Oʻrtacha nafaqa atigi 270 somoniy, bu mablagʻ bilan yashash mumkinmi?

Oʻrtacha nafaqa atigi 270 somoniy, bu mablagʻ bilan yashash mumkinmi?

Tojikistonda yoshi ulugʻlar  va nogironlar nafaqasi 270 somoniy 60 diram (taqriban 30 dollar) tashkil etadi. Oxirgi bir  yil mobaynida   nafaqaning oʻrtacha hajmi  3 somoniyga kamaytirilgan. Bu haqida nafaqa va ijtimoyi sugʻurta agentligi rahbarining muovini Nazokat Odinazoda maʼlum qildi.

Nazokat Odinazodaga koʻra, mamlakat boʻylab eng koʻp nafaqa egalari mamlakat poytaxti Dushanbe shahri va Togʻli Badaxshon muxtor viloyati turgʻunlari boʻlib,  ular 370 somoniy 15  diramgacha pul olishadi. Oʻrtacha nafaqa Xatlon va Sugʻd  viloyatlariga va markazga tobeʼ tuman aholisi uchun belgilangan. U yerdagi nafaqaga loiq fuqarolar  davlat byudjetidan 255 somoniy 70 diram pul olishadi. Agenlik maʼlumotiga koʻra, oʻtgan yili nafaqaxoʻrlar uchun  2 milliard 439 million dollar ajratilgan. Ayni  damda Tojikistondagi nafaqaxoʻrlar soni 665 ming 78 kishini tashkil  qiladi.

Oʻtgan yili  Tibbiy tashxis xizmati tomonidan 75000 nogiron nafaqaxoʻrlar ishini qayta koʻrib chiqildi va 12687 nogiron  ishga  yaroqli deb topilib nafaqadan mahrum etildi.

Nazokat Odinazodaning fikriga koʻra,  nafaqa  hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot xususiy boʻlib uni faqat huquqni himoya qilish organlari soʻrab  surishtirish huquqiga ega xolos.

“Hamisha bizga bir savol bilan murojaat qilasizlar.  Nuqul shuni soʻraysizlar: kim pulni koʻp oladi? kimning nafaqasi eng yuqori? Sizlarga bu haqida maʼlumot bermaymiz,  hatto yozma ravishda ming bora qiziqsangiz ham savolingiz javobsiz qoladi. Kuch organlaridan tashqari xech kimsa bunday savol berishga haqli emas. Hujjatlarni faqat organ xodimlari surishtirishga haqqi bor xolos. Har qanday nafaqa miqdori davlat qonuni asosida belgilanadi. Tojikistonda faqat ijtimoyi sugʻurta Agentligi nafaqa belgilaydi va har bir ish qonun doirasida bajariladi”, deydi Odinazoda.

Oʻrtacha nafaqa miqdori Tojikistonda boshqa sobiq  Sovet Ittifoqi davlatlari ichida eng past hisoblanadi. Masalan Estoniyada nafaqa miqdori 434 dolarni tashkil qiladi va bu koʻrsatgich Tojik nafaqaxoʻrlarininig nafaqasidan 15 marotaba ortiqdir. Eʼtirof etish joizki, Tojiksitonda oʻrtacha  maosh miqdori ham sobiq Ittifoq davlatlari orasida eng past qilib belgilangan.

Nafaqaxoʻr qariyaning 270 somoniy bilan oilani taʼminlashi amri mahol. Tojik urfu odatlariga koʻra, (Islomga uygʻyn ravishda) keksaygan ota-onani parvarishlash farzandlar zimmasiga oʻtadi. Aksariyat tojiklar shu anʼanaga rioya  qilgan holda, Ota-ona parvarishiga qattiq eʼtibor qaratadilar.

Ammo maʼlumotlarga karaganda ayni damda Tojikistonda 14ta kariyalar uyi va nogironlar  internatlari mavjud boʻlib, unda 1000 ortiq qarovchisi yoʻq otaxon va onaxonlar kun kechirishadi. Bunday ikki oy ilgari davlat qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritildi va  yangi qonun loihasini eʼlon qilindi. Unga koʻra, Ota-onasini parvarish qilishdan bosh tortgan farzandlarga 3 yilga qamoq jazosi belgilangan.

