni koʻrib turibman. Urushdan keyin tugʻilgan avlodlar biz olgan oʻrnaklardan masʼuldirlar”, dedi Merkel.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.