AQSh Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha bojlar kiritmoqchi

814
0

AQSh Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha bojlar kiritmoqchi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp joriy haftada qoʻshimcha import bojlari kiritiluvchi Xitoy mahsulotlari roʻyxatini taqdim qiladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

 Taxmin qilinishicha, yangi bojlar AQShga importi yiliga 50-60 mlrd dollarni tashkil qiluvchi mahsulotlarga nisbatan kiritiladi. Birinchi nabatda sanktsiyalar ostiga yuqori texnologik tarmoqlar mahsulotlari tushadi. Bu tarmoqlarning rivojlantirilishi Xitoy sanoatini modernizatsiya qilish strategiyasi – “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025”’da koʻzda tutilgan.

 Sanktsiyalar Xitoyni AQSh kompaniyalarini ularning manfaatlariga toʻgʻri kelmaydigan holda Xitoyga intellektual mulk berilishiga majburlash siyosatidan voz kechishga majbur qiladi.

 Xitoy 2 apreldan AQShdan keltiriluvchi 128 nomdagi mahsulotga 25 foizgacha boj toʻlovi kiritdi. Pekin shu yoʻl bilan AQShning poʻlat va alyuminiyga qoʻshimcha bojlar kiritishiga javob qilgan.

 Mutaxassislar AQSh va Xitoy savdo urushi yoqasida turganidan, bu esa butun dunyoda iqtisodiy oʻsishga xavf solishidan xavotir bildirishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.