Bu maqolani oʻqib yuragim ezildi, koʻzlarim yoshlandi.  Kim aybdor?

Allohi Taolo aytadi:

( Ey insonlar),sizlarga ne bir musibat yetsa, bas oʻz qoʻllaringiz qilgan narsa- gunoh sababli (etur)    [42:30]
Demak   qora kunlarning boshimizdan arimasligiga oʻzimiz sababchimiz.

Ayni muammo  adolatsizlik hukmron boʻlgan Ummat dardining  bir  koʻrinishi  xolos. Qurʼonu Sunnatdan uzoqlashgan, tariqatga beparvo, loqayd, gʻofil,  fikrlashdan toʻxtab qolgan, kimligini yoddan chiqargan, aziz Muallimi Rasulalloh (s.a.v.)dan ibrat olishni unutgan Ummatning ahvol shunday boʻlishi tabiiy.

Shariat  Ota-Onalar xususida nima  deydi?

Rasulalloh (s.a.v.) dedilar:

 إِنَّ مِنْ إِجْلَالِ اللَّهِ : إِكْرَامَ ذِي الشَّيْبَةِ الْمُسْلِمِ

“Yoshi ulugʻ musulmonni siylash Allohni ulugʻlash jumlasidandir”. (AbuDovud, Abu Muso Ashʼariydan rivoyat qilgan)

Ulugʻlarni  haqqini  poymol etdikmi, demak biz Yaratuvchimizga xiyonat qilibmiz. Qaytarishga hojat boʻlmasada yana bir bora aytamiz. Modomiki, biz asl-naslimizdan uzoqlashlar, ekanmiz din dushmanlari  och yirtqich hayvonlar kabi bizga tashlanishdi. Koshkiydi, shu bilan kifoyalanishsa. Tobora oʻz zulmini kuchaytirib, qonunlarini joriy etib,  hayotimizni ogʻuga aylantirishdi.

Kufr nizomi boshdan oyoq botil, yaroqsiz sistema  boʻlganligin sababli inson boshiga faqat baxtsizlik keltiradi.

Tojikiston ham boshqa uchinchi olam davlatlari qatori mustamlakachi mamlakatlar tasarrufi ostida qolgan. Xalqi qashshoqlashib, davlat boshidagi xoin rahbarlar aybi bilan yashash tarzi tobora tubanlashib bormoqda. Nafaqasini kam miqdorda belgilab, yana  agar farzandlari parvarish qilolmasa ularning  zimmasiga ayblar yukladi.

Alloh  Taolo insonni mahluqlar orasida eng aziz va mukarram aql sohibi qilib yaratdi. Bugungi kunda asli hilqatimizdan farqli oʻlaroq bandalar, xossatan  Musulmonlar izzatiga, sharafiga, shaʼniga, nafsiga, oru-nomusiga tajovuz avjiga chiqmoqda. Jaholat qurboniga aylangan Ummat kufr sistemasi qoʻlidagi  manfaat asbobiga  aylangan. Biri olib bir qoʻyadi, oʻz foidasi payida boʻlgan Ummat haqqiga xiyonatkor rahbarlar qoʻl ostidagi insonlar moddiy va maʼnaviy jihatdan azoblanmoqda.

Bu olamda  (ham ) adolat bormi oʻzi? Axir biz ham tirik jonmiz, bu dunyoda insonning nafsi bor boʻlib, u ham osuda hayot, farovon, mehru-muruvvatli toʻlaqonli hayot kechirishni xohlaydi-ku. Holbuki insonni Alloh aziz qilib yaratdi! Qani oʻsha azizlik?! Shaxsan men koʻrmadim. Hayotga judayam yaxshi munosabat bildirib, hamma haqida yaxshi gumon qilsam-da, koʻzlarim faqat fujur toʻla, adolatsizlik bilan limmolim hayotni koʻrmoqda. Bunday boʻlishi mumkin emas, Yaratuvchining  er yuzida vorislari boʻlishligi shart. Bandalar azizligini muhofaza qilgan, mehru shafqat bilan boshqara oladigan bir Rahbar boʻlishligi zarur. Demak, biz fikriy jihatdan qoloqligimiz sababli zalolat  tuzogʻiga  ilindik.

