Rossiya Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik choralari haqida maʼlum qildi

Rossiya Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik choralari haqida maʼlum qildi

 Rossiya Afgʻonistondagi vaziyat yanada yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun mamlakat ichki siyosiy kuchlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

“Mintaqada vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Afsuski qaysidir masalalar boʻyicha ahvol yanada yomonlashmoqda. Rossiya bir qator qadamlar, jumladan ShHT doirasida hamkorlikda ish olib borish, Afgʻoniston ichidagi siyosiy kuchlar bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy normalarga rioya qilgan holda birinchi navbatda rasmiy hukumat bilan aloqadamiz. Shuningdek, albatta koʻp tomonlama diplomatik urinishlar amalga oshirilmoqda. Mintaqadagi vaziyat rivojini ehtiyotkorlik va tashvish bilan kuzatib bormoqdamiz”, – deb taʼkidladi Zaxarova brifingda.

 Xabarlarga koʻra, Afgʻonistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari oʻrtasida kurash ketmoqda. “Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan edi, endi esa yirik shaharlarga hujumga oʻtdi. Shuningdek, mamlakat hududida “IShID” uyushmasi taʼsiri kuchaydi. Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi qarash boʻyicha butun mamlakat boʻylab hamkorlikda operatsiyalar oʻtkazishmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.