“Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

1034
0

“Tolibon” delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

 Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon” harakati delegatsiyasi vakillarining Toshkentga tashrifi yakunlangani haqida maʼlumot berdi. Ushbu delegatsiya harakat rasmiy vakolatxonasi joylashgan Qatardan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchib kelgandi. Toliblar bilan muzokaralarning tafsilotlari va natijalar oshkor etilmadi, ammo bu uchrashuvlarning oʻzini tarixiy deb atash mumkin. Oxirgi marta harakat vakillari Toshkentga 1999 yilda tashrif buyurgandi.

 “Tolibon” harakati vakillari Toshkentda 4 kun boʻldi. Ular Toshkentga 7 avgust kuni kelishgan va 10 avgust kuni qaytib ketishgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi faqat 11 avgust kuni xabar qildi.

 “Tolibon harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi”,- deyilgan xabarda.

 Delegatsiyaga Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbos Stanikzay boshchilik qilgan. Mintaqa boʻyicha ekspertlarning fikr bildirishicha, Qatardagi ofis keyingi vaqtlarda bir necha fraktsiyalarga boʻlinib ketgan harakatning bir qismininggina manfaatlarini ifoda etadi.

 Maʼlumki, mart oyida Toshkentda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtgandi. Bu konferentsiya mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon tashqi siyosatdagi eng yirik voqea boʻlgandi. Ammo bu konferentsiyada mojaroning asosiy ishtirokchilaridan biri – “Tolibon” harakati vakillari qatnashimagan edi.

 Xalqaro konferentsiya ishtirokchilari yakunda “Toshkent deklaratsiyasi”ni qabul qilib, Afgʻoniston masalasini hal qilishda bahamjihat harakat qilish zarurligini taʼkidlashgandi. Tomonlar harakat vakillarini rasmiy Kobul bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirishgandi.

 Keyinroq, iyun oyida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon” harakati bilan aloqa oʻrnatilgani haqida xabar tarqatdi.

 “Toshkent konferentsiyasi ishtirokchilari pozitsiyasini birlashtirishni amalga oshirish maqsadida oʻzbek tomoni “Tolibon” harakatining yuqori darajali vakillari bilan tegishli aloqalarni oʻrnatib, oʻtkazilgan uchrashuvlarda Afgʻonistonda uzoq muddatlik tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish va uni iqtisodiy rivojlantirish uchun muloqot va oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”,- deyilgandi bayonotda.

Turkiston:

AQSh Avgʻonistonga urush ochishdan koʻzlagan asosiy maqsadlaridan biri, Markaziy Osiyo davlatlarining neft va boshqa zaxiralarini Avgʻoniston orqali Osiyo va Yevropa bozorlariga olib chiqish uchun imkoniyatlar paydo qilish edi. Lekin AQSh Avgʻonistonda musulmonlardan magʻlub boʻlib, maqsadiga erisha olmadi. Endi u boshqa, ayyorlik yoʻli bilan, oʻz manfaatini Tolibon orqali hal qilib olmoqchi boʻlyapti. Buning uchun u Tolibon va uning nazorati ostida boʻlgan hududlarni tan olib, bu hududdan foydalangani uchun Tolibonni moddiy ragʻbatlantirib turishga vaʼda beradi. Inglizlar Amerikani huddi shu yoʻl bilan Hindulardan tortib olgan edi. Yaʼni AQSh Tolibon va boshqa islomiy jamoalarga ishonmaydi, shuning uchun oʻzining strotegik ahamiyatga ega temir yoʻl oʻtgan hududlarni oʻzi himoya qilishi kerak ekanini shart qilib qoʻyadi. Bu shart unga shu mintaqa infrastrukturasini oʻz qoʻliga olishini va vaqtlar oʻtishi bilan butun mintaqani oʻz taʼsiri ostiga olib, fuqorolarni islomiy yoʻnalishlarga (Tolibon hukmlariga) qarshi yoʻnaltira olish imkonini beradi.

Avgʻonistonning ichki infrastrukturasi uchun Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi juda katta. Shuning uchun AQSh Toliblar bilan muzokaralar olib borishda aynan Oʻzbekistondan koʻprik sifatida foydalanmoqchi. Buning uchun Oʻzbekiston davlatining din va diniy erkinliklarga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish kerak. Negaki Tolibon Oʻzbek davlati bilan shartnoma tuzayotib noqulay ahvolda qolmasin! Hech boʻlmasa dunyo hamjamiyati oldida diniy qalbaki muhit boʻlsa ham koʻrinib tursin. Aks holda Tolibon Oʻzbekiston bilan hamkorlik qila olmaydi.

Xulosa qilib aytganda, AQSh Markaziy Osiyoni Avgʻoniston orqali olamiy bozorlarga olib chiqish bilan, ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlarni qoʻlga kiritmoqchi. Bu loiha amalga oshsa, AQSh butun mintaqani Rossiyaning iqtisodiy taʼsiri ostidan olib chiqa oladi. Chunki bu butun olamga aynan faqat Rossiya orqali chiqish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar uchun alternativ yoʻl boʻlib, Markaziy Osiyoni Rossiya va Xitoyning iqtisodiy mustamlakasi ostidan chiqarib yuborishi mumkin boʻlgan loihadir. Yaʼni bu loiha AQSh uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaat olib kelishi mumkin boʻlgan muhim loihalardan hisoblanadi. Lekin Rossiya ham buni anglab turibdi. Demak u ham mintaqada navbatdagi biror fitna uyushtirish haqida oʻylaydi. 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.