Qani oʻsha Rahbar?

Turli viloyatlardan vakil sifatida kelib, jamlanib, Sulton ishlarini muhosaba  qiladigan va uning kamchiligini koʻrsatib, uni toʻgʻri yoʻlga  yoʻnaltiradigan Shoʻro Majlisi qani?

Oddiy aholi orasidan vakil oʻlaroq qoziga  murojaat qilgan va u oyat-hadisdan sharʼiy yechim istinbot qilib ommaga eʼlon qilgan Qozii quzzo qani?

“Ertaga yashash nasib etarmikan? Bugun Ummat haqqiga xiyonat qilmadimmikan? Bugun mening saltanatim ostida kim och tong ottirib mendan Yaratuvchiga shikoyat qilgan ekan?”- deya koʻzidan yosh oqizib, istigʻfor bilan tongni qarshilagan Odil Sulton qani?

Bu gaplarni ayni damda oddiy xalq vakiliga aytsangiz, goʻyo shirin ertak tinglayotgandek boʻladi. Holbuki tarixda aynan shunday Saodat yillari  boʻlib oʻtgan. Oʻsha davrda xotirjalik hukm surilgan, bir davlat soyasi ostida turli din vakillari adolat bilan boshqarilgan.

Sahobai kiromlar ulugʻ ilohiy bashoratni, ikki  olam saodati kafolatini minglagan kilometr yoʻl bosib bizgacha olib keldi, Alloh izni  ila bandalik vazifalarini  ado qildilar. Muborak  Islom dinini bizga omonat sifatida topshirishdi.

Biz nima qildik? Tarixda togʻu toshlar osha, mashaqqatlar bilan bizgacha yetib kelgan Neʼmat haqqini zoyeʼ qildik!  Sahobalar, tobeinlar uzoq yoʻl  bosib din yetkazishdi,  biz esa hatto qoʻshnimizga olib kira olmaymiz!

Qoʻshnisini haq yoʻlga chaqira olmagan shaxs, oʻziga ravo koʻrgan narsasini boshqa musulmonga ravo koʻrmagan inson moʻmin boʻla oladimi? Boʻynimizdagi  masʼuliyatini ado qilmasdan, jannatdan umidvor boʻlamizmi?  Qaysi amaliz uchun uyalmasdan Xudodan jannat soʻraymiz? Musulmonlar oʻz vazifasini unutib, amru maʼruf va nahi munkardandan bosh tortib,  rahbarlarni haqga daʼvat qilmay turib, Amir Hamza (r.a)dek maqomga sazovor  boʻla oladimi?!

Ota-onalar Shoʻro davridagi mashaqqatlarga sabr-bardosh  qilib, qarilik chogʻida, belidan, qoʻlidan quvvati  ketgan davrida, oxiratni eslab, duo-zikr, istigʻfor bilan tong ottirish oʻrniga, “Ertaga nevaramni nima bilan boqaman?” degan xayol bilan kun kechiradi.

Xudodan qoʻrqmaysizmi?!  Otalarni biz parvarishlashimiz oʻrniga, pensiyalariga muhtoj boʻlib oʻtirsak! “Ilojim  yoʻq, ish yoʻq, pul yoʻq, nima qilay, majburman”- deyasizmi?

Agar hozirdan  es-hushingizni yigʻib olib, haqqoniy Izzatingizni qaytarish uchun harkaat qilmasangiz, ertaga  avlodingiz ahvoli bundan battar boʻlishi tabiiy! Otangizga rahmingiz kelmasa, avlodingizga, oxiratingizdagi ahvolingizga rahmingiz kelsin.

Dinni hayotga qaytaring, Adolatni qaytaring, insofni qaytaring. Bir buyuk davlatni barpo qilishlik bilan bandalik vazifangizni bajaring!

Munavvara

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.