Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona viza tashkil qilish ustida bahs yuritmoqda

568
0

Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona viza tashkil qilish ustida bahs yuritmoqda

Markaziy Osiyoning toʻrt davlati – Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston – oʻzaro “Ipak viza” deb nomlangan yagona viza tizimini ishga tushirishni koʻrib chiqmoqdalar. Bu viza tizimi xuddi Yevropa davlatlari oʻrtasida joriy qilingan yagona “Shengen” vizasi kabi amalga oshiriladi. Bu haqida Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhmadiuli maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, xususan Qozogʻiston va Oʻzbekiston hukumatlari ushbu tashabbusni ilgari surishda tashabbus koʻrsatmoqda.

Muhmadiulining soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida yagona viza tizimini faollashtirish, bu borada bahs yuritayotgan mazkur toʻrt mamlakatga chet eldan keladigan sayohatchilarni jalb qilish uchun oʻz hissasini qoʻshadi.

Maʼlumki, Qozogʻiston va Qirgʻiziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlardir. Shuningdek bu ittifoq Rossiya, Belarusiya va Armanistonni ham oʻz ichiga oladi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining daʼvosiga koʻra, u oʻz aʼzolari oʻrtasida savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga intiladi va ittifoqning shartnomalariga binoan barcha aʼzolariga erkin tovar xizmatlar ayriboshlash hamda kapital va mehnat erkinligi kafolatlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.